O‘zbek davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari


Download 35.94 Kb.
bet7/8
Sana30.10.2023
Hajmi35.94 Kb.
#1734028
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 mavzu

Qo‘qon xonligi 1710 yilda Farg‘ona vodiysida ancha kuchli ta’sirga ega bo‘lgan, o‘zbeklarning ming urug‘i boshlig‘i Shohruhbiy (1710-1721) hokimiyatni qo‘lga oldi. Shohruhbiy o‘z hukmronligi davrida Qo‘qon, Namangan, Marg‘ilon, Konibodom, Isfara atroflarini bo‘ysundirib, o‘z hokimiyatini mustahkamladi. Uning vorisi Muhammad Abdurahimbiy (1721-1733) Xo‘jand, O‘ratepa, Samarqand, Jizzax hatto Shahrisabzni o‘ziga bo‘ysundirib mamlakat hududlarini ancha kengaytirdi. Shuning bilan birga u qurdira boshlagan shahar dastlab “Qal’ayi Rahimbiy” deb ataldi. Abdurahimbiyning bevaqt vafoti sababli ukasi Abdulkarimbiy (1733-1750) shahar qurilishini yakunlab, Tepaqo‘rg‘ondan poytaxtni yangi shaharga ko‘chirdi va Eski o‘rda degan joyida o‘rda-qal’a qurdiradi. Abdukarimbiy vafotidan keyin xonlar tez-tez almashtiriladi. 1750-1754 yillarda Abdurahmonbiy (1750-1751), Erdonabiy (1751-1753), Bobobek (1753-1754) xonlik qilganlar.
Qo‘qon xonligini 1770-1800 yillarda boshqargan Norbo‘tabek markaziy hokimiyatni mustahkamlash va bo‘ysunmas hokimlar qarshiligini bostirishda bir muncha muvaffaqiyat qozondi. U Chust va Namangan hokimlarining o‘zboshimchaliklarini tugatib, qo‘zg‘olon ko‘targan Xo‘jand shahrini bo‘ysundirdi va uni xonlikka butunlay qo‘shib oldi. Xitoy hukmdorlari Norbo‘tabek mustaqil xon ekanligini tan olgan. Uning vorisi Olimxon (1800-1810) davrida Qo‘qon xonligining siyosiy qudrati mustahkamlandi. Harbiy islohot o‘tkazib, qo‘shinni ancha mustahkamlagan Olimxon Angren vohasini, Toshkent, Chimkent va Turkistonni o‘ziga bo‘ysundirdi.
O‘zini amir deb atagan Umarxon (1810-1822) davrida siyosiy jarayon murakkablashib, Chimkent, Turkiston va boshqa shaharlarda g‘alayonlar ko‘tarildi. Davlatni boshqarishda yirik yer egalari, dindorlar, harbiy sarkardalar manfaatini himoya qilib, ular bilan ittifoqda bo‘lgan Umarxon bu g‘alayonlarni bostirib, xonlik hududini parchalanishdan saqlab qoldi. Amiriy taxallusi bilan she’rlar yozgan Umarxon davrida Qo‘qonda adabiyot, she’riyat ancha yuksaldi. 1822 yilda Umarxon kasallanib vafot etdi. Umarxonning o‘g‘li Muhammad Alixon (1822-1842) hukmronligining dastabki yillarida Qo‘qon xonligining yerlari ancha kengaydi.

Download 35.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling