O‘zbek davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari


Download 35.94 Kb.
bet3/8
Sana30.10.2023
Hajmi35.94 Kb.
#1734028
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 mavzu

G‘aznaviylar G‘azna shahrini Xurosonning siyosiy markaziga aylanishi X asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. G‘aznaviylar davlatining asoschisi Sobuqtegin bo‘lib, bu davlat uning o‘g‘li Mahmud G‘aznaviy davrida musulmon olamining eng kuchli davlatiga aylandi. Bu davlatning hududi Mahmud G‘aznaviyning istilochilik yurishlari tufayli shimoliy va shimoli-g‘arbiy Hindistondan Chag‘aniyon va Xorazmgacha cho‘zilgan bo‘lib, unga Eronning katta qismi ham kirgan edi. Mahmud G‘aznaviy Movarounnahrdagi qoraxoniylar siyosatiga va ayniqsa Xorazmga katta ta’sir ko‘rsatar edi. O‘z davrining iqtidorli sarkardasi va qo‘ttiqqo‘l hukmdori bo‘lgan Mahmud G‘aznaviy 1030 yilda vafot etadi. Shundan so‘ng taxtni uning o‘g‘li Ma’sud (1030-1041) egallaydi. Lekin Ma’sud otasi tuzgan davlatni butunligicha saqlab qololmadi. G‘aznaviylar sultoni Ma’sud Xurosonga yurish qilgan turkiy-saljuqiylar bilan ko‘p bor jang olib borishga majbur bo‘ldi. Mahmud G‘aznaviyning ruxsati bilan shimoliy Xurosonga joylashib olgan saljuqiylar bu davrga kelib, g‘aznaviylar uchun katta xavf tug‘dira boshladi. 1035 yilda saljuqiylarning Xurosonga yangi hujumi boshlanadi. Nishopurdan Niso shahriga yetib kelgan g‘aznaviylar qo‘shini saljuqiylarga zarba bergan bo‘lsada, Saljuqiyning nevarasi Tog‘rul va Changri boshchiligidagi turkmanlar kechasi G‘aznaviylar qarorgohiga hujum qiladi va g‘alaba qozonadi. 1037 yil aprel oyida turkmanlar Mari viloyatini uzil-kesil egallashga erishdilar va Bag‘dodda xalifaga hokimiyat uchun yorliq berishni so‘rab elchi jo‘natadilar. Shu tariqa Xurosondagi yangi davlatga-Saljuqiylar davlatiga asos solindi.
Xorazmshohlar Xorazmning mustaqil davlat sifatida shakllanishida ko‘p xizmat qilgan hukmdor Qutbiddin Muhammad Otsiz (1127-1156) bo‘ldi. Saljo‘qiy Sulton Malikshoh davrida Xorazmni hukmdori bo‘lgan Anushteginning nevarasi Otsiz o‘zi tobe bo‘lgan Saljo‘qiy sultonlarining har bir xatosidan ustalik bilan foydalandi. Ayyor diplomat va mohir sarkarda bo‘lgan Otsiz mustaqil tashqi siyosat olib bordi. U Xorazm yerlarini ancha kengaytirib, Sirdaryoning quyi oqimi yerlarini, Mang‘ishloqni bosib oladi. Shundan so‘ng u bir necha bor (1138, 1141, 1142, 1147-1148 yy.) Sulton Sanjarga qarshi isyon qildi va mag‘lubiyatga uchrab Saljo‘qiylarga butunlay tobe bo‘lib qoldi. Lekin shunga qaramasdan u Xorazmni mustaqilligi uchun mustahkam asos yarata oldi. Mo‘g‘ullar Temuchin (1155-1227) (mo‘g‘ulcha, temir ustasi)-kuchli va tadbirkor, ayyor sarkarda bo‘lib, parokanda qabilalarni turli yo‘llar bilan o‘z qo‘li ostida mustahkam birlashtirgan shaxs edi. Temuchin 1203 yili kerayitlarning xoni O‘ngxonni mag‘lub etib, qo‘ng‘irot va naymanlar ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatdi. Qurultoyda odat bo‘yicha Chingizxon o‘z tug‘i-bayrog‘ini ko‘tardi, 10 ta lavozim joriy etib uni o‘z yaqinlariga taqdim etadi. Sahrodagi Qoraqurum shahrini markaziy poytaxt deb belgiladi. O‘z qo‘li ostidagi mansablarni esa 3 toifaga bo‘lib, ularga aniq vazifalarni bo‘lib berdi. Ularga Boorgu, Muxali, Nayaa ma’sul bo‘ldilar. U o‘z qo‘shinlarini ham isloh etdi. Butun Mo‘g‘uliston 95 ta harbiy-ma’muriy birlikka bo‘lindi. Yangi mo‘g‘ul davlati-Yeke Mo‘ng‘ol ulus (buyuk mo‘g‘ul davlati) deb atala boshlandi. Chingizxon 1219 yili o‘z o‘g‘illari boshliq 200 mingga yaqin asosiy harbiy kuchlari bilan anchadan beri puxta tayyorlangan Xorazmshoh-Anushteginiylar davlati ustiga harbiy yurishni boshladi. Chingizxon 1220 yilning fevral oyi boshlarida (ba’zi adabiyotlarda 7 fevralda deyiladi) Buxoroga yurish qildi. Buxoroliklar qattiq qarshilik ko‘rsatishlariga qaramay shahar mo‘g‘ullar tomonidan egallandi. Shu yilning mart oyida Chingizxon qo‘shmnlari Samarqandni kamal qilib qattiq janglardan so‘ng uni ham egalladilar. Har ikkala shahar shafqatsiz talon-taroj qilindi. Chingizxon yozni Nahshabda o‘tkazib, 1220 yilning kuzida Termizga yurishni boshlaydi. Termiz Hindiston va O‘rta Osiyo savdo yo‘llari tutashgan bir qulay yerda joylashgan bo‘lib, uning Amudaryo sohiliga tutashgan qal’asi o‘z vaqtida mustahkam ravishda barpo etilgan edi. Termiz hokimi Faxriddin xabash mo‘g‘ullar bosqiniga mardonavor turib javob berishga qaror qildi. Mudofaaning o‘n birinchi kuni shahar egallandi. Shahar butkul talon-taroj qilinib, xonavayron etildi. Movarounnahrning asosiy qismlari-Sirdaryo havzasi, Zarafshon, Qashqadaryo vodiylari, Buxoro vohasi, Shosh va Farg‘ona vodiysi egallangach, Chingizxon endilikda o‘zining asosiy e’tiborini Xorazmshohlar davlatining markazi Xorazm o‘lkasiga qaratdi. Bu yurishga o‘g‘illari Jo‘chi, Chig‘atoy, O‘ktoy (Ugedey)larni masul qildi. Ayniqsa, xon musulmon Sharqining eng katta shahri bo‘lmish, madaniyat, savdo gullab yashnagan boy-badavlat qadimgi Urganch (Gurganj) istilosiga katta ahamiyat bilan qaradi. Ushbu yurish 1221 yilning boshida boshlandi. Bu janglarda Xorazmlik mashhur alloma, faylasuf va olim, “Kubroviya” tariqatining asoschisi Ahmad ibn Umar Abul Janob Najmiddin al-Kubro al-Xevaqiy (1145-1221 yy.) ham faol qatnashdi. O‘ziga “Yo Vatan, yo sharofatli o‘lim” degan g‘oyani shior qilib olgan bu 76 yoshdagi buyuk shayx qahramonona tarzda jang qilib, o‘lim oldidan mo‘g‘ul navkariga tashlanib uni avval halok qilib, shahid bo‘ladi.

Download 35.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling