O‘zbek davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari


O‘rta Osiyoning xonliklarga bo‘linib ketishi, uning sabab va oqibatlari


Download 35.94 Kb.
bet5/8
Sana30.10.2023
Hajmi35.94 Kb.
#1734028
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 mavzu

O‘rta Osiyoning xonliklarga bo‘linib ketishi, uning sabab va oqibatlari. 1487-1488 yillarda O‘tror, Sayram, Yassa (Turkiston), Sig‘noq shaharlarini bosib olib, o‘z hukmronligini Dashti Qipchoqda mustahkamlagan Muhammad Shayboniyxon 1499 yildan Movarounnahrni egallashga jiddiy kirishdi. U yerdagi asosiy dushmani Boburdan 1501 yilda Samarqandni tortib olgan Shayboniyxon 1503 yilda Toshkentni, 1504 yilda Xisorni, 1505 yilda 10 oylik qamaldan keyin Urganchni, 1507 yilda Hirotni, 1509 yilda Marvni o‘ziga bo‘ysindiradi. Natijada Dashti Qipchoq, Xorazm, Movaraunnahr, Xurosonni birlashtirgan Shayboniyxon Mashhad va Tus shaharlarini egallab Eronda Shoh Ismoil asos solgan Saffaviylar davlatiga xavf soladi. 1510 yilda Marv yaqinidagi jangda Shoh Ismoil qo‘shinlaridan mag‘lubiyatga uchragan Muhammad Shayboniyxon og‘ir yarador bo‘lib, vafot etadi.
Muhammad Shayboniyxon vafotidan keyin Ko‘chkunchixon (1512-1529) va Abu Sa’id (1523-1533) davrida Movarounnahr va Xurosonda markaziy hokimiyat zaiflashib, amirlar va sultonlar o‘rtasida nizo kuchaydi. Bu paytda Xorazm mustaqil davlat bo‘lib ajralib chiqdi va Turkiston yerlari parchalandi. O‘zaro urushlarga birmuncha barham bergan, Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning o‘g‘li Ubaydulla Sulton 1512 yilda Buxoro hukmdori bo‘lgan bo‘lsa, 1533 yildan butun markazlashgan o‘zbek davlatining oliy hukmdori etib saylandi. Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko‘chirdi.
Ashtarxoniylar XIV asrning 80-yillaridan boshlab Astraxan (Hoji Tarxon, Ashtarxon) atroflarida hukmronlik qilganlar. 1556 yilda rus knyazlari Astraxanni bosib olgach, ashtarxoniylardan Yormuhammad Buxoroga kelib, Iskandar sultondan panoh topdi. Iskandar sulton qizi Zuhraxonimni Yormuhammadning o‘g‘li Jonibekka bergan. Jonibek sultonning Zuhraxonimdan uchta o‘g‘li (Dinmuhammad, Boqimuhammad, Valimuhammad) bo‘lgan. Jonibek sulton Buxoro xoni deb e’lon qilingach, o‘g‘li Dinmuhammad foydasiga taxtdan voz kechadi. Seyiston hukmdori bo‘lgan Dinmuhammad Hirot yaqinida safaviylar bilan bo‘lgan jangda halok bo‘ladi va taxtga Boqimuhammad (1601-1605) o‘tqazilib, ukasi Valimuhammad (1605-1611) voris deb e’lon qilinadi. Boqimuhammad 1602 yilda Balxni egalladi, 1603 yilda eroniylarning Balxga hujumini qaytardi. 1604 yilda qozoq xoni Kelimuhammad qo‘shinlariga zarba berib, davlat hokimiyatini mustahkamlashga harakat qildi. Undan keyin taxtga ko‘tarilgan Valimuhammad o‘zi mustaqil harakat qilolmas, davlat ahamiyatiga molik masalalarni beklarning roziligi bilangina hal etar edi. Mustaqil boshqaruvga intilgan beklar xonga bo‘ysunmay qo‘yishgan. O‘zaro ichki kurash, tarafkashlik Valimuhammadga qarshi fitna uyushtirishga olib kelgan va buning natijasida Imomqulixon (1611-1642) taxtni egallagan edi. Imomqulixon mahalliy beklarni bo‘ysundirish, Eron qo‘shinlariga zarba berishda qozoq sultonlari kuchlaridan foydalandi.
Buxoro xonligidagi porakandalik, o‘zaro urushlar 1736 yilda Eronda hokimiyatni egallab, mustahkamlanib olgan Nodirshoh Afshar (1736-1747) e’tiboridan chetda qolmadi va u Buxoro va Xiva xonlarini o‘ziga bo‘ysundirish harakatini boshladi. 1740 yilda Eron hukmdori Buxoroga qo‘shin tortganda Abulfayzxon og‘ir shartlarga ko‘nib, sulh tuzishga majbur bo‘ldi va Nodirshoh hokimiyatini tan oldi. Abulfayzxonning Eronga qaramligini tan olish bilan Ashtarxoniylarning mustaqil hukmronligi tugadi. Mamlakat boshqaruvi 1743 yilgacha Muhammad Hakimbiy, uning vafotidan keyin Muhammad Rahimbiy qo‘lida bo‘ldi. 1747 yilda Nodirshoh vafoti bilan Abulfayzxon o‘ldirildi, uning vorislari Abdulmo‘min (1747-1748), Ubaydulla III (1748-1756) nomigagina xon deb e’lon qilinib, davlat hokimiyati amalda Muhammad Rahimbiy asos solgan mang‘itlar sulolasi qo‘liga o‘tdi. Chingizxon avlodiga mansub bo‘lmagan Muhammad Rahim 1753 yilda o‘z nomiga xutba o‘qittirib, o‘zini amir deb atadi. Mang‘itlar sulolasining 1920 yilgacha hukmronlik qilgan davri tarixda shuning uchun ham Buxoro amirligi deb ataldi. Mang‘itlar sulolasining asoschisi Muhammad Rahimbiy 1747 yilda eroniy qizil boshlarni tor-mor keltirib, Buxoroda hokimiyatni to‘la o‘z qo‘liga olgan edi. U barcha viloyat, shahar va qabilalar boshliqlarini Buxoroga taklif qilib, markaziy hokimiyatni kuchaytirishga qaratilgan dasturini e’lon qilib, bo‘ysunmaganlarni qatl qilaman deb ogohlantirdi. 1758 yil 24 martda vafot etgan Muhammad Rahimbiy o‘rniga mang‘it urug‘idan bo‘lgan Miyonqal’a hokimi Doniyolbiy (1758-1785) taxtga ko‘tarildi. Doniyolbiy Muhammad Rahimbiyning nabirasi Fozilto‘rani xon taxtiga o‘tkazib, hokimiyatni o‘z qo‘lida saqlab qoldi. Markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun yangi soliqlar tizimini joriy qilib, bir qancha ma’muriy chora tadbirlarni amalga oshirgan Doniyolbiy ko‘p vaqtini bebosh amirlarni bo‘ysundirish, isyonlarni bostirishga sarf qildi. U 1784 yilda Buxoroda ko‘tarilgan qo‘zg‘olon sababli hokimiyatni shahar aholisi orasida obro‘liroq bo‘lgan o‘g‘li Shohmurodga topshirdi. Amiri Ma’sum (“Begunoh amir”) nomini olgan amir Shohmurod (1785-1800) o‘z hukmronligi yillarida saroyda kamtarona yashab, bir qancha soliqlarni kamaytirdi, Buxoro ahliga tarxon yorlig‘ini berib, ba’zi to‘lovlardan ozod qildi, xalq orasida zolimligi bilan tanilgan amaldorlarni jazoladi. Madrasa ta’limini olgan Shohmurod fiqh ilmi haqida “Ayn ul-hikmat” nomli risola yozib, unda ilgari surilgan qoidalarni barcha viloyatlarga joriy etdi. U pul islohoti o‘tkazib tijorat ishlarini tartibga soldi, suv inshootlarini yaxshilash bilan ishlab chiqarishning rivojlanishiga zamin yaratdi. Bularning hammasi markaziy hokimiyatning nisbatan kuchayishiga va Shohmurodning umrini oxirigacha davlatni boshqarishiga imkon berdi.

Download 35.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling