O‘zbek davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari


Download 35.94 Kb.
bet2/8
Sana30.10.2023
Hajmi35.94 Kb.
#1734028
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 mavzu

Safforiylar IX asrning 60-70 yillaridan e’tiboran tohiriy hukmdorlarga qarshi xalq harakatlari kuchaydi. Bu harakatga G‘oziylar boshchilik qildilar. (“G‘oziylar” asosan ko‘chmanchi qabilalar hujumini bartaraf qilish maqsadida kambag‘al hunarmandlar va yersiz ziroatchilardan tashkil topgan qurolli qo‘shin). G‘oziylar harakatini aka-uka Yoqub va Amr binni Lays boshqardilar. Ular dastlab Seyistonda hokimiyatni qo‘lga olgach, 873 yilda tohiriylarning qo‘shinlariga katta zarba berib, Xuroson poytaxti Nishopurni egalladilar. Shu davrdan e’tiboran tohiriylar sulolasi barham topdi va Xurosonda hokimiyat (misgarlar, Yoqub va Amr asli hunarmand-misgar-”saffor” edilar.) qo‘liga o‘tib ketdi. Rasmiy jihatdan Xuroson va Movarounnahr ustidan hukmronlik qilib turgan tohiriylar sulolasining inqirozga uchraganligi Movarounnahrdagi mahalliy hokimlarning o‘lkani to‘la mustaqilligini ta’minlash sari harakatlari uchun qulay imkoniyatlar yaratib berdi. Endi bu davrda somoniylar siyosiy maydondagi kurashda erkin harakat qila boshladilar va ular Movarounnahrda markazlashgan bir butun davlat barpo qilishga kirishdilar
Somoniylar Mustahkamlanib borayotgan Somoniylar davlatini zaiflashtirish maqsadida Arab xalifasi 898 yilda Movarounnahr hokimligidan Ismoilni tushirib uning o‘rniga safforiylar sulolasidan Amr ibn Laysni hokim etib tayinlash haqida yorliq jo‘natadi. Ismoil 899 va 900 yillardagi harbiy to‘qnashuvlarda Amr ibn Lays boshliq safforiylar qo‘shinlarini tor-mor keltirdi. Xalifa Ismoil ibn Ahmadni hokim sifatida tan olishga majbur bo‘ldi. Shunday qilib, Xorazm, Isfijob, Chag‘oniyon va Xuttalondan tashqari (ularning hokimlari somoniylarga tobe’ edilar), ulkan hudud (Movarounnahr va Xuroson) somoniylar tomonidan bo‘ysundirilgan edi. Ular bu yerda 100 yilcha hukmronlik qildilar
Qoraxoniylar davlati Yettisuv hududidagi Qarluq (756-940) davlati o‘rnida tashkil topdi. Uning asoschisi Sotuq Bug‘roxon (915-955) hisoblanadi. U 942 yili Bolasog‘un hokimini mag‘lub etib, o‘rniga o‘zini xoqon deb atadi. Qoraxoniylar davlatiga ikki qabila-Yag‘mo va Chigil qabilalari birlashdilar. Somoniylar lashkarboshisi Abul Ibrohim Ismoilning (Muntasir) Buxoroni ozod etish yo‘lidagi urinishlari 1005 yilda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Somoniylarning G‘aznadagi noibi Sabuktegin 997 yilda vafot etdi. O‘rniga uning o‘g‘li Mahmud G‘azna hokimi bo‘ldi. Somoniylar amiri Mansur ibn Nuh (997-999) uning ta’sirida edi. 1001 yilda, Sulton Mahmud Qoraxoniylar xoni Nasr bilan shartnoma tuzib, Amudaryoni ikki o‘rtadagi chegara qilib belgiladi. Somoniylar davlati o‘rnida ikki ulkan davlat tashkil topdi: birinchisi-Qoshg‘ardan Amudaryogacha cho‘zilgan Sharqiy Turkistonning bir qismida, Yettisuv, Shosh, Farg‘onaning qadimgi hududlarini o‘z ichiga olgan Qoraxoniylar davlati; ikkinchisi – Shimoliy Hindiston sarhadlaridan Kaspiy dengizining janubiy qirg‘oqlarigacha cho‘zilgan hamda hozirgi Afg‘oniston va Shimoli sharqiy Eronni o‘z ichiga olgan G‘aznaviylar davlati edi.

Download 35.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling