O‗zbek mumtoz adabiyotining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari, asosiy yo‗nalishlari


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/19
Sana20.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1633896
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
tasavvuf

MA’RIFAT VA HAQIQAT 
Haq yo‗liga kirgan darveshning ana shunday ruhiy iztiroblar safaridan so‗ng 
qo‗lga kiritgan ma‘naviy ma‘rifatini Sari Saqatiy «tavhid» (birlashish – Alloh 
birligini idrok etish), Ma‘ruf Karxiy va Abusaid Xarroz «fano» (yo‗qolish) deb 
atadilar. Zerokim, solik o‗zi bilan Iloh orasidagi masofani qisqartira borib, vujud 
to‗siqlari (moado, mosivo, parda)ni yengib o‗tib, shaxsiy «Men»dan qutuladi va 
to‗laligicha Mutlaqiyatga qo‗shilib, u bilan qorishib, erib ketadi. So‗fiylar buni 
qatraning dengizga qo‗shilishi yoxud qizitilgan temirning olov bilan bir xil tus 
olishi bilan qiyoslab tushuntirganlar. Darhaqiqat, qatra – dengizdan nishona, 
dengizning mohiyati qatrada ifodalangan. Shu singari inson ruhida ham Iloh 
sifatlari mujassam. Biroq moddiylik uni Ilohdan ajratib turadi. Aslidan ajralgan, 
vaqtincha g‗ariblikda, musofirlik (safar)da bo‗lgan inson ruhi hijron dog‗ida 
qiynalib azob chekadi. Ammo ruh moddiylikdan poklansa, musaffo shabnamday 
bo‗lib, Dengizga – o‗z asliga borib qo‗shilishi mumkin. Bu vasl faqat ilohiy 
ma‘rifat orqali, ya‘ni o‗z-o‗zini anglash, tanish va shu asosda o‗z Rabbini tanish 
oraqli qo‗lga kiritiladi. 
Shunday qilib, ilohshunolsik ilmi teosofiya bo‗lgan irfon yoki ma‘rifat 
(«ma‘rifat» so‗zi arabcha «arafa» – bilmoq so‗zidan yasalgan) tariqatning hosilasi 
va bevosita davomidir. Xo‗sh, ma‘rifatning nishonasi nima, qanday kishi 
ma‘rifatga noil bo‗la oladi? Bu savollarga yuqorida qisman javob berilganday 
bo‗ldi. Ammo shunga qaramay, buni kengroq sharhlashga majburmiz, chunki 
tasavvufda ma‘rifat tushunchasi maxsus o‗rin egallaydi va uning o‗z ta‘rifi, 
haqiqatlari bor. So‗fiylar nazarida ma‘rifat fikrdan oldin ketadigan va shubhaga 
zarracha asos qoldirmaydigan ilmdir. Ma‘rifat ilmi botiniy ilm deb ham yuritilgan. 


Chunki tasavvuf ahli dunyoviy va diniy ilmlarni birga qo‗shib, «zohiriy ilmlar» 
deb ataganlar. Ularning uqtirishicha, zohiriy ilmlar bilan Xudoni bilish qiyin. 
Biroq, boshqa bir nuqtai nazar ham bor: garchi zohiriy bilimlar Haq taolo asrorini 
anglashga yaroqsiz bo‗lsa-da, lekin dunyoni bilish Ollohni bilishning birinchi 
bosqichi, ya‘ni Ollohni bilish dunyoni bilishdan boshlanishi kerak, chunki dunyo – 
kasrat ko‗plik olami, Ollohning ijodi. Uning sifatlari, qudratini namoyon etib 
turadigan ko‗zgu. Tasavvuf nazariyotchilaridan biri Abdurazzoq Koshoniy Ibn 
Arabiy qarashlariga suyanib, ma‘rifatga bunday ta‘rif bergan: «Ma‘rifat muxtasar 
ilmlarni tafsilotlar suratida tanimoqdir, ilohiy ma‘rifat ilohiy zot va sifatlarni ahvol 
va hodisalar tafsili va nuzul amrlar suratida tanish demak». Buning ma‘nosi shuki, 
Muxtasar mavjudlik va mutlaq foil (ish egasi) Ollohning o‗zi bo‗lib, Uning ilmi 
kasrat olamida tafsillik topadi, muayyanlashadi. Bundan yana quyidagi fikr kelib 
chiqadi: moddiy dunyodagi jamiki ilm, insonlarning to‗plagan hikmat-donishlari, 
hali ochilmagan barcha siru asrorlar Ollohga tegishli, Olloh – hikmatlarning 
jamuljami, bizning bilimlar esa – Uning tafsiri, sharhi. Demak, biz Rabbimizni 
bilish uchun tafsirdan Buyuk aslga qarab borishimiz kerak. 
Ilohiy ma‘rifatni egallash martabalari esa quyidagicha: 
1. Solik har bir narsani ko‗rganda, uni Mutlaq foilning asari deb bilsin, ya‘ni 
dunyo va boshqa olamlar o‗z-o‗zidan mavjud emas, balki ular abadiy va azaliy, 
qodiru xoliq, ahadu samad Parvardigorning sun‘idan yaralgan va Parvardigor 
tufayli mavjud ekaniga biru bor ishonsin, iymon keltirsin. 
2. Mutlaq foildan bo‗lgan har bir asarni ko‗rganda tasavvuf va taxayyul 
bilan Mutlaq foil sifatlaridan qaysi sifati zuhuri ekanligini anglab yetsin. Chunki 
Parvardigorning behisob sifatlari bo‗lib, olam o‗zgarishlari, voqea-hodisalar, 
narsalar xususiyati Uning muayyan sifatining natijasidir. 
3. Haq murodi-maqsadini har bir sifat tajallisida (porlashida) anglab yetsin 
(tanisin). 
4. Solik ilohiy Ilm suratini o‗zining ma‘rifati suratida tanisin va o‗zini ilmu 
ma‘rifat, balki vujuddan ham soqit etsin. Keyingi, to‗rtinchi martaba tavhid va 
fanoga ishoradirkim, bu haqda alohida to‗xtalib o‗tamiz. 


Demak, bundan ma‘lum bo‗ladiki, garchi Ollohni ko‗rish mumkin bo‗lmasa-
da, (hatto hazrati Payg‗ambar sallollohu alayhi vasallam ham Me‘roj kechasi 
Parvardigor huzuriga yetishganda, Uni bevosita ko‗rganlari yo‗q, balki parda 
orqasidan suhbatlashib, jamolidan bahramand bo‗lganlar), ilohiyot olami «g‗ayb 
olami» deyilsa-da, shunga qaramay, Uni tanish sifatlari orqali Zotini anglash, idrok 
etish mumkin. Hujjatul islom Muhammad G‗azzoliy deydiki, ruhni ko‗rib 
bo‗lmaydi, lekin ruh bor, u – «hastii nestnamoy», ya‘ni yo‗qday bo‗lib tuyuladigan 
borliqdir. Masalan, to‗zon qo‗zg‗olganda, tuproq o‗z-o‗zidan havoga ko‗tarildi deb 
aytolmaymiz. Tuproqni shamol ko‗tarib, to‗zonga aylantiradi, lekin shamol va 
havo ko‗zga ko‗rinmaydi. Shu kabi ruh ham ko‗zga ko‗rinmaydi, ammo jism 
harakatlari ruhdandir, biz buni jismning xususiyati, harakati orqali bilib olamiz. 
Tasavvuf ahli bilishning falsafiy yo‗llari – tasavvur, his, mantiqiy tafakkur 
va hokazolarni ham eslab o‗tadilar. Biroq ularning fikricha, aqliy-hissiy bilish 
zohiriy – dunyoviy bilimga kifoya qiladi, xolos. Ilohiyotni anglash uchun esa aql 
ojizdir. Ilohiyot ilmi aqlga sig‗maydigan, aql o‗lchovlaridan baland turadigan 
ilmdir. Ibn Arabiy aytadiki, Xudo haqida ham aql tili bilan gapirish mumkin, lekin 
aql kuchi bilan Uni bilish mumkin emas. Aql isbotni talab qiladi, dalil – tajriba 
bilan ish ko‗radi. Vaholanki, Xudoning borligi, zotu sifatlarini dalil orqali isbotlash 
mushkul. «Ma‘rifat Haq tomonidan yuboriladi. Bu mening fikrim emas, balki 
ilohiy ilhomdir», deb yozadi Ibn Arabiy. Olloh bilan xilvatda qolgan mard insonda 
shunday xolat yuz beradiki, unda Ilmlardan ilhom paydo bo‗lib, Uning rahmati 
bilan yuksaladi. Darveshdagi bu holat oddiy odamlar va isbot-dalil ahli uchun 
qorong‗idir. Bu avliyolarga yuboriladigan laduniy bilim. Boyazid Bistomiy kalom 
ahliga qarab degan ekan: «Siz o‗z ilmlaringizni jonsiz narsalardan olasiz, biz esa 
abadiy tirik Zotdan olamiz». Boyazid jonsiz narsalar deb moddalar-ashyolarni 
nazarda tutadi. Laduniy – rabboniy bilim Xo‗ja Xizrning bilimiga qiyos etgulik. 
Xo‗ja Xizr hayot suvi – abadiy tiriklik suvini ichgach, u hamma voqeadan, hamma 
ahvoldan, hamma kechinmalardan xabardor; narsalar hosiyati va qonuniyatini 
oldindan biladi, Xudo unga o‗z bilimini tuhfa etgan. 


Asli Ispaniyada tug‗ilib, musulmon olamini kezib chiqqan, o‗zining 
«Futuhoti Makkiya», «Fususul hikam» asarlari bilan tasavvuf falsafasiga ulkan 
hissa qo‗shgan Shayxi kabir Ibn Arabiy (1165–1240) inson bilimlarini uchga 
bo‗lgan: birinchisi – aqliy-hissiy bilimlar, ikkinchisi – hol ilmi (holat, mahol ilmi 
ham deydi u). Uchinchisi – sirru asror ilmi. Birinchi ilm zohiriy fanlar bilan 
shug‗ullanadigan kishilar ilmi bo‗lsa, ikkinchi ilm hol martabasiga ko‗tarilgan 
so‗fiylar ilmi hisoblanadi, ya‘ni vajd holatida kashf etilgan ilm. Uchinchi ilm – 
avliyolar ilmi. Bu ilm muqaddas ruhlar orqali keladi, shu‘la – nur ko‗rinishida 
qalbga kiradi. 
Shu o‗rinda tasavvuf ahli tez-tez murojaat qiladigan bilishning uch xil 
bosqichi – ilmul yaqin, aynul yaqin va haqqul yaqin tushunchalari ustida 
to‗xtalmoqchimiz. Arabcha «yaqin» so‗zi ishonch, biron narsaga qat‘iy ishonchni 
anglatadi. Bu so‗z Qo‗r‘oni Karimda ham ko‗p qo‗llaniladi. Ilmul yaqin, aynul 
yaqin, haqqul yaqin – bilishning uch bosqichi. Birinchi bosqich kitobiy, tahsiliy 
bilimga ishora bo‗lsa, ikkinchi bosqich o‗z ishtirokidagi tajribaviy bilimni 
anglatadi, uchinchi bosqich esa o‗zi tajriba vositasiga aylanib, haqiqatni anglash 
bilimidir. 
Ilmul yaqin – bilim oraqli ishonish. Masalan, deylik, menga tushuntirib 
aytdilarki, olov issiqdir va u kuydiradi, men bunga ishondim. 
Aynul yaqin – to‗liq ilmiy ishonch, tajriba qilib ko‗rib ishonish. Men o‗zim 
sinab ko‗rdim: olov haqiqatdan ham issiqdir va u kuydiradi. 
Haqqul yaqin – haqiqiy ishonch, ya‘ni: men o‗zim olovda yondim va 
olovning yondirish kuchi, xususiyatiga batamom ishondim. Bu – Haqqa yetish 
ilmi. Ko‗rinadiki, yuqorida Ibn Arabiy tasnif etgan ilm darajalari bilan hozir ta‘rif 
etganimiz uch bosqich orasida yaqinlik bor. 
Alisher Navoiyning «Lisonut tayr» asarida «Parvonalar majmu‘i sham‘ 
haqiqati sharhida» («Faqru fano vodiysining adosi» bobi) degan hikoyat bor. Unda 
keltirilishicha, parvonalar bir kecha yig‗ilishib, sham‘ga tolib bo‗ladilar; kelishib 
olib, sham‘ning mohiyatini anglamoqchi bo‗ladilar. Shunda ulardan biri sham‘ga 
yaqinlashadi, uning munavvar nurini ko‗rib, qaytib kelib boshqalarga hikoya 


qilmoqchi bo‗ladi. Ammo parvonalar uning so‗zidan hech narsa anglamaydilar, 
chunki u sham‘ nima ekanini tushuntirib bera olmaydi. Shu zaylda yana bir necha 
parvona sham‘ atrofini aylanib kelib, ko‗rganlarini so‗zlaydi. Lekin «topmadi 
mushkul kushod andin dog‗i», maqsad amalga oshmaydi. 
Sham‘ davrida qanot ko‗p urdilar, 
Har biri o‗z bol-parin kuydurdilar. 
Har biri kuygancha ondin topdi kom
Sharhi dushvor erdiyu naqli harom. 
Har bir parvona sham‘ nuridan lazzatlandi, ammo uni sharhlab bera olmaydi, 
chunki shu‘lani til bilan sharhlab, tushuntirib bo‗lmaydi, kishi to kuymasa olov 
haroratini anglamaydi. Navoiy bundan ikkita xulosa chiqargan: biri – Haq nuriga 
g‗arq bo‗lib, Uning jamoli haroratida yonmaguncha Haqni anglab bo‗lmaydi. 
Ikkinchisi – Haqqa yetgan odam (kuygan parvona kabi) bu sirni bayon qilib bera 
olmaydi. Bu – haqqul yaqinning xuddi o‗zidir. YA‘ni foniy bo‗lish, subyektning 
obyektga aylanishi, solik vujudining batamom yo‗qolib, iloh olamiga qo‗shilib 
ketishi. 
Mansur Halloj (858-922) ana shunday martabani egallagan zot edi – Haq 
olamiga qo‗shilib «men Haqman» («Anal Haq») dedi. Mansurning ustozlaridan 
Boyazid Bistomiy (vaf. 875) esa ayni holni ilhomi jo‗sh urgan paytlaridan birida 
«Subhoni, subhoni, mo a‘zam sho‗ni» deb yuboradi, ya‘ni «Sharaflanganman, 
sharaflanganman, sharaflanganman men, mening martaba-sha‘nim ulug‗ligiga 
qarang». Qur‘on bo‗yicha bandasi bunday deyishga haqli emas, chunki bu 
Parvardigorning sifatlaridir. Ammo Boyazid o‗zini Haq bilan birga his etib, Uning 
sifatlarini o‗z sifati deb hisoblaydi. Boyazid Bistomiyning mana bu izhori ham 
qiziq: bir payt U meni O‗z huzuriga olib chiqdi va oldiga qo‗ydi va menga dedi: 
«Ey Boyazid, haqiqatan ham mening maxluqim yuz ko‗rishni sevadi, mayli, sening 
yuzingni ko‗rsin». Va men javobida dedim: «Meni o‗z vahdating ila bezagin, o‗z 
sifatlaring ila sifatlagin, tavhiding martabasi-la sharaflagin, toki maxluqlaring meni 
ko‗rganda: «Biz Seni ko‗rdik» va «bu Sen bo‗libdi» desinlar va men bu yerda 
bo‗lamayin». 


Bu so‗zlarda insonni ilohiylashtirish, komil inson sifatlari bilan Iloh sifatlari 
orasida tenglik alomatini qo‗yish bor. Darvoqe, Boyazid Bistomiy va Mansur 
Halloj ham shu fikrni olg‗a surganlar. Bu xudolikka da‘vo emas, hulul ham (hulul 
– Ilohning odamda singishi haqidagi nazariya) emas, balki insonni ulug‗lash va 
tavhid bilan vahdat – kulliyatni nihoyatda chuqur anglashdir. Diqqat qiling: 
Boyazid so‗zining oxirida «va men bu yerda bo‗lmayin» deydi. Nima demoqchi u? 
U aytmoqchiki, mening bashariy qiyofam butkul yo‗qolsin, ilohtiy mohiyat kasb 
etayin, butun vujudim Iloh ma‘rifatiga aylansin. Shunda odamlar mening suratimda 
Xudoni ko‗rsinlar. 
Zotu sifot, arshu kursi, lavhu qalam – hammasi Insondadir. Shuning uchun 
Xudo izlab har qayoqlarga borishning hojati yo‗q, jumladan, Makkatullohga 
borishning ham. Chunki har bir inson Xudoni o‗zidan izlasin. Uning qudrati va 
shavkatini o‗zida ko‗rsin. Mazkur aqida «Kimki o‗zini tanisa Rabbini taniydi» 
degan hadis mazmunidan kelib chiqadi. Barcha hikmatlar, hodisot va mo‗jizalar 
inson xilqatida joylashgan. Zero, Olloh taoloning so‗zi bor: «Men yashirin xazina 
edim va sizni sevib qoldim, toki Meni bilib olinglar va jinlar, odamlarni yaratdim, 
toki Meni bilinglar». Inson maxluqotning, olamlarning gultoji, Olohning yerdagi 
xalifasi ekan, demak, unda Olloh sifatlari bo‗lishi mantiqiy hol. Bundan tashqari, 
«yashirin xazina» bo‗lgan Olloh taolo ilmu hikmatning bir qismini inson qalbiga 
joylagan. Ya‘ni inson «yashirin xazina»ni saqlovchi xazinadordir. Shu bois inson 
ko‗ngli «irfon maxzani». Olloh yashiringan tilsimotdir: 
Ko‗ngilin oni maxzani irfon qilib, 
Ul tilism ichra o‗zin pinhon qilib. 
Rozi maxfiy ganj o‗lub bu turfa jism, 
Sun‘idin ul ganj hifziga tilism. (Alisher Navoiy) 
Tasavvuf falsafasiga ko‗ra, inson qarama-qarshi ikki asos-modda va ruhdan 
iborat. Shuning uchun unda shu ikki asosning xususiyatlari jamdir. Agar moddiylik 
g‗alaba qilsa, insonda hayvoniylik va agar ruh tomoni ustun kelsa, ilohiylik 
rivojlanadi. Ruh jism quliga aylanib qolmasligi kerak, aksincha, jism ruh uchun bir 
asbob-ulov, vosita bo‗lib xizmat qilsin. Ruhlari taraqqiy etgan insonlar aqlu 


zakovati, ilhom, ijodkorligi, ilohiy tab‘u farosati bilan ajralib turadilar. Ruh 
taraqqiy etgan sari u jismga sig‗may qoladi, koinot bilan aloqa bog‗lab, olam 
asroridan xabar berib, mo‗jizalar ko‗rsata boshlaydi. Ruh va jismdan iborat insonni 
ilohiy olam bilan jism olami orasidagi chegara deb ataydilar va tongga o‗xshata-
dilar. Chunki tong tun bilan kunning chegarasidir. Tongdan keyin qorong‗ulik 
ketib, quyosh porlab chiqqanday, inson ruhi ham asta-sekin jism qorong‗iligi – 
zulmatini tark etib, musaffo ruh olami, nurlar olamiga talpinmog‗i darkor. 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling