O‘zbek ruhiyati me’mori


FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR


Download 450.1 Kb.
bet24/34
Sana23.02.2023
Hajmi450.1 Kb.
#1224482
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
Bog'liq
abdulla oripov konferens 4

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR:


    1. Oripov A. Tanlangan asarlar. 2-jild. – T.: ―G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at, 2001.

    2. Rahimjonov N. Mustaqillik davri o‘zbek she’riyati. –T.: ―Fan,

2007.

    1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Qur’oni karim. –T.:

―Hilol nashr, 2017.

    1. . Shermurodov T Jozib izhor izlab . –T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009.

Sig‘batulloh JAVHARIY Magistrant,. TerDU




BIR MAVZUNING IKKI TALQINI

O‘zbekiston va unga qo‘shni Afg‘oniston o‘lkasida shunday shoirlar borki, ularning qarashlarida, tashbehlarida, tuyg‘ularida o‘zgachalik bo‘lsada mavzu ko‘lami biri ikkinchisini takror etadi. Xususan Abdulla Oripov va Abdurashid Javhariy she’riyatidagi mushtarak mavzu hamda g‘oyaning uyg‘unligi e’tiborni tortaveradi-tortaveradi. Abdulla Oripov she’rlarida falsafiy teranlik jo‘shqin lirizm bo‘y ko‘rsatsa, Abdurashid Javhariy lirikasida insoniy samimiyat aks etadi. Bu ikki shoirning ijodi, ayniqsa, vatan mavzusi bilan uyg‘unlashib ketgandek.


Abdulla Oripov asarlari o‘zbek milliy she’riyatining mumtoz namunalari bo‘lib, yuksak badiiyligi, mantiqan kuchliligi, jo‘shqinligi, yoqimliligi va lirik tuyg‘ularga boyligi bilan ajralib turadi. Shoirning
―O‘zbekman she’ri mavzusi millat haqida, millatning erki haqida.
O‘zbekman, qanchalik jafo chekmayin, O‘zimga haq bo‘ldim, o‘zimga haqman. Yashadim yovlarga bo‘yin egmayin,
Bu kun o‘z erkiga yerishgan xalqman. (O‘zbekman, 2000)
Shoir ushbu she’rda millatning kechasi, ertasi, buguni haqida intim tuyg‘ularini oqqa tushiradi. Darg‘aqiqat, Vatanni sevish, unga fidoyi bo‘lish uchun o‘lish shart emas. Balki shu yo‘lda, kerak bo‘lsa, o‘limni bo‘yinga olish, millat va ona tuproq sha’ni uchun bilvosita har qanday xatar yuziga tik boqishni anglash zarur. Vatan millat idroki bilan mavjud. Yanayam soddaroq aytsak, millat Vatanning ustunidir. Shu tuproq ustida yashagani uchun emas, uni sharaflagani, shuhratga burkagani va nihoyat, shu zaminni Vatan bilgani uchun ham unga uyg‘undir.
Bu borada Afg‘on shoiri Abdulrashid Javhariy ijodiga e’tibor qaratsak, uning biografiyasi g‘am shuni taqozo etadi. U bolaligidan jamiyat bilan yashashni o‘ziga juda katta quvonch va eftixor deb bilgan. Jamiyat orasidagi uchraydigan har xil muammolarni hal qilish bo‘yicha tajribalar orttirgan. Birlashib va ittifoq bo‘lib yashashni islom ulusiga xos muhim va kerakli masalalardan biri sifatida deb biladi. Bu masala Javhariyning o‘z maqsadiga erishish uchun yaxshi yo‘l edi. Shunday bo‘lsada Javhariy ijtimoiy mafkura bilan birga siyosiy mafkurani ham o‘rganib boradi va bu sohada ham el orsida yaxshi natijalarga erishadi.
Javhariy o‘z asarlarida millatsevar shoir va yozuvchi bo‘lib millatining alam va iztiroblarini, ularga nisbatan hukumat tomonidan
bo‘layotgan adolatsizliklariini, ularning zulm hamda zo‘ravonliklarini kuylaydi. Quyidagi misralar orqali Javhariyning ijtimoiy-siyosiy masaladagi mafkurasi aks etgan:
G‘urbatu faqiru falokat qildi millatni halok Aylamas sharmu hayo avval fosiqu badkorlar Ketdi dinu ham diyonat xalq ichidan vodarig‘
Bo‘ldi bedinlik rivoj qolmadi dindorlar! - deya yozg‘uradi shoir. she’rdagi fikr olmaning qurti o‘zidan chiqadi, degan maqolning hayotiy ifodasidir.
Aslida, mustamlaka elning tarixini istilochilar yozadi. Biz ana shunday achchiq kunlarni ko‘rgan, azobini totgan millatmiz. Biroq ko‘ngilda bir ishtiboh borki, mana shu ulug‘ ne’mat qadrini anglayapmizmi yoxud ozodlik degan totli so‘z bir estetik tushuncha o‘laroq bizga nelarni anglatadi? Ushbu she’r Vatanga fidoyi bo‘lish, millatparvarlik, yurt qayg‘usida riyozat chekish bugun qanchalar o‘rinli va ahamiyatli ekanini ko‘rsatadi.
O‘zbeklarning qatag‘on davri qurboni bo‘lgan buyuk jadidlar shu masalani ko‘targan. Jadidlar, ayniqsa, Abdurauf Fitrat «Ey ulug‘ Turon, arslonlar o‘lkasi! Senga ne bo‘ldi? Ey, Chingizlarning, Temurlarning, O‘g‘uzlarning, Otillalarning shonli beshiklari! Qani u chiqdig‘ing yuksak o‘rinlar?»... deya o‘kingan edi. Shu mo‘tabar tuproq erki uchun shirin jonini tikkanda nelarni o‘ylagan, ko‘zidagi qonli yosh bilan qay muammolarni iddao qilgan.

Xalq ichida zarra mehru muhabbat qolmadi El aro topdi rivoj avval kalla hur ayyorlar Kub bo‘lub jabru jafo qolmadi a’hdu vafo Xoinu o‘trukchilardan garm o‘lub bozorlar


Shoir millat uchun qayg‘uradi. Xalq qay tomonga ketayotgani uni o‘rtaydi. Shunda bundayin jur’atni qaydan olgan, qalbidagi cho‘ng otashning oti ne? Aslini olganda, vatanparvarlik tuyg‘ular bizga ham begona emas. Demak, vatanni sevish, uni sog‘inib yashash insoniyat fitratida mavjud bo‘lgan nozik hisdir. Abdulla Oripov va Abdurashid Javhariy ijodi shu mavzu ifodasiga xosdir. Biror sabab bilan vatanini tashlab, boshqa yurtlarga ketgan kimsa eng og‘ir damlarida uni qo‘msab, ko‘z oldiga keltirishi va tug‘ilib o‘sgan zamini haqida biror qayg‘uli xabar eshitganda qalban ezilishi, yutuqlaridan quvonishi ham vatanga bo‘lgan muhabbatning belgisidir.



Download 450.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling