O’zbek Adiblari


PIRIMQUL QODIROV (1928-2010)


Download 1.65 Mb.
bet5/6
Sana26.02.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1232996
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbek adiblari

PIRIMQUL QODIROV (1928-2010)


O’zbek nasrining yirik namoyandalaridan biri yozuvchi Pirimqul
Qodirov 1928 yili Tojikiston respublikasining O’ratepa tumanidagi
Kengko‘l qishlog’ida tavallud topdi
«Uch ildiz», «Olmos kamar» romanlarida adib ijodiy mahorati
charxlanganligini ko‘rsatib, o‘zbek nasrini boyitdi.Oldin «Yulduzli tunlar» (Bobur), keyin «Avlodlar dovoni» romanlarn bilan Pirimqul Qodirov o‘zbek tarixiy romanini ustoz Oybekdan keyin yangi pog‘onaga ko‘tardi.
Pirimqul Qodirov adabiy ijodning badiiy-ommabop uslubida ham qalam tebratmoqda. Uning ilk ocherki “Oilamiz” 1953 yili chop
etildi, «Xalq tili va realistik proza», «Til va dil» nomli ilmiy-ommabop ishiari adib-olim izlanishlari mahsulidir.Adib ssenariysi asosida
zangori olov zahmatkashlari haqida «Sening izlaring» badiiy filmi qo‘yildi. «Vijdon» — viloyat sahnalarida ketmoqda. Uning asarlari mustaqil respublikalar, jahon xalqlari tillariga o‘girildi.
“Yulduzli tunlar» romani uchun Pirimqul Qodirov 1982 yili Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. U
O’zbekiston xalq deputati, Respublika rayosatining millatlararo
munosabatlar, til va baynalmilal tarbiya masalalari komissiyasi raisi, Xalq yozuvchisidir.

XUDOYBERDI TO’XTABOYEV (1933)


O’zbek bolalar adabiyotining ko‘zga ko‘ringan iste’dodli vakillaridan biri Xudoyberdi To‘xtaboev Farg‘ona viloyatining O’zbekiston tumanida 1933 yili tug‘ildi.
Xudoyberdi To‘xtaboyevning ijodi asosan 1958 yildan boshlandi. Uning «Shoshqaloq» nomli hikoyalar to‘plami 1962 yilda, «Yosh gvardiya» (1963) nomli hikoyalar to‘plami, «Sir ochildi» (1964) va
«Sehrli qalpoqcha» (1965) nomli qissalari birin-ketin nashr qilinib, keng kitobxonlar ommasining mehr-muhabbatini qozondi.U o‘zining yumoristik roman, qissalarida yoshlarning to‘g‘rilik, insonlarga bo‘lgan mehru muhabbat, sadoqat kabi olijanob xislatlartshi va
firibgarlikka qarshi olib borgan kurashlarini qiziqarli va ta’sirtan
sahifalarda aks ettiradi. Bu jihatdan Xudoyberdi To‘xtaboyevning
«Sariq devni minib» (1969) va «Sariq devning o‘limi» (1973), romanlari 70-yillar o‘zbek bolalar adabiyotining taraqqiyotiga qo‘shilgan salmoqli hissadir. Shuningdek, X. To‘xtaboev «Besh bolali yigitcha» (1975), «Qasoskorning oltin boshi», «Yillar va yo’llar» (1983), «Sehrgarlar jangi yoki shirin qovunlar mamlakatida» (1987) asarlarining ham muallifidir. Adib mazkur asari uchun Hamza mukofotini olgan. O’zbekiston xalq yozuvchisidir (1991).

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling