O‘zbek ruhiyati me’mori


Download 450.1 Kb.
bet20/34
Sana23.02.2023
Hajmi450.1 Kb.
#1224482
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34
Bog'liq
abdulla oripov konferens 4

Foydalanilgan adabiyotlar:

      1. Abdulla Oripov Tanlangan asarlar. To`rt jildlik. Birinchi jild. SHe`rlar va dostonlar.Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti, 2000. -B. 432; Ikkinchi jild. She`rlar, dostonlar. 2001.-B. 496; Tarjimalar. Uchinchi jild. -Toshkent: 2001.-B. 384; Kinossenariy, maqolalar, suhbatlar, xotiralar, qaydlar. 4- jild. –Toshkent: 2001.-B. 384.

      2. Jabborov I. Abdulla Oripov she`riyatida tarixiy shaxs talqini. -Toshkent: Fan, 2008. –100 b.

      3. Jo‘rayev M., Narziqulova M. Mif, Folklor va adabiyot.-T.-2006.-184 b.

      4. Kholmurodova, O. (2020). English Comparative analyses of Uzbek and English cumulative fairy tales. Arxiv Nauchnыx Publikatsiy JSPI.P. 59-73

      5. Nagovisыn A.E., Ponomareva V.I. Tipologiya skazki. — M.: Genezis, 2011. — 336 s.

      6. Yusuf Xos Hojib Qutadg‘u bilig.-Toshkent.-2019.-634 b.

Gulbahor ERNAZAROVA


SamDU TASAVVUFIY SHE„RIYATDA RUH VA VUJUD IFODASI

(ABDULLA ORIPOV SHE‟RIYATI MISOLIDA)


Ma‘rifat, taraqqiyot, islohat, milliy ozodlik kabi g`oyalar bilan maydonga chiqqan jadidlar XX asr boshlarida adabiyotda bir qator yangilanishlar va o`zgarishlar an‘anasini boshlab berishdi. Asqad Muxtor, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Jamol Kamol kabi shoirlarning 60-70-yillar she‘riyatida jadid adiblari kuylagan g`oyalar, adabiy usullar bo`y ko`rsata boshladi.


Istiqlol arafasi va undan keyingi o`n yilliklar o`zbek she‘riyati janriy rang- baranglik, uslubiy o`ziga xoslik, poetik g`oya va ifoda tarzining xilma-xilligi hamda boshqa alomatlari bilan jadidlar davri adabiy jarayonini esga soladi. Bu davr adabiyotining eng xarakterli belgilaridan biri, katta-kichik shoirlarning aksariyatida tasavvuf ruhi va ohanglaridagi asarlarning paydo bo`lishida ko`rinadi.
Tasavvufga oid diniy adabiyotlarda tasavvuf Qur‘on va Sunnatda kelgan ma‘nolarini tushunish bilan kifoyalanmaydi, ularning mohiyatini anglab etishni, ularga butun vujud bilan amal qilishni tarbiyalaydi. Shuningdek, ―qalb, ―ruh,
―aql, ―nafs kabi tushunchalarga musulmon banda qanday munosabatda bo`lishi zarurligi bayon qilinadiki, ularning haqiqatini anglab yetish va ularni bir-biridan ajratish ancha murakkab jarayondir. Umuman diniy-tasavvufiy qarashlarda tariqat yo`lini tutish shariatsiz amalga oshmasligi qayta-qayta uqtiriladi.
Professor Najmiddin Komilov yuqoridagi qarashlarni quvvatlagan holda falsafiy tasavvufga shunday ta‘rif beradi: ―Tasavvsuf diniy e‘tiqod hikmat (falsafa), badiiy ijod omuxtaligidagi hissiy-tafakkuriy ta‘limot bo`lib ilohiy ishq bayonnomasidir [Komilov N., 2009; 5-bet]. Muallifning fikricha, tasavvufda aql va hikmat salobati ham, his-hayajonga g`arq, qaynoq ijodiy parvoz ham, rasm- rusm, belgilab qo`yilgan axloqiy qonun-qoidalar bilan birga, ayni shu qonun- qoidalarni pisand qilmaydigan erkinlik tuyg`usi izhori ham yashirin sir-u asror barobarida ochiq mantiqiy-falsafiy mushohadakorlik ham mavjud.
Rus olimi I.Petrushevskiyning qayd qilishicha, ingliz sharqshunosi R.Niklson XI asrgacha bo`lgan manbalardan tasavvuf ya‘ni suffizm tushunchasining 78 ma‘nodagi talqinin aniqlagan ekan [Petroshevskiy I.M., 1966; c.319]. Shu dalilning o`ziyoq tasavvifga doir nuqtai nazarlarning naqadar xilma-xil bo`lganligini ko`rsatadi.
―Tasavvufning bir qanoti mistitszm bo`lsa, yana bir qanoti asketizm. Biroq uning markazida pantsizm – vahdadi vujud g`oyasi turadi, deb yozadi adabiyotshunos I.Haqqul. – shuning uchun tasavvufni o`rganishda tarixchi, dinshunos, faylasuf, adabiyotshunos, psixolog olimlarning hamkorligi g`oyat muhimdir [Haqqul I., 1991; 3-bet].
O`tgan tuzum mafkurasi, turli fanlarning namoyondalari tasavvufni islom dinidan ajratish yoki unga muxolifatdagi bir oqim sifatida talqin qilishga harakat qilganlar, aslida Qur‘oni Karim, Hadisi Sharif va shariat tushunchalarisiz tasavvufni tasavvur etib bo`lmaydi.
Yangi davr o`zbek she‘riyatida voqelikni poetik idrok etishda tasavvufiy ohanglar – ramzlar, simvolik obrazlar, rindona qarashlar, olamni va odamni butun marakkabliklari va ziddiyatlari bilan falsafiy talqin etilar, so`fiylarning hikmatlari, ibratlari, lutflari, muborak nomlari va a‘mollari, qolaversa, imo-ishoralar tilida yashab qoldi, hozirgi she‘riyat poetikasida mustahkam qaror topdi.
Zamonaviy she‘riyatda voqelikning poetik manzaralarini gavdalantirishda tasavvufiy talqinlarning muhim ahamiyat kasb etadi. Tasavvufning tasavvufligi shunda ko`rinadiki, unda hamisha insoniyatning hal qilinishi mumkin bo`lgan murakkab va ziddiyatli ruhiy muammolari qalamga olingan. ―Nohaq da`vo qilg`onlar, ―harom yegan hokimlar, ―dunyo mening deb ―jahon molin yiqqan amaldorlar, ―oqni qaro qilg`onlar, ―totlig`-totlig` yeb, ―turluk-turluk kiyganlar Ahmad Yassaviy davrida bo`lganidek, Abdulla Oripov zamonida ham bor.
Abdulla Oripovning ―Ishonch she`ri poetik fikrni tasavvufiy-falsafiy talqin etishning go`zal namunasidir. Ushbu she`rni inson ruhining abadiy va poydorligiga bitilgan qasida deyish mumkin. She`r yozilgan 1970-81-yillarda bunday poetik qarashlarga zamona mafkurasi materializmga zid idealistik qarash deb baholar edi.
Timqora osmonga oy chiqsa dilbar, Zaminga to`kilsa nuri sar-sari.
Bulutlar ortidan boqolsang agar
Abadiy yo`qlikdan afzal-ku bari [Oripov A., 1984; 418-bet]
Tasavvuf ta‘limotida inson vafotidan so`ng uning ruhi Yaratganning huzuriga qaytadi. O`zga diniy ta`limotlarda, masalan, buddizmda inson umri davomida qanday yashagan bo`lsa, uning ruhi o`shanga munosib jonivor ruhiga evriladi. Abdulla Oripov talqinidagi ruhning fano va baqo, muvaqqatlik va abadiyatdagi tiriklik va o`limaro voqelanishi so`fiyona qarashlar ta`sirida shakllangan.
Sen-ku, xor vujudni bir kun tabiat Yulqib olar nomsan dilbar hayotdan, Meni shu ishonchdan ayirma faqat,
Ayirma sen meni shul bir bisotdan [Oripov A., 1984; 418-bet]. Ruh va vujud masalasi tasavvuf she`riyatida eng ko`p talqinlarga sabab bo`lgan mavzulardan. Abdulla Oripovning ushbu ―Ishonch she‘ri hazrat Navoiyning ―G`urbatda g`arib… deb boshlanuvchi ruboiysi ruhiga hamohanglik kasb etadi. Qismat qarshisida inson yolg`iz, birovga mehr-u shafqat ko`rsatishga hamisha ham vaqt topilavermaydi, ya‘ni Yassaviy aytganlariday ―Ota-ona,
qarindosh, // Hech kim bo`lmaydi yo`ldosh.
Abdulla Oripov ruh va vujud munosabatiga qayta-qayta murojaat qiladi. Har bir she‘rida yangi bir poetik mazmun kashf etadi, olamni falsafiy idrok etishning original tashbeh va obrazlarini topadi.
Vujud deganlari asli nimadir?
Dayr dengizida yurgan kemadir.

Bir kun qoyaga urilgay kema,


Ruhim, sen vujudning g`amini yema...

Sen misli kamalak – yuksak va so`lmas, Kamalakni esa parchalab bo`lmas.


Voqelikni, ruhiy holatga, narsa-buyumlarga falsafiy qarash, ularga so`fiyyona yondoshish Abdulla Oripov she`rlarining o`ziga xosligini ta`minlagan omillardandir. U so`fiy shoirlardek vujudning – fanoga, ruhning – baqoga daxldorligini e`tirof etadi. Vujudni yengish mumkin, parchalash mumkin, biroq kamalak – ruhni yengib va parchalab bo`lmaydi. Insonning ―menligi ana shu parchalanmas o`zlikda.
Tasavvuf talqiniga ko`ra Parvardigor avval jonsiz jismlar, ya`ni to`rt unsur – olov, havo, suv, tuproqni yaratgan, undan o`simliklar vujudga kelgan, o`simlik taraqqiyotidan hayvon yaralgan, hayvon taraqqiyotidan odam paydo bo`lgan. Bu evrilishning bari ruhning boshqaruvi ostida kechgan. Shu bois ruhning darajalari mavjud: ma`danlar ruhi, o`simlik ruhi, hayvon ruhi va yuqori pag`onada inson ruhi. Aynan shuning uchun tasavvufda o`lim – bir shakldan ikkinchi bir shaklga o`tish, ya`niy ruhiy yuksalish sifatida tushunilgan. Abdulla Oripov ham ―Ruhim she`rida xuddi shu masalaga e`tibor qaratgan demoqchi emasmiz. Ushbu she`rda shoir yengilmas inson irodasi xususida, davr va muhit shamollariga qarab o`zgarib, turlanib, tuslanib ketavermaydigan shaxs, ichki ―meni mustahkam va barqaror inson to`grisida fikr yuritmoqda.
Sobiq sho`ro adabiyotshunosligida mumtoz adabiyot tarixi zamona mafkurasi talablaridan kelib chiqib munosabat bildirilardi. Chunonchi, adabiyot tarixiga feodal – diniy klerikal adabiyotni, saroy adabiyoti, gumanistik adabiyot sifatida yondoshilardi.
Umuman, Sharq mumtoz adabiyotiga munosabat aynan shu tarzda edi. Tasavvufga o`sha davr adabiyotshunosligi bilan aytganda, ―reaktsion oqim sifatida qaralar edi. Zamonaviy she`riyatda tasavvufiy an`analar mavjudmi yoki yo`qmi degan savollarni hatto xayolga ham keltirib bo`lmas edi.
Adabiyotshunos Ibrohim Haqqul G`afur G`ulom to`g`risidagi maqolasida
―Bedil va G`afur G`ulom mavzusining tadqiqi G`afur G`ulom qalbidan o`rin egallagan g`am-g`ussa va armon to`lqinlarini idrok qilishga yo`l ochgan bo`ladi deb yozadi [Haqqul I., 2018; 31-bet]. Xuddi shu kabi boshqa bir qator shoirlar ijodini mumtoz adabiyot bilan qiyosiy o`rganish hozirgi o`zbek she`riyatining asl ildizlarini ochishga xizmat qilgan bo`ldi-ki, shulardan biri Abdulla Oripov ijodidir. Uning ―Ruhim, ―Ishonch, ―Savob, ―Sen uzoq yashaysan, ―Qonuniyat,
―Olomonga, ―Xotirot, ―Ona sayyora kabi talay she`rlari shunga asos beradi.
―Sharq hikoyasi, ―Tulki falsafasi, ―Samoviy mehmon, besh donishmand va farrosh kampir qissasi kabi qator she`rlari esa Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy asarlaridagi she`riy hikoyatlarni esga soladi.

Download 450.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling