O‗zbek mumtoz adabiyotining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari, asosiy yo‗nalishlari


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/19
Sana20.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1633896
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
tasavvuf

TARIQAT VA SHARIAT 
 
Shariat – ochiq yo‗l, hayot manbaiga eltuvchi to‗g‗ri yo‗l, qonun, zohiriy 
hukmlar majmuasi. Istilohiy mazmunda: Ollohning amri, oyat, hadis, ijmoi ummat 
va qiyosi fuqaho asoslariga tayangan din qoidalari demak. Bu so‗z Qur‘oni 
karimda «Shir‘atun» deb ishlatilgan. «Moida» surasida esa: «Sizlardan har bir 
millat, ya‘ni din uchun alohida shariat va yo‗l qilib qo‗ydik» (48-oyat) deyilgan. 
Shariat din yo‗li va Ollohning daxlsiz qonunlariga amal qilinadi: «Ollohning 
yo‗li – qonun yo‗li bo‗lib, ilgari ham o‗tgandir. Olohning yulini hargiz o‗zgartira 
olmassiz» («Fath» surasi, 23-oyat).
Tasavvuf ahli Ollohga olib boruvchi yo‗lni to‗rt martabaga ajratib, ulardan 
birinchisi – Shariat, ikkinchisi – Tariqat, uchinchisi – Ma‘rifat va oxirgisi – 
Haqiqat deb belgilagan. Hoji Bektoshi Valining yozishicha: «Shariatga bog‗liqligi 
mukammal bo‗lmagan kishiga tariqat, ma‘rifat va haqiqat martabalari ham nasib 
etmaydi». Shuning uchun so‗fiylar shariatni tamal, ya‘ni poydevor, tariqat, ma‘rifat 
va haqiqatni shu poydevor ustida yuksalgan uch qavatli bir imorat shaklida 
tasavvur qilganlar va «imoratsiz poydevor bo‗lur, ammo poydevorsiz imorat 
bo‗lmas», degan tushunchada sobit turganlar. 
Najmiddin Kubro ta‘rifiga ko‗ra: «Shariat bamisoli kema, tariqat esa dengiz, 
haqiqat dengiz qa‘ridagi inju. Kim injuni qo‗lga kiritmoq istasa, kemaga minar, 
dengizda suzar, shariatning tamizligi suv ila, tariqatniki qalbini havoyu havasdan 
uzoq va xoli tutmoq ila, haqiqatniki Ollohdan boshqa har narsadan yiroq turish 
bilan bo‗lur». 
Bu haqida Mavlono Jaloliddin Rumiy «Masnaviy»ning muqaddimasida 
bunday deydi: «Shariat shamga o‗xshab yo‗l ko‗rsatar. Ammo shamni qo‗lga 
olmoq bilan yo‗l ochilmas. Yo‗lga tushdingmi, bu yurishing tariqat erur, maqsadga 
erishilishi – bu hakiqatdur… Shariat - bilim, Tariqat – tutmoq, Hakiqat – Tangriga 
yetishmak». 
Shariat ilmi, birinchi navbatda, nafsni bilishni talab qiladi. Chunki shariat 
nafsning, tariqat ko‗ngilning va hakiqat ruhning yo‗li. Boshqa bir ta‘rifga ko‗ra, 


Ollohga ibodat – shariat. Uni talab etish - tariqat va Olohni mushohada aylash – 
haqiqatdir. 
Husayn Voiz Koshifiyning tasnifiga binoan shariat bilan tariqat o‗rtasidagi 
farq mana bunday: «Shariat ravshanlik, nishon va hurmat erur. Tariqat – sa‘y–
harakat, bayon va xizmat. Shariatning samarasi - ahdga vafo, tariqatniki – fano, 
ya‘ni o‗zdan kechmoq». 
Tariqat – yo‗l. Shariat va tariqat o‗zaklari boshqa o‗zakdan yaratilganligiga 
qaramasdan, ularning lug‗aviy ma‘nolari bir, ya‘ni «yo‗l» demakdir. Shu bois 
Yunus Emro: «Shariat, tariqat yo‗ldir yurganga…», deydi. Lekin tariqat shariatdan 
farqli o‗laroq, o‗zining bir qancha xususiy talab, usul va qoidalariga ega. «Agar 
so‗rasalarki, tariqat maqomati nechadur, aytgil to‗rt yuzu qirq to‗rttadir»,- deydi 
Husayn Voiz Koshifiy va bularning hammasi tavba, xavf, jihod, sabrdan iborat 
to‗rt maqomda jamlanganligini bildiradi. Uningcha, hatto tariqat so‗zidagi har bir 
harf solik zimmasiga - talab qilmoq – «T», rozi bo‗lmoq – «R», yaqin bo‗lmoq – 
«Y», ko‗rib ko‗rsatmoq – «Q» va butkul tavajjuh – «T» majburiyatini yuklagandir.
Olimlarning aniqlashlaricha, tasavvufda 160 dan ortiq tariqat va tariqat 
tarmoqlari mavjud bo‗lgan. An‘anaga ko‗ra uch asosiy qismga ajratilgan: 
1.Tariqi axyor – xayrli insonlar yo‗li. Tariqi arbobi muamalot deb ham 
ta‘riflangan ushbu yo‗lning asosini zuhd, vara‘, taqvo va ibodat tashkil qilgan. 
Shuning uchun unga zohidlar va obidlar yo‗li sifatida ham qaralgan. Bu yo‗l Haqqa 
yetishning juda uzoq yo‗li. Uni tanlaganlar orasida maqsadga erishganlarning soni 
nihoyatda kam bo‗lgan. 
2. Tariqi abror – yaxshi insonlar yo‗li bo‗lib, tariqi tasfiya va mujohada deb 
ham yuritilgan. Bu yo‗l nafs ila kurashish, riyozat ila qalbni yomonlik va 
chirkinliklardan poklash, axloqiy komillikka yetishish yo‗li hisoblanadi. Xoh Haq, 
xoh xalq bilan munosabat va aloqada ixlos hamda to‗g‗rilikdan ajralmaslik ushbu 
yo‗lning bosh talabidir.
3. Tariqi shuttor – oshiqlar yo‗li. Uning ikkinchi bir nomi - tariqi soirin. Bu 
ishq, muhabbat va jazba bilan maqsadga erishiladigan yo‗l. Unga yuz burgan kishi 


ishq, jazba yuksalganiga qadar shaxsan juda ko‗p maqomlarni kechib o‗tmog‗i 
shart bo‗lgan. Chunki ushbu yo‗l uchun sayri suluk asosdir. 
Xullas, tariqat insonlarni maxsus ta‘lim-tarbiya bilan go‗zal axloq, musaffo 
qalb va latif ruh sohibi etadigan, oxir-oqibatda esa Ollohga yaqinlikni 
ta‘minlaydigan o‗ziga xos maslak va mafkura yo‗lidir.
Tariqatlarning ibtidosi hazrat payg‗ambar muhammad mustafoga borib 
taqaladiki, buning yo‗li ikki buyuk sahoba hazrati Abu Bakr va hazrat alining 
yo‗llaridir. hazrati abu bakrga brib bog‗lanadigan tariqatlar sassiz, yashirin, ya‘ni 
«zikri xufiya»ga asoslangan. zikr va duosi ochiq hamda baland ovozda jamoat 
holida ijro etiladigan jahriy tariqat hazrati aliga nisbat berilgan. 
Ma‘rifat – aqlu donish, amaliy bilim, tanish, fahm, tasavvufiy ilm. Hol sirlari 
va ilohiy haqiqatlarga tegishli ilm irfon. «Kashf ul-mahjub» muallifining 
aytishicha, fuqaho singari boshqa kishilar ham Olloh haqidagi ilmga «ma‘rifat» 
nomini berganlar. Tariqat shayxlari esa Ollohdan vorid bo‗ladigan holni ham 
«ma‘rifat» deb atashgan. Va mana shunga ko‗ra «ma‘rifat» ilmdan ko‗p kurra 
ustundir deganlar. Imom G‗azzoliyning ta‘kidiga ko‗ra, «Qalbda ma‘rifat 
maydonga kelgach, qalbning holi o‗zgaradi. Qalbning tutumi o‗zgargach, 
a‘zolarining amallari ham o‗zgaradi. YA‘ni amal holga, hol ilmga, ilm esa 
tafakkurga bog‗liq bo‗lib qoladi». Tasavvuf ahlining ma‘rifat bahsidagi fikrlari 
xilma-xil va nihoyatda terandir. Xoja Bahovuddin Naqshband hazratlari, «tavhid 
sirriga yetsa bo‗lur, ammo ma‘rifat sirriga yetmak dushvordir», deganlar. Shu bois 
Zunnun Misriy «Ma‘rifat xususida iddao sohibi bo‗lishdan saqlan!» - deydi. 
Chunki ma‘rifat iddaosi kishini mahv va halok etishi mumkindir. Zero, «Ollohni 
tanigan kishining so‗zi oz, hayrati uzun bo‗lur». Bektoshiylik tariqati asoschisining 
qiyosiy ta‘rifi bo‗yicha, «Ma‘rifat ulkan va serxosiyat bir daraxdirki, uning uchi - 
tavhid, tanasi - imon, yaproqlari -islom, tubi – yaqinlik, ildizi – tavakkul, butoqlari 
- nahiy munkar, suvi – xavf va rijo, mevasi – ilm, yaprog‗i – komil insonning 
ko‗nglidir. Boshi arshdan ham baland bu daraxtning besh go‗zal novdasidan biri – 
shavq, ikkinchisi – muhabbat, uchinchisi – inoyat, to‗rtinchisi – irodat, beshinchisi 
– qurbiyat». Demak, ma‘rifat sohibi bo‗lmoq uchun shuncha haqiqat va fazilatlarga 


ega bo‗lmoq, ma‘rifat sirlaridan ogohlik uchun ana shuncha haqiqatlarning sirridan 
xabardorlik lozimdir. Haqiqat – chindan mavjud bo‗lgan narsa, asl mohiyat. 
Ollohni bilish. Borliq olam sirlarini to‗g‗ri va teran idrok aylash. Haqiqat 
shariatning botinidir. Shuning uchun haqiqat tasavvuf ma‘nosida ham keng 
qo‗llanilgan.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling