O’zbek bolalar adabiyotida avtobiografik qissalarning kompozitsiyasi va tili

Download 1.45 Mb.
bet5/8
Sana27.01.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1130599
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O’zbek bolalar adabiyotida avtobiografik qissalarning kompozitsiyasi

QISSA — badiiy adabiyotda epik janr turlaridan biri. Gʻarbiy Yevropa va Amerika adabiyotida povest maʼnosidagi Qissa tushunchasi yoʻq, nasrning romandan boshqa barcha janrlari «novella» termini orqali ifodalanadi. Qissa, odatda, bir va bir necha shaxslar taqdiriga oid turli voqealarni oʻziga asos qilib olishi bilan epik turning hikoya, hajmi va mazmunining nisbatan cheklanganligi bilan romandan farq qiladi. Qissa hayot murakkabliklarini hikoyaga nisbatan kengroq, xarakter hamda voqelik koʻlamini romanga qaraganda kamroq qamrab oladi. Qissada u yoki bu shaxs hayotining maʼlum bir davri xronikal tarzda bayon qilinadi. Qissada lirizm hikoya va romandagidan kuchliroq boʻlishi avtobiografik (Oybek, Abdulla Qahhor); tarixiy (Mirkarim Osim, Ya. Ilyosov va b.); fantastik(Tohir Malik, Hojiakbar Shayxov, M. Mahkamov va b.) turlari bor.

"O’tmishdan ertaklar" qissasida A. Qahhor voqelikni bir necha mustaqil syujetga ega bo’lgan hikoyalardan foydalanib tasvirlaydi. Adib asarni yozarkan, uning maqsadi qoloq, o’z-o’ziga choh qaziyotgan xalq tasvirini yaratish va buning ayanchli oqibatidan kelib chiqib, xulosa chiqarish edi. Yozuvchi o’z maqsadi yo’lida jamiyatni bir qancha tipdagi obrazlar orqali barpo etadi. "O’tmishdan ertaklar“ qissasi turli rangdagi go’zal toshlardan terilgan mozaika kabidir. Agar mozaikani juda yaqindan turib kuzatsak, go’zal toshlarni-yu, ularni ulab turgan choklarnigina ko’ra olamiz, xolos. Lekin unga uzoqdan qaraganimizda, u bor go’zalligi bilan butun bir san’at asarini ifodalaydi. Ammo o’sha butunlikni birdaniga yuqoridan kuzata olmaym iz. Avvalo, qismlarni o’rganib, o’zimizni butunlik sari tayyorlashimiz kerak bo’ladi. Qissadagi har bir bob o’zining muhim vazifasiga ega. Ammo "Teshiktosh" hikoyasining asardagi vazifasi o’z-o’zidan anglashilmaydi. Uning o’rni asar mohiyati va strukturasi bilan bog’langan holda oydinlashadi. Hikoyalar o’zining tuguni, kulminatsiyasi, yechimiga ega. Lekin barcha hikoyalarga yaxlit bir holatda, bir voqelikning ketma-ketligi sifatida qarasak, ular bir syujet chizig’iga jamlanadi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling