O’zbek bolalar adabiyotida avtobiografik qissalarning kompozitsiyasi va tili


Download 1.45 Mb.
bet6/8
Sana27.01.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1130599
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O’zbek bolalar adabiyotida avtobiografik qissalarning kompozitsiyasi

"O’tmishdan ertaklar" qissasida A. Qahhor voqelikni bir necha mustaqil syujetga ega bo’lgan hikoyalardan foydalanib tasvirlaydi. Adib asarni yozarkan, uning maqsadi qoloq, o’z-o’ziga choh qaziyotgan xalq tasvirini yaratish va buning ayanchli oqibatidan kelib chiqib, xulosa chiqarish edi. Yozuvchi o’z maqsadi yo’lida jamiyatni bir qancha tipdagi obrazlar orqali barpo etadi. "O’tmishdan ertaklar“ qissasi turli rangdagi go’zal toshlardan terilgan mozaika kabidir. Agar mozaikani juda yaqindan turib kuzatsak, go’zal toshlarni-yu, ularni ulab turgan choklarnigina ko’ra olamiz, xolos. Lekin unga uzoqdan qaraganimizda, u bor go’zalligi bilan butun bir san’at asarini ifodalaydi. Ammo o’sha butunlikni birdaniga yuqoridan kuzata olmaym iz. Avvalo, qismlarni o’rganib, o’zimizni butunlik sari tayyorlashimiz kerak bo’ladi. Qissadagi har bir bob o’zining muhim vazifasiga ega. Ammo "Teshiktosh" hikoyasining asardagi vazifasi o’z-o’zidan anglashilmaydi. Uning o’rni asar mohiyati va strukturasi bilan bog’langan holda oydinlashadi. Hikoyalar o’zining tuguni, kulminatsiyasi, yechimiga ega. Lekin barcha hikoyalarga yaxlit bir holatda, bir voqelikning ketma-ketligi sifatida qarasak, ular bir syujet chizig’iga jamlanadi.

Asarga "Teshiktosh"ning kiritilishi asar mazmuni va yozuvchi

Asarga "Teshiktosh"ning kiritilishi asar mazmuni va yozuvchi

yaratayotgan jamiyatning to’laqonli bo’lishini ta’minlaydi. Jami o’n sakkizta bob

mavjud bo’lib, fikrimiz nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda asarni shartli ravishda

ikki qismga: "Teshiktosh"gacha va "Teshiktosh"dan keyingi hikoyalar tarzida tahlil

qilamiz. "Teshiktosh" hikoyalarning o’n birinchisi, ungacha "Bir-ikki so’z",

"Falokatning sharofati", "Indamas", "Zingerli boy", "Hur qiz", "Xudo", "To’raqul

vofurush", "Bir palla tarvuzning po’chog’i", "Valixon so’fi", "Odam zavodi" kabi

hikoyalar joy olgan. Hikoyalarning bu tarzdagi tartibi bir maqsad sari yo’naltiriladi.

Ya’ni, yozuvchi shu hikoyalar vositasida davr umumiy ko’rinishini hosil qiladi. U


Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling