O’zbek Adiblari


CHO’LPON (ABDULHAMID SULAYMON O’G’LI) (1897-1938)


Download 1.65 Mb.
bet3/6
Sana26.02.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1232996
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbek adiblari

CHO’LPON (ABDULHAMID SULAYMON O’G’LI) (1897-1938)


O’zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri Abdulhamid Sulaymon o’g’li Yunusov — Cho’lpon 1897 yilda Andijonning «Qatorterak» mahallasida ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Onasi uy bekasi bo’lgan. Otasi Sulaymonqul mulla Muhammad Yunus o’g’li (1874-1929) dehqonchilik, hunarmandchilik, bazzozlik bilan shug’ullangan.Taniqli jurnalist, yozuvchi va o’qituvchi
Mo’minjon Muhammadjonovning (Mo’min kofir) «Turmush urinishlari»
kitobida qayd etishicha, Cho’lponning otasi Sulaymonqul o’z davrining yetuk ziyolisi, ma’rifatparvar kishisi bo’lgan. U «Rasvo» taxallusi bilan she’rlar yozgan. Mistik g’azallar qatori hayotbaxsh misralar yaratib, «Devon» ham tuzgan. Cho’lpon ocherknavis va publitsist sifatida ham barakali ijod dildi.
Cho’lponning ijodi 1913-1914 yillardan boshlanga bo’lib, u avval «Qalandar»,
«Mirzaqalandar», «Andijonlik» va nihoyat Cho’lpon (Tong yulduzi) taxallus bilan ijod qila boshladi.
U dramaturg sifatida ham salmoqli ijod qilgan. Uning «Xalil farang»,
«Cho’rining isyoni» kabi kichik p’esalari, «O’rtoq Qarshiboyev»,
«Mushtumzo’r» kabi yetuk dramalari hamda ko’p vaqtShuningdek, rus yozuvchisi V. Yan bilan hamkorlikda «Hujum» dramasini yaratgan.Cho’lpon adabiy tanqid sohasida «Sho’ro hukumati va sadoi nafisa», «Adabiyot
nedur?» kabi mazmunli maqolalar ham yaratgan. Shuningdek, Cho’lpon
mohir tarjimon sifatida M. Gorkiyning «Ona», A. S. Pushkinning «Dubrovskiy» qissasi va «Boris Godunov» kabi p’esalarini hamda V. Shekspnrnnng mashhur
«Hamlet»ini o’zbekchaga o’girgan.

OYBEK (1905-1968)


Sho’ro davri o’zbek adabiyotining rivojiga salmoqli hissa qo’shgan ulug’ adib, shoir, olim, jamoat arbobi Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek 1905 yili Toshkent shahrida bo’zchi oilasida dunyoga keldi.
Oybek iste’dodli shoir, yirik nosir bo’libgina qolmay, mashhur olim, davlat va jamoat arbobi, publitsist tanqidchi va tarjimon hamdir.
O’zbek kitobxoni Pushkinning «Yevgeniy Oiegin», Lermontovning
«Maskarad» asarini, antik Rim adabiyoti namunalarini, arman eposi
«Sosunli Dovud»ni Oybek tarjimasida o’qishga muyassar bo’lgan.Oybek 1943 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zoligiga saylandi va 1950 yilgacha Akademiyada ijtimoiy
fanlar bo’limining raisi lavozimida ishladi. U yuqori malakali filologlar
tayyorlashga katta hissa qo’shgan ustozdir.
Ulkan adib «Navoiy» romani uchun Ittifoq Davlat mukofoti laureati bo’ldi, bir necha orden va medallar bilan taqdirlandi. U O’zbekiston xalq yozuvchisi, Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti
sovrindori ham bo’lgan

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling