O‗zbek mumtoz adabiyotining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari, asosiy yo‗nalishlari


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana20.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1633896
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
tasavvuf

Chun ishq ba dil rasad, dil dard kunad,
Dardi dili mard mardro mard kunad.
Dar otashi ishqi xud bisо„zad v-on gah,
Dо„zax zi baroyi digaron sard kupad! 


(Ishq kо‗ngilga tushgach, kо‗ngil dardli bо‗ladi. Mardning qalbidagi dard 
mardni mard qiladi. U о‗z ishqi otashida yonib, sо‗ngra boshqalar uchun dо‗zaxni 
sovutadi). 
Shunday-chin sо‗fiylarning niyati о‗zgalar uchun Xaq muhabbatini qozonish, 
dо‗zaxni bihishtga aylantirish bо‗lgan. 
Najmiddip Kubro insonni tubanlashtiruvchi nafsni dev qiyofasida tasvirlaydi: 
Devest daruni man, ki pinhoni nest, 
 Bardoshtani sarash ba osoni nest. 
 Iymonash hazor bor talqin kardam, 
 On kofirro sari musulmoni nest. 
(Ichimda bir dev bor, u yashirin emas. Boshini kо‗tarishi ham osonlik bilan 
bо‗lmaydi. Ming marta iymonga keltirib, musulmon qilmoqchi bо‗ldim, ammo ul 
kofirda musulmonlikdan nishona yо‗q). 
Nafs - g‗addor dushman va qattol kofir. Nafs deviniit boshini yanchgan kishi 
qanoat mulkiiing sohibqironi bо‗lib, poklik xazinasini qо‗lga kirita oladi. 
Najmiddin Kubro ruboiylarida falsafiy mushohadalar, tavakkul, taqdir haqida, 
olamning tuzilishi haqida о‗ylar aks etgan. Bu jihatdan uning bir necha ruboiysi 
Umar Xayyom ruboiylariga mazmunan о‗xshab ketadi va yana qizig‗i shuki, XIV 
asr-xorazmlik shoir va sо‗fiy Pahlavon Mahmud ruboiylari bilan ham 
ohangdoshlik seziladi. 
Yak dam dili mardonai farzonai mo
 Xoli nashavad zi ishqi jononai mo,
On dam, ki sharobi oshiqi dardodand,
Dar xuni jigar zadand paymonai mo. 
(Bizning farzona mard dilimiz jonona (Alloh.) ishqidan bir lahza ham xoli 
emas. Oshiqlik sharobini tarqatganda, bizning paymonani jigar qoniga botirdilar). 
Ha, Ahmad bin Umar al-Xevaqiy - Abuljannob Najmiddin Kubro Allohning 
mana shunday oshig‗i, chin insoniylik, ma‘rifat va mardlik timsoli edi. U shunday 
muqaddas va mо‗tabar zotlardan bо‗lib avlodlar qalbida qoladi. 


Najmiddin Kubroning silsilasi: Majdiddin Bag‗dodiy, Sayfiddin Boxarziy
Sa‘diddin Hamaviy, Farididdin Attor, Raziaddin Axi Lolo, Najmiddin Doya, 
Badriddin Firdavsiy, Najmidin Muhammad, Sadriddin Ibrohim, Aziziddin Nasafiy, 
Shayx Kamol Jundiy, Nuriddin Abdurahmon Isfahoniy, Rukniddin Ali ad Davla as 
Simnoniy. 
Kubraviya Eron, Pokiston, Afrikada tarqalgan, firdavsiya, nuriya, rukniya, 
hamadoniya kabi о‗ndan ortiq shoxalari bor. 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling