O‘zbek davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari


Download 35.94 Kb.
bet6/8
Sana30.10.2023
Hajmi35.94 Kb.
#1734028
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 mavzu

Xiva xonligi Elbarsxon (1512-1525) Urganch va Xiva shaharlaridan eroniylarni haydab chiqarib mustaqil xonlikka asos soladi. U bilan birga Dashti Qipchoqdan Xorazmga kelgan xalqlar o‘troqlashdilar. Elbarsxonning beshinchi vorisi Avaneshxon (1526-1538) davrida Shayboniy Ubaydulla sulton (1533-1539) Xorazmni bosib olib, 1537 yilda o‘g‘li Abdulazizni u yerga noib qilib qoldirdi. 1538 yilda Xorazm sultonlari yana hokimiyatni qaytarib oldilar. Xorazm yerlari uchun Hojimxon (1558-1602 ) davrida Abdullaxon II (1557-1598) bir necha marta yurish qildi. 1575 yilda boshlangan o‘zaro urushlar natijasida Abdullaxon II 1593 yildagina Xorazmni o‘ziga bo‘ysundirdi. 1598 yilda Abdullaxon vafoti bilan shayboniylar davlatida avj olgan o‘zaro nizo va tartibsizlikdan foydalanib Xorazm o‘z mustaqilligini uzil-kesil tiklab oldi. XVII asr boshlariga kelib, Xorazm taxti uchun bo‘lgan sulolaviy kurashlardan so‘ng taxtga o‘tirgan Arab Muhammadxon (1602-1621) davrida Xiva xonligida davlat porakandaligi yuqori cho‘qqiga yetdi. Rus kazaklari, qozoqlar va qalmiqlar talonchilik yurishlari qilib mamlakat aholisining tinchini buzishga sabab bo‘lgan bo‘lsa, mamlakat ichida mavqei kuchaygan darvesh shayxlari ta’siridagi Arab Muhammadning o‘g‘illari Habash va Elbarslarning otasiga qarshi chiqishi parokandalikni avj oldirdi. Ular otasiga qarshi kurashda muvaffaqqiyat qozonib, uning ko‘ziga mil tortdilar, so‘ngra Xivada qatl ettirdilar. Shunday qilib taxtga o‘tirgan Yelbars va Habash sultonlar (1621-1623) ukalari Isfandiyor (1623-1643) tomonidan taxtdan tushirildilar.
Xorazm tarixida yirik davlat arbobi va tarixnavis ijodkor sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Abulg‘ozixon (1643-1663) akasi Isfandiyor vafotidan keyin taxtni egalladi. Turkman, qalmiqlarga qarshi muvaffaqqiyatli urush olib borgan Abulg‘ozixon Buxoro xonligi hududlariga ham talonchilik yurishlari qildi. Xiva xonligidagi so‘nggi mustaqil hukmdor Feruz taxallusi bilan ijod qilgan Muhammad Rahimxon II (1864-1910) bo‘ldi. Uning davrida xonlikning siyosiy, iqtisodiy, madaniy jihatdan yuksalishi ko‘zga tashlanadi. Lekin 1873 yilda Rossiya Xiva xonligini bosib oldi va Muhammad Rahimxon II va Kaufman imzolagan Gandimiyon shartnomasiga ko‘ra Xiva xonligi Rossiyaga qaram davlatga aylanib qoldi.

Download 35.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling