O‗zbek mumtoz adabiyotining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari, asosiy yo‗nalishlari
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
tasavvuf
Foniyvasheki, xam sо„zidir pok, xam о„zi,
Xush davlat ul kishigaki, tushgay aning kо„zi deydilarki, unda tо‗rt malak - Jabroil, Mikoyl, Isrofil va Azroilning xislati, Xizirning payg‗ambarligi, oftobning saxovati mavjud. Uning kо‗xi jomi getinamoday yetti falak, о‗n sakkiz ming olamni aks ettirib, g‗ayb asroridan xabar berib turadi. Komil inson mutlaq iloh bilan insoniyat о‗rtasida vosita bо‗luvchi muqaddas xilqat» deb yozgan. Asarda insoni komillikning sifatlari xam ayni о‗sha payg‗ambarlar sifati va xakimlar ta‘rifi bilan barobar bayon qilinadi. Musulmon sharqida tarix kitoblarining avvali Odam alayxissalom va payg‗ambarlar tarixi, sо‗ngra salotin nasabi xaqida bо‗lganini ―Tarixi Tabariy‖, ―Tarixi Banokatiy‖, ―Tarixi Damaskatiy‖ yoki Navoiydan keyin ―Shajarayi turk‖da kо‗rish mumkin. Shuning uchun ham ―Tarixi anbiyo...‖da. Odam safiullox, Shis a. s., Idris a. s., Nux Baxiullox, Ibroxim xalilullox, Ismoil a. s., Isxoq a. s., Ya‘qub a. s., Yusuf a. s., Xizir a. s., Ayyub a. s., Sabur a. s., Shu‘ayb a. s., Muso a. s., Ilyos a. s., Yunus a. s., Dovud binni Iysho a. s. (Dovud a. s, bobida maloika tilidan ―Qazo ar-rajulu alo nafsixi‖ oyati karimasi keladi, ya‘ni Kishi о‗z nafsi tufayli xalokatga uchraydi), Sulaymon binni Dovud a. s., Zikriyo a. s., Yaxyo a. s., Iso binni Maryam salavotulloxi alayxi kabi payg‗ambarlar tarixi berilgan. Asar pgunday jumlalar bilan yakunlanadi: ―...anbiyo alayxissalom sо‗zi va ubbod va. xukamo tarixi alal ijmol mazkur bо‗ldi‖. Seziladiki, Hazrat Navoiy Muhammad Payg‗ambar (s.a.v.) tarixini xam aloxida kitobat qilishni niyat qilgan bо‗lishlari mumkin. Shuning uchun xam Hazrat Navoiy asarida Odam safiulloxdan boshlangan payg‗ambarlik tarixi Iso alayissalom tarixi bilan yakunlanadi. Zaxiriddin Muhammad Boburshoh (1483-1530) tasavvuf talqinida qator asarlar yaratgan, naqshbandiylik tariqati vakillaridan Xoja Ubaydullox Axror ta‘limotiga yaqin turgan, zamonining ulamosi Axmad Xojagiy Kosoniy Maxdumi A‘zam (vaf. 1542) xazratlariga qо‗l bergan. Xoja Ubaydulloh Axror Valiyning ―Volidiya‖ asarini she‘riy tarjima qilgan, ―Mubayyin‖ ismida diniy-tasavvufiy asar yaratgan. ―Mubayyin‖ islomning besh rukni xaqida bо‗lib, uning boshlang‗ichi «E‘tiqodiyya» deb nomlangan. A.sarda Xaq subhanahuning subutiy sifatlari - xayot, ilm, irodat, qudrat, sam‘ va basar (kо‗rish va eshitish), kamol va taqdiri azalga ishorat qilinadi. Payg‗ambarimizning fazilatlari, saxobalarning gayratlari, oxirat kuni, noma‘i a‘mol, mezon, arosat, mavoqi‘, shafoat, sirot hamda bosh mavzu iymonning sharoiti va natijasi xaqida anglatma beriladi. Markaziy Osiyoda temuriylar davrining tanazzulidan keyin yanGi sulola Muhammad Shayboniy (1451-1510) nomi bilan bog‗liq bо‗lib, uning davlat arbobi bо‗lishidan tashqari «xazrati imomu-z-zamon xalifatu-r-raxmon» (zamona imomi va xalifasi) unvoni bilan qadrlaganlar. Binoiyning «Shayboniynoma», Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkiri axbob» asarlari soxibi devon shoyr bо‗lganidan guvoxlik beradi. «Ingliz olimi A. Bodrogligeti 1982 yilda Shayboniyning «Baxru - l - xido» qasidasini chop ettirish bilan uni «taqvodor, musulmon va din xaqida g‗amxо‗rlik qiluvchi» mutasavvif sifatida kо‗rsatdi» Shayboniyxonning jiyani Qul Ubaydiy (1702-1747) xam taniqli shoir, davlat arbobi bо‗lishi bilan birga tasavvuf adabiyotining namoyandasi sifatida yassaviya - jaxriya tariqatiga kirgan. Yassaviyga ergashib xikmatlar, Navoiyga ergashib g‗azallar yozgan. «Devon»idagi tasavvufiy ruxdagi she‘rlaridan tashqari «G‗ayratnoma», «Shavqnoma», «Kitobu-s-salot» («Namoz kitobi») kabi asarlari ma‘lum. Buxoro xonligida tasavvufning ikki tariqati yassaviylik bilan naqshbandiylik о‗zaro raqobatda taraqqiy etgani AQSH olimi Devin Di Uis tomonidan qayd qilingan. Ushbu olimning talqinicha, qayta qad rostlagan yassaviylik bilan raqobatda naqshbandiylik tariqati XVII asrdan yangilanish (mujaddidiylik) davriga kirgan va mujaddidiylikning nazariy manbalaridan biri sifatida Sо‗fi Ollohyorning «Maslaku-l-muttaqin» («Taqvodorlar maslagi») asari kо‗rsatilgan. Sо‗fi Ollohyor (1644-1721) tasavvuf adabiyotining yirik namoyandasi sifatida «Sabotu-l-ojizin», «Murodu-l-orifin», «Siroju-l-ojizin», «Najotu-l-tolibin» va «Maxzanu-l-mute‘in» («Mute‘lar xazinasi») asarlarini xam yozgan. Uning asarlariga bir necha sharxlar yozilgan. «Maslaku-l-muttaqin»da suluk odobi, murid va murshid munosabatlari yangicha talqinda bayon qilingan. Ushbu asar xaqida risola yozgan S. Sayfulloxning qayd etishicha, Ollohning sakkiz subutiy sifati: «xayot», «ilm», «qudrat», «basar», «sam‘», «iroda», «kalom», «takvin» xamda yana ikki sifati: uning yakka-yagonaligi, yaratuvchi va rizq beruvchiligi xamda barcha aybu nuqsonlardan pok va munazzaxligi tushuntiriladi». Sо‗fi Ollohyor bilan Qobodiyonda uchrashgan Boboraxim Mashrab (1653-1711) tasavvuf adabiyotining yetuk namoyandasi bо‗lish bilan birga «Shoh Mashrab» manqabasining xabariga kо‗ra Sо‗fi Ollohyor bilan munozarada kelisha olmagan. Buni Isxoq Bog‗istoniy "Tazkirai qalandaron" asarida tariqat ayirmaligi bilan izoxlaydi. Demak, naqshbandiylik shayxlaridan hisoblangan Eshon Sо‗fining qarashlari Turkiston qalandarlarining valiysi tomonidan xush qabul qilinmagan. Markaziy Osiyodagi tariqatlar orasida alohida о‗rin egallagan qalandariylik haqidagi ilk ma‘lumotlar Jomiyning «Nafahotu-l-uns» asarida uchraydi. Bu tariqatning nazariy asoslari Abdurahim Buxoriyning «Risolai odobi tariq» asarida, Isxoq Bog‗istoniyning «Tazkirai qalandaron», Majzub Namangoniyning «Tazkiratu-l-avliyo» hamda XIX asrga nisbat berilgan noma‘lum muallifning «Risolai qalandariy» asarlarida aks etgan. Mashrab tо‗g‗risida Maleho Samarqandiyning ―Muzakkir al-asxob‖ tazkirasida ayrim ma‘lumotlar bor. Shoir xaqida mukammalroq tasavvur xosil qiluvchi manba ―Qissai Mashrab‖ («Shox Mashrab», «Devonai Mashrab» nomlari bilan yuritilgan)dir. ―Mabdai nur‖ va ―Kimyo‖ asarlari muallifligi borasida munozara mavjud. 1997 yili ―Mabdai nur‖ Boborahim Mashrabning asari sifatida chop etildi. Bu asar Jaloliddin Rumiyning ―Masnaviyi ma‘naviy‖si (olti daftardan iborat)ning dastlabki uch daftariga sharh sifatida bitilgan. Farg‗ona zaminining yana bir e‘tiborli ulamosi va shoiri Xо‗janazar G‗oyibnazar о‗g‗li Xuvaydo (1704-1780) tasavvuf adabiyotining yirik namoyandasi bо‗lib, bizgacha shoirning yetib kelgan devoni (unga razal, ruboiy, tо‗rtlik, muxammas, musaddas, musamman, mustazod, masnaviy kabi she‘riy janrlarda yaratgan asarlari kiritilgan) va «Rohati dil» dostoni uning ijodida mutasavviflik bosh mavzu ekanini tasdiqlaydi. Ilohiy va majoziy ishq talqinida shoirning Muhabbatdan muhabbat bо‗ldi paydo, Muhabbatsiz odamdan qoch, Huvaydo bayti el orasida mashhur. «Rohati dil» dostoni 30 bobdan va «Ibrohim Adham qissasi»dan iborat. «Rohati dil»da islom va tasavvuf ta‘limotining umuminsoniy g‗oyalari ibratli hikoyatlar vositasida bayon etiladi. Tasavvuf ta‘limoti va tasavvuf adabiyoti о‗lkamizda shо‗rolar tizimiga qadar davom etganini tasdiqlovchi manbalar sifatida Sayqaliy yoki Haziniy ijodini, Muhammad Ali ibn Muhammad Sobirning «Ibratu-l-g‗ofilin» risolasi yoki Azim Xoja Eshon hikmatlarini esga olishning о‗zi kifoya qiladi. Bunday manba va badiiyat obidalari minglab yaratilganini kayd etishdan maqsad ularning mutolaasiga о‗zbek ziyolilarini rag‗bat qilishdan iboratdir. Tasavvuf g‗oyalarining tarqalishi, darveshchilik harakatining rivoj topishiga turli pirlar, atoqli shayxlarning nomi bilan bog‗liq tariqatlarning ahamiyati katta bо‗lgan. Tariqat (yoki suluk – yо‗llar) bir-biridan, avvalo, yuqorida aytganimiz, islomdagi ikki mazhab – shia yoki sunnaga rag‗bati bilan, ikkinchidan, shariatga munosabati bilan, uchinchidan, muayyan tariqat tarqalgan aholining qadimiy tasavvur-odatlari, madaniy darajasi bilan va, nihoyat, tо‗rtinchidan har bir piri murshidning tarbiya usuli, ma‘qul deb hisoblagan ruhiy-ma‘naviy ta‘sir vositalari bilan о‗zaro farqlangan. Masalan, Mesopotamiya va Eron, Hurosonda tafakkuriy- falsafiy yо‗nalish, Turkiya, Afrika mamlakatlari, qisman Hindistonda shariatga zich bog‗langan yо‗nalish, Movarounnahrda ham falsafiy va ham shariat izmidagi yо‗nalishlar birgalikda yoyilgan. Tariqatlarning soni elliktadan ortiq. Chunonchi, tayfuriya, zahabiya, hurufiya, hallojiya, shozaliya, junaydiya, suhravardiya, safariya, qodiriya, ne‘matullohiya, chishtiya, nizomiya, bektoshiya, nurbaxshiya, mavlaviya, malomatiya, qalandariya, ma‘rufiya, firdavsiya, nuriya, qushayriya, xalvatiya, adhamiya, ahmadiya va hokazo. Bulardan tayfuriya (Tayfur Boyazid Bistomiy nomi bilan bog‗liq), hakimiya (Hakim Termiziy nomi bilan bog‗liq), hallojiya (Mansur Hallojga nisbat beriladi), suhravardiya (Yahyo Suhravardiy nomi bilan bog‗langan) oqimlar kо‗proq nazariy tomonlari bilan ma‘lum. Chunki Bistomiy, Hakim Termiziy, Junayd Bag‗dodiy yoki Yahyo Suhravardiy maxsus xonaqo tariqatini tuzib, solik tarbiyasi bilan shug‗ullanmaganlar. Ularning tarafdorlari bor, xolos. Qalandariya, malomatiya kabi oqimlar esa biror shayx nomi bilan bog‗liq bо‗lmagan, alohida yо‗nalishlardir. Markaziy Osiyoda quyidagi tariqatlar qadimdan keng tarqalgan: qodiriya, yassaviya, kubraviya va naqshbandiya (yoki «xojagon»). Qodiriya tariqati eronlik shayx Geloniy (1077–1166) nomi bilan asoslangan. U asosan Bag‗dodda yashab karomatlar kо‗rsatish, ilmu riyozat bilan mashhur. Sunniy mazhabidadir. Abulqodir Geloniy Junayd Bag‗dodiyning «sahv» (hushyorlik) konsepsiyasini rivojlantirgan, u muridlari orasida «Buyuk madadkor» (G‗avsul a‘zam) nomi bilan mashhur bо‗lgan. Uning tariqati hozirgi Arabiston mamlakatlari, Turkiya va О‗zbekistonda tarqalgan. Abdulqodir Geloniy Movarounnahrda bо‗lgan emas, ammo shunga qaramay uning tariqatining Farg‗ona vodiysi, Samarqand, Qashqadaryo tomonlarda ixlosmandlari va izdoshlari bor. Yassaviya ulug‗ shayx va shoir Xoja Ahmad Yassaviy (vafoti 1166 yil) asoslagan tariqat. Shuni aytish kerakki, yassaviya bilan naqshbandiyaning ildizi Xoja YA‘qub Yusuf Hamadoniyga (1048–1140) borib taqaladi. Ahmad Yassaviy ilk ustozi Arslonbobdan xirqa kiyib, tasavvuf yо‗liga kirgach, Buxoroga borib Hamadoniydan tariqat ta‘limini oladi. Abduxoliq G‗ijduvoniy bilan birga Hamadoniyning eng ishongan xalifasiga aylanadi. Hamadoniy vafot etgach, uning о‗rniga uchinchi bо‗lib shayxlik maqomiga kо‗tari-ladi, ammo kо‗p о‗tmay Buxorodagi ishlarini birodari Abduxoliq G‗ijduvoniyga topshirib, о‗z vatani Turkistonga qaytadi va bu yyerda yangi tariqatni ta‘sis etadi. Uning kо‗p sonli muridlari turkiy xalqlar orasida yurib, tasavvuf g‗oyalarini yoyganlar. Yassaviy ovoz chiqarib zikr aytish («zikri jahriya») va karomatlar kо‗rsatib murid tarbiyalash, hilvatda suhbat qilishni yо‗lga qо‗ygan. Uning о‗zidan keyingi silsilasini quyidagi shayxlar davom ettirganlar: Sо‗fi Muhammad Donishmand, Suylamon Boqirg‗oniy, Mansur bin Arslon bobo, Luqmon Paranda, Abdumalik Tojxoja, Ishoq bobo, Zangi ota bin Abdumalik, Said Xorazmiy, Xalil ota, Xoja Bektosh Valiy, Uzun Hasan, Sadr Xoja, Badr Xoja, Ahmad Sayyid, Kamol Iqoniy, Hazrati Bashir va boshqalardir. Yassaviya tariqati hozirgi Markaziy Osiyo, Turkiya va Rossiya xududlarida tarqalgan. Kubraviyaning asoschisi xorazmlik ulug‗ shayx Najmiddin Kubro (1145– 1221)dir. U kishining ismi Ahmad, otasining ismi Umar bо‗lib, Najmiddin, Kubro, Valitarosh, Abuljannob sо‗zlari u kishini sharaflovchi kunya va laqablardir. U kishi Misr, Eron Iroq, Shom mamlakatlarini kezib, turli ilmlarni egallaganlar. Shayx Rо‗zbehon Vazzon, Bobo Faraj, Shayx Yosir Ammor, Shayx Ismoil al Kasriylardan sо‗fiylik sirini egallab, Xorazmga qaytib, xonaqo qurganlar. Juda kо‗p muridlari bо‗lgan. U kishining nazari tushgan odam albatta ilohiy fayzu barakot topar ekan. Ulug‗ shayx shogirdlariga ilohiy haqiqatlar sirini ochish, poklik va ruhiy-ma‘naviy yuksalishni ta‘lim bergan. Najmiddin Kubro bir necha kitoblar ta‘lif etgan, ularda inson va koinot, inson ruhiyati tadqiq etiladi. О‗ziga xos tariqat yо‗li («usuli ash‘ora» – о‗nta usul) bayon etiladi. KUBROVIYA TARIQATI. Najmiddin Kubro - tasavvufning mashhur shayxlaridan biri, kubraviya tariqatining asoschisi. Uning hayoti, karomatlari, saxovatu qahramonliklari haqida el orasida kо‗plab afsona va rivoyatlar mavjud. Xalqimiz о‗zining bu aziz va tabarruk farzandini e‘zozlab, asrlar davomida nomini xotirasida saqlab kelmoqda. Tasavvufga oid manbalarda ham Najmiddin Kubroning ishlari, martaba va mо‗jizalari haqida sо‗z boradi. Ma‘xazlarning mualliflari, odatdagiday, shayxning tarjimai holini kisqacha ma‘lumotlar berish bilan kifoyalangan holda, kо‗proq ul zotning kо‗rsatgan karomatlarini bayon etish, ustozlari kimligini aytish va tariqatdagi nisbat-silsilasini aniqlashga e‘tibor berganlar. Chunonchi, Doroshukuhnipg ―Safinatul avliyo‖, Rizoqulixon Hidoyatning «Riyozul orifin», Mavlavi G‗ulom Sarvar Sohib Lohuriyning «Xazinatul asfiyo», Hoji Xalifaning «Tuhfatul fuqaro», Abdurahmon Jomiyning «Nafahotul uns», Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkiratush shuaro», Hamdulloh Qazviniyning «Tarixi guzida», Sulton Husayn bin Sulton Mansur bin Boyqaroning «Majolisul ushshok», Mavlono Minhojiddinning «Tabaqoti Nosiriy» nomli kitoblarida Najmiddin Kubroning hayoti, sо‗fiylik tariqati va faoliyatiga oid ma‘lumotlar kelyirilgan. Atoqli sharqshunos olim YE.E. Bertels xorazmlik ulug‗ shayxning tarjimai holini о‗rganish sari birinchi qadamni qо‗yib, ma‘xazlardan Najmiddin Kubro ruboiylarini yig‗ib e‘lon qilgan va shayx haqidagi bir qadimgi о‗zbekcha qissani mazmunan qisqacha bayon qilib bergan edi (YE.E.Bertels. Sufizm i sufiyskaya literatura. 1965, 324-334 betlar). Najmiddin Kubro 1145 yilda Xeva shahrida dunyoga keladi. Uning asl nomi Ahmad bin Umar bin Muhammad al-Xevaqiy al-Xorazmiy bо‗lib, «Najmiddin», «Kubro», «Abuljannob», «Valiytarosh» sо‗zlari bu zoti mukarramning laqab, unvon va kunyatidir. Qayd etish joizki, bizning ota-bobolarimiz ulug‗ insonlarni martaba va darajasiga munosib ravishda ulug‗ nomlar bilan sharaflab tilga olishni odat qilgan edilar. Ahmad bin Umarning о‗z ismini qо‗yib, laqab va unvonlar bilan: el og‗zida mashhur bо‗lishiga sabab shudir. Abdurahmon Jomiyning «Nafahotul uns» asarida qayd etilishicha, Ahmad yoshligidan ilm-donishga qiziqqan, qobiliyatli kishi bо‗lgan ekan. U islom asoslari, shariat ilmlarini juda tez о‗zlashtirib olib, Xorazmning manman degan ulamolaridan о‗zib ketadi va ilmiy bahslarda barchadan g‗olib chiqadi. Shu bois unga «Tammatul kubaro», ya‘ni ulamolarning yetugi, ulug‗vori va ilm balosi degan laqabni oladi. Buning yoniga «Najmiddin» - «diniing yulduzi» degan martaba-unvon qо‗shilib, Ahmad bin Umar shundan keyin Najmiddin Kubro nomi bilan mashhur bо‗lib ketadi. «Abuljannob» sо‗zi esa Najmiddin Kubroning kuniyatidir, mazkur sо‗zning ma‘nosi dunyodan yaarhea qilgan taqvodornivg otasi demakdir, boshqacha qilib aytgaida, shayxning taqvo va tavba posboni ekanligiga ishoradir. Jomiy hazratlari yozadilarki, Najmiddiya Kubro Iskandariya shahrida muhaddis ulamolardan hadis ilmini о‗rganib qaytayotganida, yо‗lda bir kecha hazrati Payg‗ambarimizni tushida kо‗radi va ul zotga murojaat qilib, «menga kuniyat bag‗ishlang» deydi. Hazrati Payg‗ambar Najmiddinga: «Sening kuniyating Abuljannob - dunyodan ijtinob, parhez etuvchi bо‗ladi», deb marhamat qiladilar-Aytishlaricha, Najmiddin shu bashoratdan keyin tasavvufga yuz о‗girib, о‗ziga munosib piri murshid qidirishga kirishadi. «Valiytarosh» laqabiga kelsak, bu sо‗ziing ma‘nosi valilarni tarbiyalovchi demakdir. Zero Najmiddin Kubroning nafaslari, nazarlari shunchalik zо‗r bо‗lganki, qalblarida ilhom-vajd jо‗sh urgan paytda kimga nazarlari tushsa, u valiylik martabasini topar ekan. Najmiddin Kubro taxminan о‗n olti-о‗n yetti yasharligida vatani-Xorazmni tark etib, tahsilni chuqurlashtirish maqsadida Zron, Misr, Shomu Iroq mamlakatlarini kezadi. Uni ilmga chanqoq qalbi hech tinch qо‗ymas, qayyerdaki biror nomdor olimning ovozasini eshitsa, darhol yо‗lga tushar, goh piyoda, goh ot- ulov yoki tuyada haftalab, ba‘zan oylab yо‗l bosar, qidirgan kishisini topib, uidan sidqidildan sabok olardi. Va agar kо‗ngli tо‗lmasa, ijozat olib, yana yо‗lga tushardi. Shayxniig shogirdi Rukniddin Alouddavlaning xotirlashicha, Najmiddin Kubro Hamadon shahrida katta bir alloma huzurida hadis ilmiii о‗rgaiayotgan chog‗ida Iskandariya shahrida «oliy sanadlar bilan xadis biladigan» boshqa bir muhaddis borligini eshitib, Hamadondagi ustozdan ruxsat olib, zudlik bilan Iskandariyaga qarab jо‗naydi va bir oy u yyerda ilmini puxtalab, ustoz allomadan ―ijoza‖ xati olib orqasiga qaytadi. Shu tarika Najmiddin Kubro Bag‗dod, Tabriz, Nishopur, Tus, Dizful shaharlaridagi atoqli olimlardan shariat ilmlari, hadis va tafsirni chuqur о‗zlashtiryb, donishmand inson bо‗lib yetishadi. Lekin Najmiddin zgallagan ilmlar bо‗lgusi ulug‗ shayxga hali yetarli emas edi. Najmiddin Kubro qalbida ruhiy- ma‘naviy kamolatga, g‗ayb asrori, karomat va kashfu hol ilmi hisoblanmish tasavvuf ta‘limotiga ishtiyoq zо‗r edi. Shu bois u shariat ilmlarini о‗rganish barobarida tariqatdan ham xabardor bо‗lishga intilib. kator shayxlar, darveshlar suhbatida bо‗ladi, xonaqolarda xilvat о‗tirib, riyozat bilai mashg‗ul bо‗ladi. Manbalarning guvohlik berishicha, Najmiddin Kubro ilk daf‘a Misrga borib, Shayx Rо‗zbehon al-Vazzon Misriy (1189 yilda vafot ztgan) ga murid tushadi. Bir necha yil Shayx Rо‗zbehon rahbarligida tariqat odobini о‗rganadi, shayxiing qiziga uylanadi. Shayx Rо‗zbehon Najmiddinni farzandiday yaxshi kutib, g‗amxо‗rlik qilgan. Ammo betoqat Najmiddin yana. safarga chiqadi va Tabrizga qaytib kelib, Abumansur Hafdah oldida «Sharh as-sunna» kitobi bо‗iicha hadis о‗rganishni davom ettiradi. Najmiddin Kubroning xayotidagi burilish shu yyerda boshlanadi. Chunki u Tabrizda Bobo Faraj ismli bir «majzub» («devona») darvesh bilan uchrashib qoladi. Bobo Farajning karomatlari ta‘sirida ulamolar bilan suhbatni butunlay tark etib, astoydil sulukka beriladi, botiniy olamni ravshanlashtirish uchun piri murshid qidirishga tushadi. Ammo, Abdurahmon Jomiyniig maxsus ta‘kidiga binoan, Najmiddin Kubro «donishmand kishi bо‗lgailigi va ―hech kimga bо‗yin egmagailigi‖ sababli munosib piri murshid topishga qiynalardi. Bovujud u Hamadonda Shayx Ammor Yosir (1187 yilda vafot etgan) huzuriga borib, uning xizmatida bо‗ladi. Ammor Yosir uni Shayx Ismoil Qasriyga tavsiya etadi. Ismoil Qasriy (1183 yilda vafot etgan) Najmiddindagi takabburlik, zohiriy ilmlarga bino qо‗yish maylini sindirib, ma‘naviy-ma‘rifiy kamolot bosqichlariga kо‗tarilishga yordam beradi. Najmiddinda botiniy ajoyibot paydo bо‗lib, valiylik alomati kо‗ringach, Shayx Ismoil unga irodat xirqasi (yoki «xizrqai asl») kiydirib, Xorazmga qaytib borib, u yyerda tariqatni joriy etishni tavsiya qiladi. Najmiddin Shayx Ismoil kо‗lidan «irodat xirqasi»ni olgach, Misrga boradi. Shayx Rо‗zbehon uni yana bir marta imtihon qilib, tasavvuf ilmi va tariqat odobini nozik jihatlarigacha о‗zlashtirganiga qanoat hosil qilgach, endi yurtingga borib, bu ta‘limotni yoyishing mumkin deb yozma hujjat- «ijozat» xati (diplom) beradi. Najmiddin pirining maslahatiga kо‗nib, oilasini olib Xorazmga keladi. «Nafahotul uns» asarida esa, bu ma‘lumotlarning tartibi bir oz boshqacha: Najmiddin avval Dizfulda Shayx Ismoil xizmatida bо‗ladi, shayx uni Ammor Yosirga tavsiya etadi, Ammor Yosir ham uning tarbiyasida mushkullik kо‗rib, Shayx Rо‗zbehon oldiga jо‗natadi va Rо‗zbehon Najmiddinni tarbiyalab, qaytarib Ammor Yosir oldiga yuboradi (―Har qancha mis yuborsang, oltin qilib jо‗nataman‖). Ammor shundan keyin Najmiddinning kamolotida yetuklik kо‗rib, Xorazmga yо‗llanma beradi. Najmiddin Kubro Xorazmga 1185 yilda kaytib keladi. Demak, bu vaqtda u qirq yashar bо‗lib, yigarma besh yildan ortiq umrini ilm tahsiliga bag‗ishlagan edi. Yetuklik, komillik yо‗li mana shunday og‗ir va mashaqqatlidir. U Xorazmga kaytgach, katta xonaqoh qurdirib, tariqatda yangi bir maktab - yо‗nalish hisoblanmish kubraviya silsilasini asosladi. Najmiddin tariqat odobi va nisbatda Shayx Ismoil silsilasiga mansub ekanligi yuqorida ta‘kidlab о‗tildi. Shayx Ismoilning ―Xirqa nisbati ‖ quyidagicha: Shayx Ismoil xirqani Muhammad bin Molikuliydan (Holikuliydan?) olgan, u - Dovud Xodimul fuqarodan, u - Abulabbos Idrisdan, u - Abulqosim bin Ramazondan, u - Abuya‘qub Tabariydan, u - Abuabdulloh bin Usmondan, u - Abuya‘qub Nahrjuriydan, u - Abuya‘qub Susiydan, u - Abdulvohid bin Zohiddan, u - Komil bin Ziyodan, u - Ali bin Abutolibdan, u - Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallamdan xirqa olganlar... Najmiddin Kubroning Shayx Ismoil Qasriy bilan uchrashuvi quyndagicha yuz bergan: Najmiddin pir izlab shaharma-shahar kezib yurib, Dizful shahriga keladi. U yyerda betob bо‗lib qoladi. Ammo ahvolidan xabar oladigan odam yо‗q edi. Qо‗nib hordiq oladigan manzil ham topolmasdan qiynaladi. Bir odamdan, «bu shaharda g‗arib va betob kishiga rahm qilib joy beradigan biror musulmon bormikan», deb sо‗raydi. U odam: «Shu yaqinda bir xonaqo bor, shayxi ham yaxshi odam. О‗sha yerga borsang, xizmatingni qiladilar», deb javob beradi. «Shayxning otini bilmaysanmi», deb sо‗raydi Najmiddin. «Shayxshshg oti Ismoil Qasriy», deb aytadi haligi yо‗lovchi. Najmiddin Kubro xonaqohga borganda, unga darveshlar supasi rо‗parasidagi supadan joy beradilar. Uning kasali anchaga chо‗ziladi. Xonaqohda har kecha raqsu samo‘ majlislari uyushtirilardi. Najmiddinnint samo‘ga xushi yо‗k edi, shuning uchun bu shovqin-suronli raqslar, kichqiriqlar va raqs harakatlari unga yoqmasdi. Biroq bir kecha navbatdagi samo‘ avjida Shayx Ismoil xushhol bir suratda Najmiddinning oldiga kelib, qо‗lidan ushlab о‗rnidan turg‗izadi va majlis о‗rtasiga olib borib, raqs ohangida aylantiradi, keyin olib borib devorga suyab qо‗yadi. Najmiddin avvalgi bexollikdan yiqilib ketguday bо‗ladi, ammo birdan о‗ziga kelib, xuddi hech bir dard kо‗rmaganday о‗ziii tetik va salomat his etadi. Shayxga nisbatan muhabbati ortib, uning irodatini qabul qiladi. Ertasi kun Shayx Ismoil xizmatiga borib, uning irodat qо‗lini oladi. Bir iyecha oy Shayx Ismoil rahbarligida xilvat о‗tirib, zikru samo‘ majlislariga qatnashib yuradi. Bir kecha: «Najmiddin, botin ilmidan xabar topding, zohiriy ilming shayxnikidan ziyoddir», degan fikr kо‗nglidan kechadi. Bomdod mahali Shayx Ismoil Najmiddinni chaqirib: «Tur, safarga otlan, sen Shayx Ammor Yosir oddiga borishing kerak!» — deydi. Najmiddin Kubroning muridlari kо‗p bо‗lgan. Eron, О‗rta Osiyo, Arabiston, Kavkaz, Shomu Iroqning turli joylardan kelib, ulug‗ Shayx ma‘rifatidan bahramand bо‗lganlar, suhbatlariga ishtirok etganlar. Deydilarkim, mо‗g‗ullar istilosi arafasida Shayxning muridlari tо‗rt yuzdan ortiq edi. Ammo ular orasida nomlari tarixda qolgan, о‗zlari ham katta shayx darajasiga kо‗tarilgan bir necha kishilar bor. Bular: Shayx Majdiddin Bag‗dodiy, shayx Sa‘diddin Hamaviy, shayx Sayfiddin Boxarziy, shayx Aynuzzamon Jamoliddin Geyli, shayx Bobo Kamol Jandiy, shayx Najmiddin Roziy Doya, shayx Roziddii Ali Lolo, Shayx Jamoliddin Ahmad Jurfoniy va boshqalar. Bundan tashqari, shayx Nuriddin Abdurahmon Isfaroiniy, Abulmakorim Rukniddin Alouddavla, Ahmad bin Muhammad Biyoboniy ham bevosita bо‗lmasa-da, biroq nisba bо‗yicha Najmiddin Kubro muridlaridirlar. Nomlari tilga olingan shayxlarning har biri tasavvuf tarixida о‗z mavqeiga ega, kо‗plari yangi raviya va silsilani asoslaganlar. Lekin ularning hammasi kubraviya tariqatining davomchilari hisoblanadilar. Kubraviya (tariqati faqat Movarounnahr shaharlariga emas, balki Eron, Misr, Iroq va Afg‗onistonga ham kirib borgan. Ayniqsa, Hindistonda kubraviya tarafdorlari kо‗pdir. Kubraviyadan firdavsiya, nuriya, rukniya, hamadoniya, ig‗tishoshiya, nurbaxshiya kabi toifalar о‗sib chiqqan. Firdavsiya toifasini Hindistonda Badriddin Firdavsiy asoslagan, nuriya toifasi Bagdodda Nuriddin Abdurahmon tarafidan, rukniya toifasi Rukniddin Alouddavla tomonidan, hamadoniya Kashmirda Shihobiddin Muhammad Hamadoniy tomonidan, ig‗tishoshiya Xurosonda Ishoq Xuttaloniy tarafidan, nurbaxshiya Xurosonda Muhammad bin Abdulloh Nurbaxsh tarafidan asoslangan. Shunday qilib, xorazmlik buyuk shayxning tariqati butun Sharqka tarqaldi, uning iste‘dodli muridlari donishmandlik, islomiy hikmat va insoniy poklik, ilohiy ma‘rifat g‗oyalarini turli millat va elatlar orasiga yoydilar, islomning shuhratiga shuhrat qо‗shdilar. Najmiddin Kubro aksar sо‗fiy shayxlar kabi ruboiy yozish bilan shug‗ullangan. Uning ruboiylari shayxning qarashlarn, ichki dunyosi, botiniy kechinmalarini bilib olishimizga yordam beradi. Har holda, badiiy ijod kishining qalbi va ruhini yor-qinroq aks ettiradi. Shayx ruboiylari ichida nafsni mazammat etuvchilari, ilohiy ma‘rifat asrorining kashfidan xursandchilikni ifodalovchilari, darvesh kechinmalarini, sо‗fyyona dard-hayajonlarini beruvchi va umuman komil insonning qarashlarini aks ettiruvchilari bor. Shayx Najmiddin Kubro sо‗fiy kamoloti, tasavvuf talablarini mana shunday satrlarda ifodalab bergan. Tariqatda talab, sadoqat, oshiqlikniig zarurligi ta‘kidlanadi. Oshiq odam dardli bо‗ladi. Eng buyuk dard esa, Xudoga erishish, Haqni tanish dardidir. Bu dard kishini azoblarga soladi va ayni vaqtda mard qiladi: Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling