O‗zbek mumtoz adabiyotining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari, asosiy yo‗nalishlari
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
tasavvuf
MARKAZIY OSIYODAGI TARIQATLAR
Markaziy Osiyoda tasavvufning tarqalishi va taraqqiyotida Yusuf Hamadoniy (1048-1141) barpo etgan tasavvuf maktabi e‘tiborlidir. Alisher Navoiyning «Nasoyimu-l-muhabbat»ida u zot «....imom, olim, orifi rabboniy, gо‗zal hollari, kо‗p ehsonlari, yuksak karomot va maqomotlari bor edi» deya ta‘riflangan. Shayx Yusuf Hamadoniy xojagon tariqatidagi «hush dar dam», «nazar bar qadam», «safar dar vatan», «xilvat dar anjuman» qoidalarini ishlab chiqqan. Uning savol-javob tarzidagi «Rutbatu-l-hayot» asarida Shayxga berilgan о‗n tо‗rt savol va ularning javoblari aks etgan bо‗lib, «halol va harom, moddiylik va ruhoniyat, dunyo va oxirat, tubanlik va yuksaklik» kabi zidliklar va ularning oqibatlari haqida fikr yuritiladi. Zamonasining yetuk shayxlari Abdulqodir Giloniy (G‗avsu-l-a‘zam), Shayx Hamiduddin Multoniy Imom G‗azzoliy bilan muloqotda bо‗lganlar. Odamlar orasida yurib, ularni irshod qilish, muridlar ta‘lim-tarbiyasi bilan shug‗ullanish yо‗lini tanlagani uchun shayxning xonaqohi «Xuroson ka‘basi» nomini olgan. Shayx Hamadoniyning tasavvuf tarixidagi ulug‗ xizmatlaridan biri Xoja Abdulloh Barraqiy, Xoja Xasan Andoqiy, Turkiston piri Xoja Ahmad Yassaviy va Xojai jahon Abdulxoliq G‗ijduvoniyni tarbiyalab kamolga yetkazganidir. Xoja Ahmad Yassaviy (vaf. 1166 - 67) yassaviylik (jahriylik) tariqatining asoschisi va ilk turk mutasavvifi sifatida mashhurdir. Ahmad Yassaviy ibodat (xonaqox) .adabiyotining boshlovchisi sifatida ilk adabiy maktabga asos solgan. Yassaviylikning asosi, yо‗nalishi va ta‘siri masalalari «Maslaku-l-orifin», «Lama‘ot» («Shu‘lalar»), «Samaratu - l - mashoyix», «Javohiru - l - abror» kabi manqaba va risolalarda bayon qilingan. ―Devoni hikmat‖da ilohiy ishq g‗oyasi va ma‘rifiy mazmun yetakchilik qiladi. Shu boisdan ham Yassaviy hikmatlari ma‘no va mohiyat e‘tibori bilan Qur‘oni karim va Muhammad alayhissalom hadislariga chuqur bog‗langan, Yassaviylik tariqatining asoslari yuqoridagi manbalardan tashqari «Faqrnoma» nomli risolada (ayrim mutaxassislar uni Xoja Ahmad Yassaviyga nisbat berishadi) ham aks etganki, Yassaviy shayxlari uchun bu mо‗tabar manba axloqiy kodeks vazifasini о‗tagan. Xojai jahon nomi bilan mashhur Hazrat Abdulxoliq G‗ijduvoniy (1103 y. tug‗.) manbalarda Yusuf Hamadoniyning «tо‗rtinchi xalifasi» sifatida tilga olinadi. Ayrim tadqiqotchilar xojagon tariqati Yusuf Hamadoniydan boshlangan (V.Bartold) desalar, ayrimlari keyinchalik «naqshbandiylik» nomi bilan mashhur bо‗lgan tariqatning yaratuvchisi (J. Trimingem) sifatida tilga oladilar. Fitrat hali naqshbandiylik nomi bilan shakllanib ulgurmagan silsilani «abdulxoliqchilar» deb atagan. Bunday ehtiromning sababi tasavvufdagi sakkiz manzil bevosita Abdulxoliq G‗ijduvoniy nomi bilan bog‗langanligidadir. Faxruddin Ali Safiyning «Rashahotu ayni-l-hayot» asarida Shayx shaxsiga ixlos bilan maxsus maqola bag‗ishlanadi. Xoja Muhammad Porso «Faslu-l-xitob» asarida «Hazrati Xoja Abdulxoliqning yо‗llari tariqatda hujjat hisoblanadi» deb yozgan ekanlar. Extimol, shuning uchun bu yо‗lni hujjat tutganlar keyinroq naqshbandiylik nomi bilan mustaqil tariqat sifatida shuhrat topdilar. Kubroviylik Xivada tavallud topgan Shayx Najmiddin Kubro (1145-1221) nomi bilan bog‗liq. Misrda Rо‗zbehon al-Vazzonga ham murid, ham kuyov bо‗lgan. Sо‗ngra Tabrizga borib, Abu Mansur Xafddan «sharhu-s-sunna»ni о‗rganadi, Ismoil Qasriy qо‗lidan xirqa kiyadi. Misrga qaytgach, Rо‗zbehonning tavsiyasi bilan Xorazmga kelib, xonaqoh quradi. Kubroviylik (yoki zahabiylik) tariqatiga asos soladi. Hoji Xalifaning «Tuhfatu-l-fuqaro», Kamoliddin Husayn Gozurgoxiy (Fanoiy)ning «Majolisu-l-ushshoq», Lutf Alibek Ozarning «Otashkada», Rizoqulixon Xidoyatning «Riyozu-l-orifin», Aziziddin Nasafiyning ―Zubdatu-l-haqoyiq‖ asarlarida ulug‗langan Shayx Kubro Turkistonda yaratilgan ilk tafsirlardan birining xam muallifidir, «Al-usul al-ashara», «Favotihu-l-jamol» kabi risolalar, о‗nlab tasavvufiy ruboiylar yaratgan. Uning risolalarida tо‗rt mavjudlik xaqiqati: Vujud, Qalb, Ruh va Vijdon tо‗g‗risida bahs yuritiladi. Kubroviy shayxlari Eron, Xuroson, Kichik Osiyoda keng tarqalgan. Majididdin Bag‗dodiy (Farididdin Attorning piri), Sa‘diddin Hamaviy, Bobo Kamol Jandiy, Sayfiddin Boxarziy, Najmiddin Roziy Doya, Jamoliddin Ahmad Jurfoniy, va b. mashhur shogirdlar yetishtirgan. J.Trimingemning yozishicha, tasavvuf tarixida keyinchalik vujudga kelgan о‗nlab tariqatlar, jumladan, firdavsiylik, rukniylik, nurbaxshiylik va boshqa tariqatlar kubraviylikdan ildiz otgan. Prof. N. Komilov «Kubraviyadan firdavsiya, nuriya, rukniya, xamadoniya, ig‗tishoshiya, nurbaxshiya kabi toifalar о‗sib chiqqan»ini qayd etib, «xorazmlik buyuk shayxning tariqati butun Sharqqa tarqaldi, uning iste‘dodli muridlari donishmandlik, hikmat va insoniy poklik, ilohiy ma‘rifat royalarini turli millat va elatlar orasida yoydilar, islomning shuhratiga shuhrat qо‗shdilar» deb yozganida tariqat kubrosi haqidagi ayni xaqiqatni bayon qilgan edi. Sо‗fiylar ruhning poklanishi (dil xaqiqatini anglash)da kо‗ngil, dil fenomeniga alohida e‘tibor berganlari kabi badiiy ijodning mohiyatida ham kо‗ngil yotishi ayni haqiqatdir. Tasavvuf bilan adabiyotning vatani kо‗ngil ekan, ular о‗rtasiga zidlik belgisi qо‗yib bо‗lmaydi. Tasavvuf adabiyotining shakllanishida Abu Sayyid ibn Abulxayr (967-1049) va uning ―samoviy majlislar‖i alohida amaliy ahamiyatga ega. Fors ruboiynavisligiga tasavvufiy talqin olib kirgan shoir Bobo Kо‗hiy Sheroziy (XI asr) hisoblanadi. Sо‗fyy dostonchilikning shakllanishida Abdulloh Ansoriy (1006-1088) va uning ―Tabaqotu-s-sо‗fiya‖ (―Sо‗fiylikning maqomlari‖), ―Anisu-l-muridin‖ (―Muridlar dо‗sti‖) asarlari alohida ehtiromga ega. «Tabaqotu- s-sо‗fiya» va arab tilida yozilgan «Manozilu-s-so‘irin» nomli asarlarida tasavvufga nafaqat ilm va ahloqiy yо‗nalish, balki buyuk bir ma‘naviy qudrat, adabiy qimmat berdi. Qur‘oniy mazmundagi «Qissai Yusuf» syujetini yangicha talqin qilib, «Anisu-l-muridin» dostonini yaratdi. «Musajjat» nomi bilan mashxur qofiyali nasr - saj‘da yozilgan asarida «Manozilu-s-so‘irin»dagi tasavvufiy talqinlarni badiiy tarzda ommaga yetib boradigan maqbul shakllarda qayta ifodaladi. Jaloliddin Rumiyning tasavvuf adabiyotidagi о‗rnini belgilashda uning tariqati va faoliyatini Hakim Sanoyi va Farididdin Attorning davomchisi sifatida tushunish bor. Akad. E.E.Bertels Mavlononing «Attor ruh budu Sanoyi du chashmi о„, Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling