O‗zbek mumtoz adabiyotining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari, asosiy yo‗nalishlari


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/19
Sana20.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1633896
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
tasavvuf

 
 
TASAVVUF TIMSOLLARI VA ISTILOHLARI 
Dard – g‗am, alam, iztirob, huzun. Haqdan yiroqlik g‗ussasi; ilohiy ishq. 
Maxdumi A‘zamga ko‗ra, «Darddan murod ul fig‗onu alamdurkim, yor 


visolidan ajralishdan paydo bo‗ladi… agar biror shaxs jami ilmu amallarni
egallagan bo‗lsa-yu, lekin shu ilmu amallarning natajasi bo‗lgan ibodat tufayli 
dard-alam va mehnat chekmasa, uni ilmu amal sohibi deb bo‗lmaydi». Mana shu 
bois Abul Hasan Haraqoniy «G‗am ila huzun ista… ko‗z yoshing oqsin. Olloh 
ko‗z yosh to‗kkanlarni sevar», - deydi. Tasavvuf ahli nazarida eng yomon dard – 
bedardlik. Fuzuliy aytmoqchi: 
Har dardki vor, vor darmoni vale,
Bedardlaring dardina darmon o‗lmaz. 
Nafas – 1. Tiriklikni ta‘minlovchi nafas, ya‘ni havo. 2. Dam, fursat, lahza. 
3. Murshiddan yetadigan fayz, ishq o‗tida yongan qalbning faxrlanishi. «Risolai 
Qushayriy»da yozilishicha: «Nafas sohibi hol sohibidan ko‗ra ko‗p nozikta‘b va 
pokizadur. Shu bois vaqt sohibi mubtadiy (boshlang‗ich holda)dir. Nafas sohibi 
muntahiy (oxirgi marhalada)dir. Hol sohibi esa shu ikkisi orasida bo‗lur… 
Qalb sohiblari uchun hollar, ruh, sir sohiblariga nafaslar maxsusdir». 
So‗fiylar Haq taolo bilan o‗tgan nafaslarni ibodatlarning eng a‘losi va 
fazilatlisi deb hisoblamishlar. 
Shath yoki shathiya – harakat, tebranish, to‗lib toshish. Shath yoxud 
shathiyaning istilohiy ma‘nosi, ilohiy ishq behushligi, ya‘ni sakr yoki jazba 
holida xalq tushunmaydigan va qabul qilmaydigan so‗zlarni aytish degani. Abu 
Nasr Sarrojga ko‗ra shath «tilning vajd – shavqu zavq, hayajon holida 
aytganlari… Iddaoga yaqin bir manbadan chiqqan kalimalardir». 
Imom G‗azzoliyning yozishicha, shath ikki ma‘noni ifodalaydi. Birinchisi 
– ba‘zi so‗fiylarning Ollohga nisbatan aytgan o‗rinsiz so‗zlari va Ollohga 
qovushmoq iddaolari. «Bu so‗fiylar orasida shundaylari ham bordurki, - deydi 
G‗azzoliy, - Olloh bilan birlashganligini da‘vo qilurlar. O‗rtadagi pardaning 
ko‗tarilganligi tufayli oshiqlarning Ollohni ko‗rishlari va uning bilan 
so‗zlashganliklarini ilgari surib, «Bizga Olloh bunday dedi. Biz esa bunday 
dedik», - demoqdan ham tortinmaslar. Va bunda Mansur Hallojning «Anal-
Haq», Boyazid Bistomiyning «Laysa fi jubbati Sivallohi» (Jubbam ichida 
Ollohdan o‗zga hech nima yo‗q)sidan dalil sifatida foydalanishni istarlar». 


Shath so‗zidan nazarda tutilgan navbatdagi ma‘no mazmuni noaniq yoki 
mazmunan anglashilishi qiyin kalimalardir. Bunday kalima va iboralar zohiran 
yaxshi va foydali ko‗rinsa-da, mohiyat e‘tibori bilan ahamiyatsiz va keraksizdir. 
Mansur Halloj, Boyazid Bistomiy so‗zlarining bunday «shath»larga 
aloqasi yuqdirki, buni G‗azzoliy ham e‘tirof qilgan. 
Shath va shathiya ancha qaltis va munozarali masala. Qaltisligi shundaki, 
shath sohibining holida yashamagan, uning holat va hayratlaridagi zavq-shavqqa 
ko‗ngli g‗arq bo‗lmagan kishi, hech qachon u aytgan so‗zning tub mohiyatini 
ham to‗g‗ri anglab xolis baholay olmaydi. Aks tarzda Mansur Halloj 
vahshiylarcha qatl etilib, Boyazid Bistomiyga o‗xshash orif zotlarning boshiga 
o‗lim soya solmasdi. Bunday fojea va jahlu jaholatdan tug‗iladigan 
munozaralarning oldini olish uchun ham mashhur so‗fiy va mutasavviflarning
shath so‗zlariga bir qancha sharhlar bitilgan.
Masalan, Abu Nasr Sarroj «Al-Luma‘»ning «So‗fiylarning shathiyoti» 
deb nomlangan o‗ninchi bo‗limida Boyazid Bistomiy, Shibliy va boshqa ulug‗ 
shayxlarning shath so‗zlarini birma-bir izohlab bergandir. 
U bir izohida yozadi: «Boyazidning «Qush bo‗ldim, uchdim», degan 
fikriga «Inson qush bo‗lib ucha olurmi?» - deya qarshi chiqqanlarga shunday 
javob berurmiz: «Bu yerda ishorat etilgan ma‘no: himmat qudrati va ulug‗ligi ila 
qalblarning parvozidir. Chunki «Quvonchdan uchardim, qalbim parvoz qildi, 
aklim ham uchayotgandi», kabi ifodalar ham xuddi shunday turdandir. Yahyo 
bin Muoz Roziy «Zohid sayr holidadir, orif tayr (qush) holida (uchmoqda)dir, 
der ekan, orifning maqsad sari zohiddan ko‗p karra oldin yelganini e‘tiborda 
tutgandirki, bu joiz erur».
Shath tili – aslida ishorat tili. Unda hamma maqsad-muddao, sir-asror 
ishorat bag‗riga berkitilgan bo‗ladi. Ramz va ishoratlarda aks ettirilgan ogohlik 
esa hammaga nasib etavermagan. Alisher Navoiy «Nasoyim ul – muhabbat»da 
Shayx Ro‗zbehon Baqliy haqida ma‘lumot berib, yana shunday deydi: «Aning 
ishorat tili bila so‗zlari bor va bu qavm istilohoti bila musannafoti (asarlari) bor 
va ul jumladan «Arois» tafsiridir va «Shathiyot» sharhi …» 


Demak, «ishorat tili»da so‗zlashuvchi «qavm istilohoti» bilan maxsus 
asarlar yozilib, ularga sharhlar bitilgan. Bo‗lmasa, oddiy odamlar bir yonda 
tursin, hatto tariqatga mansub kishilar ham shathlarning mag‗zini chaqishga 
qiynalishgan.
Sulton Valadning «Maorif»ida yozilishicha, Boyazidning «Subhona 
moa‘zamu sha‘na» (Sharafliman, men ham ulug‗man) so‗zlarini eshitgan 
muridlari unga e‘tiroz bildiradilar va hushyorlik holiga qaytgach, ustozlariga 
«Bunday so‗zlarni aytish senga munosibmi?» - deya ta‘na qiladilar. Boyazid 
muridlarining torligi va muqallidlik tuzog‗iga tushganliklarini bilib, o‗ziga, 
«Agar bular idrokli, e‘tiqodli kishilar bo‗lganida edi, shuncha vaqt mening 
huzurimda yurib, suhbatimda bo‗lib, nafasimdan fayz olib, so‗zlarimni tanglab, 
hushlari joyiga kelmagan ekan, befahm va bexabar ekanlar, ularni o‗z tuyg‗ulari 
bilan majruh va xasta etib, o‗z shamshirlari bilan kesib, hushlarini joyiga 
keltirishdan boshqa iloji yo‗q…», - deydi. So‗ng u shogirdlariga murojaat qiladi: 
«Ey, yoronlarim, agar siz mo‗minlardan va sodiq do‗stlarimdan bo‗lsangiz, 
sizdan bir iltijoli iltimosim bor: Haqning rostgo‗y bandasi bo‗lib tilga 
kirganimda, hamalaringiz pichoq va xanjarlaringizni olib badanimga 
sanchinglar». Boyazid aytgani holga yuksalganda, u yana «Subhona mo…» 
so‗zlarin takrorlay boshlaydi. Lekin uning «ruhi vajd chamanida parvoz etib, 
jilvalar ko‗rguzurdi…». Xullas, muridlar unga birin–ketin pichoq uradilar, biroq 
«vajdu samo‘ mastigidan qaytib, o‗zlariga kelgach, ba‘zilar qo‗llari kesilgani, 
ba‘zilari qorin va ko‗kraklari jarohatlanganini ko‗radilar… Ammo Boyazidga 
hech bir ziyon yetmagan, biror joyiga tig‗ tegmagan, u soppa-sog‗ edi».
Ha, chinakam shath, buzilgan yoki shariatga teskari aytilgan so‗zlar emas. 
Balki ilohiy ishq fayzi va tajallilaining zo‗ridan o‗zini unutgan, o‗zidan kechgan 
oshiq, orif va valiylarning o‗zlariga mutlaqo bog‗liq bo‗lmagan holda aytgan 
kalima va gaplaridir. 
Tush – uyqu paytida zehnda yuzaga keladigan voqea, hodisa va 
tushunchalar demak. So‗fiylar tushni sayru sulukdagi ilm va kashf yo‗llaridan 
biri deb bilishgan. Hazrati payg‗ambarimizning «Yaxshi va solih tush 


nubuvvatning qirq olti juz‘idan biridir», - degan hadislari va Qur‘oni karimdagi 
tushga doir oyatlar bunga bosh asos bo‗lgan. Hazrati Ibrohim o‗g‗li Ismoilni 
qurbon aylashni tushda mushohada qilishi, o‗n bir yulduzning tushida Yusuf 
payg‗ambarga sajda etganligi, Misr podshohi ko‗rgan tush va bularning to‗g‗ri 
chiqishi Qur‘oni karimda naql etilgan.
Imom Qushayriyning yozishicha, tush bir turli karomat erur, uning 
haqiqati esa bunday: «Tush qalbga yetgan xotir (ma‘naviy xitob) va muxayili ila 
tasavvur etiluvchi bir holdir… Tush – insonlarning qalblarida yaratilgan va 
o‗rnashgan narsaning taxayyul va tasavvur yo‗li ila idrok etilishidan iborat». 
Imom G‗azzoliyning e‘tirofi bo‗yicha esa, «Tush malakut olamining eng yorqin 
dalillaridan erur. Ne yozuqki, insonlar qalb va sirlardan g‗ofil qolganliklaridek, 
tushning sirlaridan ham bexabardurlar». 
Tushning asosiy sirlaridan biri shuki, sodiq va solih tush kurmoq uchun 
inson, eng avvalo, qalb pokligiga yetishishi va to‗la ma‘noda botiniy tozalikka 
erishmog‗i shart. Bu haqda Suhravardiy yozadi: «Inson kungli va ich 
dunyosining nafsoniy va havoiy istaklar ta‘siri hamda dunyo sevgisidan 
tozalanishi, kin, hasad xastaliklaridan forig‗ bo‗lishi sodiq tushlar ko‗rishning 
manbaidir…» 
Qalb oynasi kirlangan, hasad, g‗iybat va adovatdan siyrati qoraygan 
kimsalarning tushlarida hech qanaqa xayr va to‗g‗rilik bo‗lmaydi. G‗azzoliy 
ta‘kidlaganidek, «ko‗p yolg‗on so‗zlaydigan, fosiq, zolim va isyoni ko‗p 
kishilarning tushiga ishonmoq mumkin emas». Shu bois to‗g‗rilik, halollik, 
sodiqlik bedorlikda qancha zarur bo‗lsa, uyquda ham o‗shancha ahamiyatli. 
Tush ayrim tariqatlarda nihoyatda muhim o‗rin egallashi qayta-qayta 
aytilgan. Masalan, xilvatiya va qodiriyaga o‗xshash tariqatlarda sayru sulukda 
erishilajak ma‘naviy yuksalish tush yo‗li bilan amalga oshirilgan. Shu bois 
bunday tariqatlarda ko‗rilgan tushlarning barchasini yozib borish lozim 
hisoblangan. Suhravardiy bu to‗g‗rida bunday deydi: «Muridning shayx qoshida 
bo‗lgan vaqtlarida amal qilmog‗i zarur odoblaridan tushlari va hollarini 
shayxiga ma‘lum etmasdan o‗zicha ta‘bir aylamasligidir. Chunki shayxning 


bilim va tajribasi keng, uning Ollohga tomon eshigi ochiqdir..». Ulug‗ shayx va 
muridlarning ko‗p «muammo»lari esa tushda hal bo‗lgan. Abu Bakr al-Kattoniy 
demish: «Tushimda behad go‗zal bir o‗spirinni ko‗rdim. Undan kimligini 
so‗ragandim, «men taqvoman». – dedi. «Qarorgohing qayerda?» - so‗radim 
undan, «Barcha mahzun ko‗ngullarda», - dedi. Ko‗p o‗tmay ko‗z o‗ngimda qora 
bir xotin paydo bo‗ldi. «Sen kimsan?» «Men xastalikman». «Istiqomat 
manziling qayerda?» «Yolg‗on huzur–halovatga band dillarda», - dedi.
Uyqudan uyg‗ongach, bundan so‗ng behuda kulmaslik va huzur – 
halovatga berilmaslikka qat‘iy qaror qildim». Mana bu hikoyat yanada ibratli. 
Shayx Abu Hasan Ali Shohaliy aytur: «Tushimda hazrati payg‗ambarimizni 
ko‗rdim. Menga: «Ey, Ali, kiyimingni pok tutgilki, har nafasda Olloh madadiga 
yetishursen», - dedilar. «Ey, Ollohning rasuli, mening kiyimimdan maqsad 
nedur?» Dedilar: «Ulug‗ Olloh senga muhabbat ato etmishdur, Ollohni 
sevganning hamma ishi oson kechur. Ollohni bilganga dunyoga oid narsalar 
foniy ko‗runur…» 
Muroqaba – mushohada, biror bir narsaga diqqat ila nigoh tashlamoq. 
Xudo fikriga berilib, dunyoga taalluqli xayol, o‗tkinchi mayllardan forig‗ 
bo‗lmoq. Tasavvufda muroqaba ikki turga ajratilgan: biri – avomning 
muroqabasi bo‗lib, bunda Haqqa tolib kishi Olloh amrlarini ado etib, uning 
ahvolidan ogoh va talabgor ekanligini anglab, ayni shu mulohazadan g‗ofil 
qolmasligidir. Ikkinchisi – muroqabai xavos. Bunda solik jazbai muhabbat bilan 
husni mutlaqning sirri – ahadiyatini davomli tarzda barcha ashyoda mushohada 
va mulohaza qilar hamda shu jarayonda ashyoni tamoman esdan chiqarar. Va 
ayni shu holatda Haq taoloning anvoriga nazar aylab, asroriga muroqib bular. 
Bahovuddin Naqshband hazratlarining ta‘riflashlaricha ham, «Muroqaba – 
Xoliqqa davomli nazaru maxluqni ko‗rmoqni unutish erur». Muroqaba – maxsus 
joyda, maxsus usul va talab bo‗yicha amalga oshirilgan.
Asmoi husna – Ollohu Taoloning go‗zal ismlari demak. Bu haqida
Qur‘oni karimning bir qancha oyatlarida xabar berilgan: «Ollohning go‗zal 
ismlari bordir. Bas, Uni o‗sha ismlar bilan chorlanglar (yod etinglar)» (A‘rof: 


180) Yoki «…(ey, Muhammad) ayting: «Olloh deb chorlangiz yoki Rahmon deb 
chorlangiz. Qanday chorlasangizlarda (joizdir). Zero, U zotning go‗zal ismlari 
bordir». 
Bu ismlarning jami to‗kson to‗qqizta. Qur‘oni karimda «asmoi 
husna»ning muxtasar ro‗yxati ham mavjud. Bular: ar-Rahmon, al-Malik, al-
Quddus, al-Salim, al-Mo‗min, al-Aziz, al-Xoliq, al- Musavvvir kabilardir. 
(Xashr: 22-24) «Maqomoti Naqshband»da Xoja Bahovuddin hazratlari tilidan 
Muhammad alayhissalomning shunday so‗zlari keltirilgan: «Aytur edilar: 
Hazrati Rasul salallohu alayhi vassalam buyurdilar: «Inalloha azza va jalla tis‘a 
va tis‘iyna isman mi‘atun g‗ayru vahidan fa-man ahsaho daxala-l jannata» (Aloh 
azza va jallaning to‗qson to‗qqizta, ya‘ni (bir kam yuzta) ismi bor, kimki uni 
sanasa va (xotirlasa) janatga kiradi». 
Xoja Naqshband izohlariga ko‗ra, ««Ahso» so‗zining bir ma‘nosi Haq 
Taoloning nomlarini sanash bo‗lsa, yana bir ma‘nosi – bu nomlarning 
mazmunini bilish. Va yana biri bu nomlar amaliyotidan foydalanish. Masalan, 
«Razzoq» desa rizq g‗ami xotirga kelmaydi, «Mutakabbir» desa buyuklik va 
ulug‗lik Haq Subhonahudan ekanini biladi v.h.» 
Ollohning go‗zal ismlarini ikki guruhda xotirga keltirish yoki zikr aylash 
mumkindir. Birinchisi, Haq zotiga tegishli bir ism bo‗lmish «Olloh»ni tilga 
olish. Bu lafzi sharif Tangridan bo‗lak hech bir borliqqa nisbatan qo‗llanilmaydi. 
Ikkinchisi, Olloh sifatlaridan olingan har biri ma‘lum bir sifatni anglatuvchi 
nomlardir. 
Diniy-tasavvufiy manbalardagi ma‘mumotlar bo‗yicha, asmoi husnaning 
ma‘nolari ilk marotaba mushohada yo‗li ila payg‗ambarlarga bildirilgan. Va 
ularning hammasi ham asmoi husna ismlaridan xabardor bo‗lishgan. Biroq bu 
ma‘nolar ularga mushohadalarning darajasi va nisbatiga ko‗ra zohir bo‗lgan. 
Asmoi husna payg‗ambarlar tomonidan qo‗yilgan ismlar ekanligi ham ilmda 
aytilgan. Masalan, ismi Jalolni Odam alayhissalom, Qaviy, Aziz va Mannonni 
Idris alayhissalom kashf aylaganmish. Shunga o‗xshab boshqa payg‗ambarlar 
ham o‗z tillaridagi so‗zlar bilan Ollohga ism qo‗yishgan. Bu nomlarning bir 


qanchasini Qur‘oni karim bir joyga jamlagan va ularni arabiy so‗zlar bilan 
ifodalagan. Zikr majlislari va tasavvuf adabiyotida asmoi husnadan keng 
foydalanilgan. 
Iymon – qalb va vujudni birlashtiruvchi, ezgu amallarga boshlovchi ilohiy 
hol. Iymon uchun qalbning tasdig‗i asl narsa hisoblanadi. Islom dini nuqtai 
nazaricha, Olohning mavjudligi, birligi, Muhammad payg‗ambarning Haq 
elchisi ekanini, Qur‘onga, undan oldin nozil etilgan diniy kitoblarga shubhasiz 
ishongan, namozini kanda qilmagan, ro‗za tutgan, hajga borgan, zakot bergan 
kishi mo‗min, ya‘ni iymonli kishi deyiladi. Iymonnig tub mohiyati va bosh 
asosi Qur‘oni karimda belgilab berilgan. Masalan, «Niso» surasida bunday 
deyiladi: «Ey mo‗minlar, Ollohga, uning payg‗ambarlariga, nozil qilgan 
kitobiga hamda ilgari nozil bo‗lgan Kitoblariga iymoningiz komil bo‗lsin, Kimki 
Ollohga, farishtalariga, Kitoblarga, payg‗ambarlarga va oxirat kuniga 
ishonmasa, demak, u juda qattiq adashibdi».
Diniy va tasavvufiy adabiyotlarda iymon ikki qismga ajratilgan: taqlidiy 
iymon va tahqiqiy iymon. 
Taqlidiy iymon – ota-bobolari, din vakillari va muhit ta‘sirida yuzaga 
kelgan iymon bo‗lib, bunda taqlid qilish, ergashish jihatlari ustuvorlik qiladi. 
Tahqiqiy iymon – iymonga oid barcha masalalarni dalil va tafsilot, talab va 
qonuniyatlari bilan bilmoq, so‗zsiz unga amal qilmoqdir. Bu iymon insonni har 
qanday shubha, qo‗rquv, gunoh, falokat va ojizlikdan muhofaza etguvchi ilohiy 
qudrat manbai hisoblanadi. Hazrati Alining e‘tirofiga ko‗ra, qalbda iymon eng, 
avvalo, oqish bir nuqta tarzida paydo bo‗lur, qul, ya‘ni Olloh quli solih 
amallarni ado etarkan, u nuqta mustahkamlanib, kengayar va qalbni ishg‗ol 
aylar. Natijada esa qalb butunlay oqlikka chulg‗anur». Shuning uchun ham 
iymonli yurakda hasad, adovat, jaholat qorong‗uliklari bo‗lmaydi. 
Tavhid – lug‗aviy ma‘nosi – biror bir narsani vohid aylash. Ilmiy istilohda 
esa Ollohning borligiga ishonmoqdir. So‗fiylar e‘tiqodida tavhid Ollohning azal 
va abadda sobit vahdoniyatiga ishonchdir. Olimlar tushunchasida tavhid – 
e‘tiqodga taalluqli bo‗lsa, so‗fiylar uchun u maqsad, mushohada va ma‘rifat 


hisoblanadi. Birinchisi – bilish va tasdiq etishga asoslansa, ikkinchisi – zavqiy 
idrokka suyanadi. Imom G‗azzoliy ta‘rifiga ko‗ra, «tavhid shunday sharafli 
maqomdurki, tavakkul, rizo, Ollohga taslimiyat hollari ham ayni shu martaba 
mevalaridir». Abdulla Ansoriy hazratlarining aytishicha, «tavhid – birlikda 
so‗zlamoq, birlikda ko‗rmoq va yakto bo‗lmoqdir». Diniy adabiyotda tavhid – 
tavhidi iymoniy, tavhidi ilmiy, tavhidi holiy (yashash tavhidi), tavhidi ilohiy 
kabi turlarga ajratiladi. 
Tavhidning darajalari: tavhidi af‘ol – har qanday harakatni Ollohdan deb 
bilish va ularni hol nazari bilan ko‗rib, kamolga yetkazish; tavhidi sifot – har 
qanday sifatni Xudodan deb anglash va uni mukammallashtirish; tavhidi zot – 
borliqdagi hama narsani faqat Olloh vujudining natijasi deb bilish. 
Jud – jo‗mardlik, saxiylik, mutlaq xayr-ehson sohibi bo‗lmoq. 
Qushayriyning yozishicha, so‗fiylarning nuqtai nazarida jo‗mardlikning ilk 
darajasi - saxo; ikkinchisi – jud; uchinchisi – isor. Masalan, mol-davlatdan bir 
qismini o‗zida saqlagan – saxovat sohibi, ko‗pini berib, ozini olib qolgan – jud 
sohibi, tirikchilik uchun zaruridan boshqasini xayrli ishlarga sarflgan – isor 
sohibi hisoblangan. Tasavvuf ahli uchun jud bilan saxo o‗rtasida farq yo‗qdir. 
Jud va saxoda Ibrohim Xalilulloh va Muhammad Habibullohning hollari 
hammaga ibrat va o‗rnak bo‗lgan. 
Naql etilishicha, Ibrohim Xalilulloh uylariga mehmon kelmaguncha 
ovqat yemas ekanlar. Bir gal uch kungacha mehmon kelmabdi. Sungra ittifoqo 
eshiklari oldida bir majusiy (otashparast) paydo bo‗libdi. «Sen kimsan?» deb 
so‗rabdilar hazrati Ibrohim. «Men bir majusiyman», - debdi u. «Sen mening 
hurmatimga ham, mehmonim bo‗lishga ham loyiq emassan, yo‗lingdan qolma», 
debdi Xalilulloh unga. Majusiy yo‗liga ravona bo‗libdi. Biroq oradan hech fursat 
o‗tmay, Olloh taolodan do‗stiga «Ey, Ibrohim, yetmish yil yedirib-ichirganim 
haqqi bir kimsaga bir burda non bermak senga og‗irlik qildimi?» degan xabar 
yetibdi. Uni eshitgan hamono Ibrohim payg‗ambar majusiyning izidan borib, uni 
olib kelib mehmon qilibdi. Majusiy munosabatdagi bunday o‗zgarishdan juda 
hayron qolib, sababini mezbondan so‗rab bilgach, hayajon bilan: «Olloh -


naqadar olijanob, naqadar hurmatli! Dushmani uchun do‗stiga ozor yetkazar», 
deya musulmonlikni qabul etgan ekan. Kim bo‗lishidan qat‘i nazar, hech 
ikkilanmasdan va hech qiynalmasdan himmat va saxovat ko‗rsatish – judning 
tamal haqiqatidir. 
Hayrat – hayron qolish, ajablanish. Qalbda yuz ochgan tajalliy tufayli 
solikning anglash va muhokamadan to‗xtaydigan bir holga yetishishi. Abu Nasr 
Sarrojning ta‘riflashicha, hayrat, tahammul, tafakkur va huzurlanish asnosida 
oriflarning qalblarida yuzaga kelgan, ularni fikrlash va muhokama yuritishdan 
chetlashtirgan «badihat», ya‘ni yorishuv, oydinlashuvdir. Shibliydan hayrat 
haqida so‗raganlarida u: «Hayrat ikki turlidir; biri – gunoh qilish qo‗rquvining 
shiddatidan tug‗ilgan hayrat, ikkinchisi – qalblardan o‗rin olgan ta‘zim 
tuyg‗usidan maydonga chiqqan hayrat», degan ekan. Hayrat fanofilloh holiga 
ko‗tarilish uchun zarur maqomlardan biri hamdir. 
Xotir – o‗y, fikr, xayol. Qalbda paydo bo‗ladigan ma‘naviy xitob. Iymon 
va vijdon sasi. «Kashf ul-mahjub» risolasida yozilishicha, so‗fiylar xotir 
deganda ko‗ngilda tug‗ilgan dastlabki fikr va xayolning ikkinchi bir xotir ila tez 
zoyil bo‗lishi tufayli qalbda yangi bir ma‘noning yuzaga chiqishi va xotir 
sohibining uni yo‗qotishga qodirligini nazarda tutganlar. Chunki xotir Haqdan, 
malakdan, nafsdan va shaytondan hosil bo‗ladi. Shu bois Ollohdan keladigan 
xotirga «xotiri Haq», malakdan keladiganiga «kashf va ilhom», nafsdan 
keladiganiga «xavojiz», shaytonga daxldoriga «vasvasa» deyilgan. Oliy idrok 
sohiblari – shayx va murid, orif va oshiq, darvesh va miskinlar xotiri Haqqa tobe 
kishilardir. Nafs d‘vatlari va shayton ovozi bularni to‗g‗rilikdan chalg‗ita 
olmaydi.
Naql qilinishicha, Xayrun Nassoj atalmish zotning ko‗nglida «Ustozing 
Junayd darvozangning oldida turibdi» degan bir xotir tug‗ilibdi. Lekin buni u 
dilidan yiroqlashtiribdi. Shunda ilk xotirni qo‗llab-quvvatlovchi yana bir chorlov 
eshitilibdi. Nassoj bunga ham ahamiyat bermabdi. Navbatdagi da‘vatdan so‗ng u 
tashqariga chiqibdi. Qarasaki, Junayd Bag‗dodiy darvoza oldida turganmish. 


Shunda Junayd unga: «Ey, Xayr, shayxlarning sunnatini joyiga qo‗yib ilk 
xotirga tobe bo‗lsayding, meni shuncha kuttirib qo‗ymasding», degan ekan. 
Ayyor – epchil, dadil, quli chakqon, tadbirkor. Abbosiylar hukmdorligi 
davrida askarlarning ba‘zi toifalariga ham ayyor ifodasi qo‗llangan. Futuvvat 
arkoniga rioya qiluvchi jo‗mard, jasur va oliyhimmat kishilarga nisbatan ham 
shu so‗z ishlatilgan. 
Ahli qol – hol ahlining teskarisi, ya‘ni so‗zlarning ma‘no va haqikatini 
bilmasdan, o‗z hayoti, qismati va tajribasi bilan bog‗lanmaydigan gaplarni 
takrorlashdan nari o‗tolmaydigan kimsalar guruhi. Dil emas – til, ma‘no emas, 
da‘vo bilan yashash yo‗lini tutgan gumroh, munofiqlar jamoasi. 
Istiqomat – to‗g‗rilik, to‗g‗ri harakat etish, rost yo‗lga yetishish. 
Qushayriy ta‘biriga ko‗ra, «Istiqomat karomatdan ustun erur». 
Fayz – lug‗aviy ma‘nosi – suvning to‗lib, qirg‗oqdan toshishi. Bu so‗z 
biror narsaning ko‗payishi, xabar tarqalishi, sir saqlash, kenglik ma‘nosida ham 
ishlatilgan. Tasavvuf istilohida fayz Haq tajallilariga nisbatan qo‗llanib, asosan, 
«fayzi aqdas», «fayzi ilohiy» tarzida tilga olingan. 
Fayz – iste‘dod natijasida yuzaga kelguvchi ilohiy hadya. Shu bois «fayzi 
iste‘dod» yoki «fayzi husn» deyilganda zuhur va tajalli nazarda tutilgan. 
«Fayzi jovidon» - yorqin davomli fayz, «fayozi bahor» - evrilish, 
yangilish, «fayozi safo» - safo va nash‘aning ko‗payishi ma‘nosiga ega.
Dahshat – ishqning haybat va qudratidan oshiqning aqldan judo bo‗lishi, 
behushlik, hayronlik holati. Bu holatga yetgan kishi «madhush» deyilgan.
Ilohiy - so‗fiy va mutasavvuf shoirlar tomonidan yaratilgan diniy – 
ilohiy mazmundagi she‘r. Unda, asosan, Ollohning birligi, ishqi va qudrati madh 
etiladi. Bunday she‘rlar mavlaviylarda – «oyin», bektoshiylarda – «nafas» deb 
yuritilgan.
Hurriyat – erkinlik, ozod bo‗lmoq. Tasavvufda eng yuksak darajada 
Ollohga qul bo‗lish holi. Qushayriy yozadi: «Bilgilki, haqiqiy hurriyat qullikda 
kamol holidir. Olloh taologa nisbatan ubudiyatga sodiq bo‗lsang, o‗zgalarga qul 


bo‗lmoq bo‗yintirig‗idan qutulib, hurriyatga erishursan». Hurriyat – nafsoniy 
hayot chohlaridan xalos bo‗lib, ruhoniy hayot kengliklariga yetishish.
Faqat mana shu holatda inson chin ma‘nodagi hurlik – aql va idrok, qalb 
va tafakkur erkinligiga erishadi. Mana shu sababga ko‗ra ham hurriyat 
oriflikning oxirgi maqomi deb belgilangan. Ibrohim Adhamning «Hurriyat va 
karam sohibidan boshqasi ila suhbatlashma». Degan so‗zlari Haqqa qul bo‗lib, 
hurlikka erishgan zotlarning qadri naqadar baland tutilganini ta‘kidlashga xizmat 
qiladi. 
Yaqazo – uyg‗oqlik, ma‘naviy – ruhiy bedorlik. Shunday bedorlikka 
erishilmaguncha Haq va haqiqat yo‗lida hech bir murod hosil bo‗lmaydi. 
Ahli muhabbat – oshiqlar toifasi. Bular quyidagi to‗rt guruhga ajratilgan: 
a‘om (avomning avomi), avom, xos, axos. 
A‘om – yo‗l boshidagi toliblar bo‗lib, ular tuyg‗u a‘zolari bilan Ollohga 
tomon sayr etuvchilardir. 
Avom – tuyg‗u kuchi ila g‗ayb olamiga kirib, solik nomini oladigan va 
ilohiy go‗zallik mushohadasiga muyassar bo‗lgan toliblar.
Xoslar esa muqarrablar va eranlar . Bular malakut olamiga yuksalib, 
haqiqatga erishgan kishilar.
Axos – siddiqlar, ya‘ni ishqning so‗nggi martabasiga ko‗tarilib, fanolik 
zavqini tuyadiganlar. 
Oyin – odat, usul, qonun va diniy marosim degani. Tariqat arboblarining 
xonaqoh va takyalarda ijro etadigan marosim usuli. Shodlik va zavqning zuhuri 
ma‘nosida qo‗llangan. Mavlaviylar oyinni – «samo‘», qodiriylar – «davron», 
rifoiylar – «zikri qiyom», naqshbandlar – «xatmi xojagon» deb yuritganlar. 
Zohid – zuhd yo‗liga kirgan, tarkidunyo etgan kishi. Hoji Bektoshi 
Valining ta‘rifiga ko‗ra, «zohidlarning asli otashdandur va ular tariqatga 
mansubdirlar». Shu sababli hakiqiy zohid o‗zini «yondirishi», ya‘ni yonib 
yashamog‗i lozim. Zohidlarning maqomlari ibodat, qo‗rquv, umid va «ilm al-
yaqin» erur. 


Mosuvo – Ollohdan boshqa hamma narsa, kasrat demak. Vahdati vujud 
maslagidagi oshiqlar, umuman, Haq qullari Xudodan boshqa bir borliq 
mavjudligini tan olmaydilar. Zero, dunyodagi hamma narsa yagona borliq – 
Olloh borlig‗ining tasdig‗i va dalillaridir. Tariqatchi shoirlar «g‗ayr», «sivo», 
«da‘vo», «yolg‗on», «ag‗yor» kabi atamalarni ham mosuvo ma‘nosida tatbiq 
qilganlar. 
Eran – Qur‘oni karimda «avliyoulloh» deya atalgan Olloh do‗stlarining
turkiy nomi. Eran – tasavvuf adabiyotida murshidi komil va insoni komil 
mazmunida qo‗llangan. Eranlarning ko‗ngli – ilohiy zavq va ma‘rifat xazinasi. 
Ular vahdat mayidan qongan va ilohiy sir-asrorlardan to‗la voqif zotlar. 
Eranlar yururlar tunu kun zor,
Zor bo‗lgan qulga Haqning nazari bor.
Eranlar talab birla bo‗ldi bedor, 
Ul eranlar etogini tutmasmusan? (Sulaymon Boqirg‗oniy) 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling