O’zbek Adiblari


ABDURAUF FITRAT (1886-1938)


Download 1.65 Mb.
bet2/6
Sana26.02.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1232996
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbek adiblari

ABDURAUF FITRAT (1886-1938)


Abdurauf Fitrat adabiyotimiz tarixida shoir va olim, nosir va dramaturg, o’qituvchi va
ma’rifatparvar sifatida muhim o’rin egallaydi. U 1886 yilda Buxoroda ziyoli oilasida
tugi’igan bo’lib, Buxoro, Istambul madrasalari va dorilfununlarida o’qiydi. U arab, fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli Sharqning buyuk allomalari ijodini yaxshi o’zlashtiradi.
Fitrat yirik olim, adabiyotshunos sifatida ham bir qancha asarlar yaratgan. Jumladan,
«Adabiyot qoidalari», «Eski o’zbek adabiyoti namunalari», «Aruz haqida» kabi ilmiy
kuzatuvlari adabiyotshunoslik fani tarixida muhim rol o’ynaydi
Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg’oniy kabi o’ndan ortiq mumtoz adabiyot vakillari haqida maqolalar yozgan. Fitrat ayni chog’da olim, ulkan pedagog, xalq maorifi tashkilotchisi sifatida ham faol ishladi. 1921— 1923 yillarda u Respublika Maorif xalq noziri bo’lib xizmat qildi. 1923—1924 yillar orasida Moskvadagi Sharq tillari institutida, so’ng Peterburg
dorilfununida ma’ruza o’qidi.
«O’zbek tili» darsligi, «O’zbek tili sarfi» (grammatikasi) kitoblari esa 1925—1930 yillarda besh marta chop etildi. Uning «Tilimiz», «O’zbekcha til saboqlari», «Imlo konferensiyasi munosabati bilan» maqolalari ham yaratildi. U ana shu ishlari uchun o’zbek olimlari orasida birinchilardan bo’lib professor degan yuksak ilmiy unvonga sazovor bo’lgan.Fitrat Oqlandiyu, qariyb yana o’ttiz besh yildan so’nggina, mustaqillik davri sharofati bilan u haqdagi haqiqatni aytish va yozish imkoniyati tug’ildi.Abdurauf Fitrat hayoti va adabiy faoliyati ziddiyatlarga o’ta boyligi bilan ajralib turadi.

ABDULLA QODIRIY (1894-1938)


O’zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Abdulla Qodiriy (Julqunboy) 1894 yil 10 aprelda Toshkent shahrida tug’ildi.
Bo’lg’usi adibning ilk ijodi 1913—1914 yillarda boshlangan bo’lib, dastlab u shoir sifatida qalam tebratdi. Uning «Ahvolimiz», «Millatimga», «To’y» (1914-1915) kabi she’rlari «Oina» jaridasida bosilib chiqqan edi. U o’z millatini ma’rifatga chaqiradi, ma’rifatparvar shoir va adib sifatida maydonga chiqadi. «Baxtsiz kuyov» (1915) nomli fojeasi, «Juvonboz» (1915), «Uloqda» (1916) kabi hikoyalarida ham o’z
xalqini savodli, bilimli, madaniyatli va ozod ko’rish istagi sezilib turadi.
Abdulla Qodiriy 1917-1918 yillardan boshlab «O’tgan kunlar» romani uchun
material yig’ishga kirishdi. 1922 yilda birinchi o’zbek romanining dastlabki boblari
«Inqilob» jurnalida chop etila boshlandi. 1925-1926 yillarda «O’tgan kunlar» uch bo’lim holida kitob» bo’lib nashr etildi.1928 yil yozuvchining ikkinchi tarixiy romani
«Mehrobdan chayon» nashrdan chiqdi. 1934 yilga kelib Abdulla Qodiriy qishloq xo’jaligi mavzuiga bag’ishlangan «Obid ketmon» qissasini yaratdi. Undan tashqari u Gogolning «Uylanish», Chexovning «Olchazor» va boshqa g’arb yozuvchilarining satirik hikoyalarini o’zbek tiliga tarjima qildi.
U «Amir Umarxonning kanizi», «Namoz o’g’ri», «Dahshat» kabi romanlar yaratish orzusida bo’lgani ham ma’lum. Ammo bevaqt o’lim orzulari ro’yobga chiqishiga imkon bermadi.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling