O’zbek bolalar adabiyotida avtobiografik qissalarning kompozitsiyasi va tili
Download 1.45 Mb.
|
O’zbek bolalar adabiyotida avtobiografik qissalarning kompozitsiyasi
Badiiy asarda muallif voqealarni turlicha bayon qilishi mumkin. Ba’zi asarlarda voqealar uchinchi shaxs nomidan, xuddi chetdan kuzatayotgan begona singari bayon qilinadi. Boshqa asarlarda esa biron-bir qahramon – voqealarning bevosita ishtirokchisi tilidan, birinchi shaxs nomidan aytib beriladi. “Gapqo‘shmay tursangiz, hammasini bir boshdan so‘zlab beraman, bo‘lgan voqea qanday yuz bergan bo‘lsa, qasam ichib aytamanki, hech narsa qo‘shmasdan, hech narsani olib tashlamasdan shundayligicha aytaman. Yolg‘onchi emasman. Yolg‘on gapirgan odamni ko‘rsam, meni yetti kun hiqichoq tutadi. U yog‘ini so‘rasangiz, yolg‘on gapirishni, birga o‘nni qo‘shib so‘zlashni Hoshimga chiqargan. Hoshimni taniysizmi? Ro‘zivoy akaning sartarosh o‘g‘lini tanimaysizmi? Yo‘q, taniysiz. Hozir esingizga tushiraman. Uning to‘g‘risida To‘xtaboyev degan yozuvchi kitob ham yozgan. O‘sha kitobni maqtanchoq o‘rtog‘im Hoshim yana ham maqtanib yurish uchun ataylab yozdirgan. Yozuvchi amaki ta’tilini o‘tkazish, shirin-shakar mevalardan yeb, soylarda maza qilibcho‘milish uchun qishlog‘imizga mehmon bo‘lib keluvdilar.Hoshim uning soch- soqolini tekinga olib qo‘ygan, atirlarning ham eng tozasi, eng xushbo‘ylaridan sepgan bo‘lsa kerak. Bundan tashqari, o‘sha paytda Hoshimlarning ola sigiri tug‘gan edi, yozuvchiga qatiq olib o‘tganini qishloqdagi bolalar bir necha bor ko‘rishgan ekan. Bo‘lmasa, shuncha a’lochi bolalar bu yoqda qolib, borib-borib maqtanchoq Hoshim haqida kitob yozarmidi? … Hoshim rosa maqtangan bo‘lsa kerak. Hatto mening ham nomimni o‘sha yozuvchi bir necha bor tilga olib o‘tgan. O‘qigan bo‘lsangiz, esingizdadir, o‘sha kitobda “Akbar bo‘ri ushlabdi” degan bob ham bor. Bo‘rining bolasini ushlab olganim to‘g‘ri, uni aravachaga qo‘shib sirk tomoshasi ko‘rsatmoqchi bo‘lganim ham rost. Lekin Hoshimning shu bo‘ri bolasiga mahliyo bo‘lib Akbar yaxshi o‘qiy olmay, oltinchi sinfda qolib ketdi, degani g‘irt yolg‘on”. (Xudoyberdi To‘xtaboyev, “Shirin qovunlar mamlakati” romanidan).Hoshim uning soch- soqolini tekinga olib qo‘ygan, atirlarning ham eng tozasi, eng xushbo‘ylaridan sepgan bo‘lsa kerak. Bundan tashqari, o‘sha paytda Hoshimlarning ola sigiri tug‘gan edi, yozuvchiga qatiq olib o‘tganini qishloqdagi bolalar bir necha bor ko‘rishgan ekan. Bo‘lmasa, shuncha a’lochi bolalar bu yoqda qolib, borib-borib maqtanchoq Hoshim haqida kitob yozarmidi? … Hoshim rosa maqtangan bo‘lsa kerak. Hatto mening ham nomimni o‘sha yozuvchi bir necha bor tilga olib o‘tgan. O‘qigan bo‘lsangiz, esingizdadir, o‘sha kitobda “Akbar bo‘ri ushlabdi” degan bob ham bor. Bo‘rining bolasini ushlab olganim to‘g‘ri, uni aravachaga qo‘shib sirk tomoshasi ko‘rsatmoqchi bo‘lganim ham rost. Lekin Hoshimning shu bo‘ri bolasiga mahliyo bo‘lib Akbar yaxshi o‘qiy olmay, oltinchi sinfda qolib ketdi, degani g‘irt yolg‘on”. (Xudoyberdi To‘xtaboyev, “Shirin qovunlar mamlakati” romanidan).Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling