O`zbek filologiyasi kafedrasi IV kurs bitiruvchisi m. Fayzullayevaning
Download 270 Kb.
|
Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish mundarijasi
Amaliy ahamiyati o`zbek tili grammatikalarini yaratishda, qo’llanmalar yozishda manba vazifasini o`tashi mumkin.
Ishning sinalishi. Ushbu bitiruv ish mavzusi BuxDU o`zbek filologiyasi kafedrasi hamda filologiya fakulteti yig’ilishlarida muhokama etilgan va ma`qullangan. Kafedrada ilk sinovdan o`tkazilgan (2014 yil, aprel). Ish mundarijasi kirish, ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Kirish Til– kishilik jamiyatida eng asosiy kommunikativ vosita. Insoniyat paydo bo`libdiki, kishilik jamiyati uchun umumiy va jamiyat a’zolarining har birida individual holda aloqa-aralashuv vositasi sifatida til ham vujudga kelgan. Zeroki, inson yaralishi bilanoq muomala uchun til va undan foydalanish ehtiyoji paydo bo`lgan. Shu bois til ijtimoiy ong kabi qadimiydir. Insonlar til vositasida fikr almashadilar, bir-biri haqidagi harakat-holatlar, voqea-hodisalardan voqif bo`ladilar. Bu tilning aloqa-munosabat xususiyatidir [4.–Б.71-74.]. Tilni faqat kishilar o`rtasidagi aloqa vositasi sifatidagina talqin etish insonning tabiiy tilini, bu benihoya murakkab va muhtasham hodisani, eng kami, jo`nlashtirishdan, aniq bir milliy qiyofa yoki milliy-ruhiy zamindan mutlaqo mosuvo bo`lgan sun’iy tilga (masalan, esperanto kabi) tenglashtirishdan, yo`l harakatini tartibga solish maqsadida yaratilgan shartli “til”ga baravarlashtirishdan boshqa narsa emas [11 ]. Chindan ham, til faqat aloqa vositasi bo`lganda edi, u juda oddiy, sodda va qashshoq bir narsaga aylangan bo`lardi. Holbuki, til bemisl boy, sehru sinoatga, ruhu ruhoniyatga, ko`rku komillikka limmo-lim bir xilqatdir. Shu bilan birga, har bir tilni boshqasidan farqlaydigan milliy xususiyati bor. Taniqli tilshunos olim N.Mahmudov bu masalada: “Bu ko`hna zaminda, necha ming yillarkim, turfa qavmlar, elatu millatlar yashab keladi. Til ilmidagi taxminiy hisob-kitoblarga ko`ra, butun yer yuzida uch mingdan ortiq (ba’zi ma’lumotlar bo`yicha besh mingga yaqin) til mavjud”,-deb ma’lumot beradi. Olimning “Tabiiyki, bu tillarning har biri muayyan bir qavmning dunyolarga alishmaydigan bebaho boyligi – ardoqli ona tilidir. Demak, kattadir, kichikdir, har qanday tilning o`z egasi bor” degan mulohazalari ham ayni haqiqatdir [12.–Б.3-9. ]. Yurtboshimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “O`zlikni anglash, milliy ong va mafkuraning ifodasi, avlodlar o`rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog`liqlik til orqali namoyon bo`ladi”. Milliy hamiyat va umuminsoniy qadriyat, milliy o`zlik idrokining ustuvorligi, milliy g`urur va iftixor, Vatanga muhabbat va Mustaqillik mafkurasiga sadoqat kabi ma’naviy kamolotning o`zagini tashkil etuvchi tushunchalarni ona tilidan ayro holda tasavvur etib bo`lmaydi. Shuning uchun alloma ajdodlarimiz ona tilini ana shu mo`tabar tushunchalarni inson shuuriga muhrlamoqning eng ta’sirchan vositasi deb bilganlar [11, 44]. Har qanday shaxsning milliy-ruhiy mag`zini, irq-u e’tiqodidan, zamin-u zamonidan qat’iy nazar, ona tili tayin va ta’min etadi. Xuddi shu milliy-ruhiy mag`z mutlaqo o`ziga xos, betakror bir mohiyat bo`lib, millatning tafakkur tarzini, “idrok ko`zi”ni qat’iy belgilab beradi. Nemis allomasi Vilgelm fon Gumboldtning “Yer yuzidagi tillarning xilma-xilligi faqat tovushlarning turlichaligi emas, balki xalqlardagi dunyoni ko`rishning xilma-xilligidir” degan gapi ham bejiz aytilmagan [12, 4]. Shunday ekan, muayyan tilda fikr yuritish shaxsning o`sha xalq va millat vakili hisoblanishidan dalolat beradi. O`zbek tilida fikr yuritgan kishi, tabiiyki, ozbek millatiga tegishliligini va o`zbek tili – ona tili ekanligini isbotlashga ortiqcha zarurat yo`q. O`zbek tilining milliy qadr-qimmati, ijtimoiy nufuzi hamda ilmiy-amaliy ravnaqi uchun xizmat qilayotgan davlatimiz rahnamosi, davlat arboblari, millat ziyolilari, fidoyi tilshunoslar, til ilmining toliblari – barcha taraqqiyparvar insonlar maqsadi zukko tilshunos N.Mahmudovning “Ona tiliga cho`ng e’tibor va ehtirom bilan qaramoq, uning har bir so`zi qatlariga yashiringan ma’no injaliklari-yu mazmun teranliklarini idrok etmoq, ulardan huzurlanmoq, bu muqaddas xilqatda tin olgan ajdodlar ruhini his qilmoq va bu xilqatni fidoyilik bilan qo`rimoqqa hamisha hozir bo`lmoq Vatan farzandining bikir burchidir” degan jumlasida mujassamdir. Binobarin, ona tili milliy o`zligimiz ko`zgusi ekan, uning hamisha beg`ubor va ravshan bo`lishi, kelgusi avlodlarga bebaho meros sifatida yetishi uchun har birimiz mas’ulmiz. Ayni mas’uliyat hissi bizni ona tilimizda so’z turkumlarining milliy xususiyatlarini aniqlashga undadi. Download 270 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling