O‘zbek ruhiyati me’mori
Sayyora Raimova TerDU ABDULLA ORIPOVNING DINIY-MA’RIFIY ShE’RIYaTI
Download 450.1 Kb.
|
abdulla oripov konferens 4
Sayyora RaimovaTerDU ABDULLA ORIPOVNING DINIY-MA’RIFIY ShE’RIYaTIXUSUSIDA Diniy-ma’rifiy mavzudagi she’rlarning o‘rganilishi masalasiga mustaqillikning dastlabki yillaridayoq o‘zbek adabiyotshunoslari tomonidan e’tibor qaratildi. H.Karomatov8, No‘mon Rahimjonov9, 8 Karomatov H. Qur’on va o‘zbek adabiyoti. –T.: “Fan”, 1993. T.Shermurodov10kabi ko‘plab adabiyotshunoslarning maxsus tadqiqotlari va maqolalari fikrimizni dalillaydi. Diniy-ma’rifiy mavzudagi she’rlarning badiiy talqini, xususan, A.Oripovning ushbu yo‘nalishdagi ijodi masalasida T.Shermurodovning qarashlari e’tiborlidir. Adabiyotshunos olim istiqlol ijtimoiy hayotda xalqqa e’tiqod erkinligini berganligini, ming yillar davomida she’riyat, adabiyot uchun bosh mavzu bo‘lib kelgan Qur’oni karim va hadisi shariflarning chop etilishi adabiyotning qadimiy o‘zanlariga qaytganligidan darak ekanligini e’tirof etib: Yangi hayotdagi hayotbaxsh nasim she’riyatning bog‘larida ham esa boshladi.Bevosita chin e’tiqodga daxldor she’riyat paydo bo‘ldi [Shermurodov T. 2009; 18-bet], deydi. Bundan tashqari olim o‘z qarashlarini ifodalar ekan, ushbu mavzuga birinchilardan bo‘lib qo‘l urgan A.Oripov nomini tilga olib, shoirning uslubiga tegishli bitta betakror fazilat bor. U turmushdagi oddiy-odatiy voqeani, hol-holatni, manzara-kechinmani el qatori kuzatar ekan, nogahon ilhomi ulardan hech kutilmagan, o‘zgalar hech ta’kidlamagan hikmat topadi[Shermurodov T. 2009; 28-bet], deydi-da, shoirning ibodat she’riyatidagi uslubiy o‘ziga xosliklar, original namunalarning borligini ta’kidlayd va ―Hojilar, ―Shayton, ―Ka’batulloh, ―Payg‘ambar, ―Farzand, ―Ibrat kabi she’rlariga to‘xtalib, o‘z navbatida o‘tkir nigoh tanqidchi she’rlardagi ayrim nuqsonlarni ko‘rsatib o‘tadi. ―Ka’batullohdagi she’rning har bandida takrorlanuvchi ―Keldim, madad bergil,yo Ka’batulloh satridagi mantiqning shikastaligini tanqid qiladi va ―Farzand she’ridagi ―Ka’baga sig‘inar ekan keksa chol... misrasida ―Ka’bada qabilida tuzatilsa, mazmun o‘nglanadi va charaqlaydi [Shermurodov T. 2009; 30-bet], deydi. Shu o‘rinda aytish joizki, shoirning ―Arofat she’rining imlosida ham g‘alizlik mavjud, islom olamida Arafot shakli keng tarqalib, qoidalashtirilgan. No‘mon Rahimjonov ―Mustaqillik davri o‘zbek she’riyati monografiyasida ―Qalb ko‘zini ochgil Egam (―Haj daftarida diniy- axloqiy g‘oyalarning badiiy talqinlari) maqolasida so‘nggi vaqtlarda adabiyotimizda diniy-axloqiy g‘oyalar chuqur ildiz otayotganini, shu bilan birga badiiy adabiyotda ham muqaddas Qur’oni karimga va muborak hadislarga murojaat etish alohida tamoyilga aylanganini va ushbu yo‘nalishda Abdulla Oripovning ―Haj daftari turkumini a’lohida e’tirof etadi. Ushbu ijodkor ijodining mazmun -mohiyatida haqiqiy insoniy fazilatlar shakllanishiga ko‘mak beruvchi ruhning mavjudligi qalb pokligi, ko‘ngil 9 Rahimjonov N. Mustaqillik davri o‘zbek she’riyati. –T.: “Fan”, 2007. 10 Shermurodov T Jozib izhor izlab . –T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009. munavvarligi, komil inson tushunchalari asosiy g‘oya sifatida o‘z tajassumini ko‘rsatganligiga to‘xtaladi. XX asr she’riyatimiz haqida fikr bildirar ekan, salkam bir asrlik she’riyatimiz badiiy tafakkurning alohida bosqichiga aylangan bo‘lsa-da, bunday mafkuralashgan asarlarga ―ilohiy ishonch -e’tiqod yetishmas edi[Rahimjonov N. 2007; 85-bet]. Asarlarning o‘z qadr –qimmatini yo‘qotishiga asosiy sabab – ―ular Xudoni unutgan edi [Rahimjonov N. 2007; 85-bet], degan izohlarni keltiradi. Ming yillik she’riyatimizning azaliy o‘zanlariga qaytganini va zamonaviy o‘zbek she’riyatiga ilohiy ruh kirib kelganini sharaf bilan ta’kidlaydi: Endilikda, iymon butunligi va e’tiqod salomatligi badiiy tafakkurning ustivor yo‘nalishiga aylandi. Yorug‘lik bilan qorong‘ilikning boqiyligiga ishonch, yagona Allohga bo‘lgan e’tiqod, uning O‘zigagina ibodat qilish, yolg‘iz Ollohdan imdod so‘rash, iymon keltirish, she’riyatimizdagi diniy axloqning vijdoniga aylanib bormoqda[Rahimjonov N. 2007; 85-bet]. Adabiyotshunos olim uhroviy mazmundagi she’riyatimiz borasida ―... komil inson shaxsini shakllantirishi masalasi bugungi she’riyatimizdagi diniy mavzularda yaratilayotgan asarlarning ham mehvarini tashkil etayotir.A.Oripov lirik qahramonining haj safari – bu Haqqa yetishish yo‘lidagi muttasil izlanish orqali boqiy hayot saodatiga erishish demakdir. Shaxsning o‘z ―menini anglab yetishi tiriklikning bebaho qadriyati sifatida baholanadi [Rahimjonov N. 2007; 84-bet], deya o‘z xulosalarini beradi. Darhaqiqat, shoir she’rlaridagi asosiy g‘oya – har bir mo‘minlikka da’vo qiluvchi insonning Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ning komil insonlik ibratini qalbga tuyishi, ko‘ngil ka’basining sofligiga erishishi, ezgu maqsadlar yo‘lida harakat qilishi, iymon-e’tiqodi butun insonlar ibratidan andoza olishi kerakligi bilan izohlanadi. Shoir o‘z she’rlariga singdirilgan irfoniy g‘oyalar orqali o‘quvchini ezgulik sari boshlar ekan, hadisi shariflar mazmuni tematik kompozitsiyada o‘z ifodasini topadi, natijada lirik kechinma ob’ekti nuqtai nazaridan tavsifiy lirikaning go‘zal namunalarini yaratadi. U garchand mumtoz arbainnavislardek hadisi sharifning asliyatini bermasa-da, bunday lirik syujetni tushunish o‘quvchidan maxsus tayyorgarlik talab etmaydi. Aksincha, quyma satrlardagi mazmun va ohang uning qalbiga, ongu shuuriga muhrlanadi va muallifning bu usuldan foydalanishi uning donishmandona islomiy- falsafiy qarashlarini aks ettiruvchi o‘ziga xos uslubga ega ekanligidan darak beradi. Shoir o‘z she’rlarida Qur’oni karim oyatlarini iqtibos sifatida olgan bo‘lsa, hadislar mazmunini esa aqd sifatida qo‘llaydi. Qum fa anzir! – Tur va ogoh et, Oldindadir hali mashaqqat. Qum fa anzir! – Tur va ogoh et, O‘tda yongay mushriklar albat. [Oripov A,2001; 198-bet] Shoir A.Oripov ―Haj daftari turkumiga kiruvchi ushbu ―Qum fa anzir! she’rida ―Qur’oni karimning Makkada nozil bo‘lgan 56 oyatdan iborat ―Muddassir surasining 2-oyatidan iqtibos sifatida foydalanadi. Ma’lumki, ―Muddassir surasi Ey burkanib yotgan! Qum fa anzir!- Tur va ogohlantir! Va Robbingni ulug‘la! Va kiyimingni pokla! [Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.2017;575-bet] kabi 56 oyati karimadan iboratdir. Shoirning badiiy inkishofdagi mahorati shundaki, poetik g‘oya ifodasida ―Qum fa anzir! – Tur va ogohlantir! oyati lirik ―mentabiatini ifodalashdagi, ya’ni saodat asrida aytilgan bu fikrlar dinimiz tarixidan xabar beruvchi ifoda yo‘sini bo‘lsa, shoir nazdida ―Oldindadir hali mashaqqat, O‘tda yongay mushriklar albat xitobi ramziy ma’noda milliy o‘zlikni anglashga chaqiriqning aks-sadosi emasmikin? Mushriklar qo‘lida o‘zligidan ayrilgan xalqning kurashni zimmasiga olishini istagan shoir Robbisini ulug‘lagan xalqni adolat, erkka chorlaydi. She’rning so‘nggi misralarida ―Muddassir surasining 3-oyati ―Va Robbingni ulug‘la oyati karimasi she’r vazniga uyg‘unlashtirilib, ―Ulug‘lagin Rabbingni doim shaklida keltiriladi va ushbu aqd orqali lirik ―menning tabiati, uning maqsadi yorqinroq izohlanadi. Xulosa sifatida shuni e’tirof etish lozimki, A. Oripov mustaqillik davri o‘zbek she’riyatining muazzam olamiga irfoniy ruh bilan sug‘orilgan mumtoz adabiyot g‘oyalarini yangicha talqinda olib kirdi. Alohida yo‘nalish sifatida palak yozgan uhroviy she’riyatda Haq vasliga yetish yo‘llarini targ‘ib etuvchi, islom ma’rifatini o‘zida mujassam etgan, iymoni butun lirik qaxramon vujudga keldi. Xullas, she’riyatimizga ilohiy ruh kirib keldi. Badiiy ongimiz olamlar ijodkorini bilish, tanish va tanitish sari yuz burdi [Rahimjonov N. 2007; 84-bet]. Download 450.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling