O‘zbek ruhiyati me’mori
“JANNATGA YO„L” DOSTONI VA FOLKLOR
Download 450.1 Kb.
|
abdulla oripov konferens 4
“JANNATGA YO„L” DOSTONI VA FOLKLORHar bir ijodkor ijodi davomida xalq og`zaki ijodiga xos vositalarga murojaat qiladi va ularni badiiy asar syujeti va kompozitsiyasiga singdiradi. Folklordan foydalanish shoir va yozuvchining badiiy mahoratini ko`rsatib beradi. Bugungi kunda folklordan ijodiy foydalanishni nazm yo‘nalishida ham nasr yo‘nalishida ham kuzatish mumkin. Istiqlolimiz sharofati ila ijodi davomida folklorga katta urg‘u bergan ijodkorlarimiz soni ko‘paydi. Shunday ijodkorlarimizdan biri bo‘lgan O‘zbekiston xalq shoiri A.Oripov ijodida ham folklorizmning barcha turini uchratish mumkin. Shoirning ,,Jannatga yo'l" dostonida folklorizmning oddiy va murakkab turlari qo'llanilganligining shohidi bo'ldik. ,,Jannatga yo'l" dostoni shoirning dramatik dostoni bo`lib, mifologik fantastik mavzu asosida yaratilgan. Dostondagi voqealarning barchasi ,,kishi o'lgandan so‘ng boradigan" manzilda bo`lib o`tadi. Mifologik g`oya orqali shoir biz yashab turgan shu dunyoning muammolarini ochib beradi. Inson bir ishga qo'l urishdan avval bu ishning yaxshi va yomon tomonini o'ylaydi. Uning tafakkuri va tasavvurida eng yuqori ,,joy" bu jannatdan joy olish fikri, e‘tiqodiy qarashi kishini shunday ish tutishga undaydi. Diniy falsafa bo`yicha har bir banda bu olamni tark etadi va narigi olamga o`tib, u yerda bu yerda qilgan savob va gunohlarining ajrini beradi. Ushbu dostondagi voqealar fantastik shaklda namoyon etilgan bo`lib, unda tiriklik dunyosidagi qilmishlar, nojo‘ya xatti-harakatlar uchun bu dunyoda jazo olmay qolingan bo`lsa, ,,u dunyoda, albatta, jazo olishi muqarrarligi ochib berilgan. Dostonda xalqimiz orasidagi juda ko`p qadriyatlar tilga olinadi. Ulardan eng asosiysi mehr-muhabbatdir. Asar qahramonining otasi, onasi va do'stiga bo`lgan sadoqati, mehri uni jannatga erishtirdi. Asardagi ―jannat, mifologik obraz, ramziy obraz sifatida keltirib o`tilgan. Aslida ijodkor bu ramziy obraz orqali kishilarni faqat imkon borida emas, har doim yaxshiliklar va ezguliklar qilishga undaydi. Xalq og`zaki ijodidagi dostonlar qahramonlari o'quvchiga komil inson sifatida tanitilgan. Jumladan, ,,Farhod va Shirin dostonida Farhod, ,,Alpomish dostonida Hakimbek, ,,Go'ro'g'li― dostonida Go'ro'g'li kabi bosh obrazlar komil inson ramzlaridir. ,,Jannatga yo`l dostonining bosh qahramoni yigit ham komil inson sifatida gavdalantiriladi-yu, ,,narigi dunyo da uning insofsizligi fosh qilinadi va jannatdan mahrum etiladi. Yigit shoir bo`ladi. She'rlarida ko`plarning boshiga yetgan, yostig`ini quritgan hasadgo'ylar, tuhmatchilarni fosh qilish o`rniga, ularni ko`ra bila turib ko'rmaslikka olib, quyosh, gullar, yulduzlar haqida she‘rlar bitdi.Tarozibonning aytishiga qaraganda, shoirning bu ishi gunoh edi. Folklor namunasi bo‘lgan ―Alpomish, ―Go‘ro‘g‘li, ―Rustamxon, ―Ravshan va boshqa dostonlarning deyarli barchasida zolim xon va uning dastidan azoblangan omma hamda zolim xonning qilmishlariga qarshi kurashuvchi xalq qahramoni mavjud. A. Oripov ushbu dostoni orqali shoir va ijodkor xalqi qanday bo‘lishi kerakligini aytib o‘tgan . ―Epik voqelikni lirik tarzda ifoda etish, muallif munosabati, qahramonlar qismatining chuqur yoritib berilishi xalq dostonlarining umumiy xususiyati bo‘lib, barcha davrlarda yozma dostonlarda aynan saqlandi. [Sharipova L., 2011:91- bet]. A.Oripovning ―Jannatga yo‘l dostoni folklorizmning stilization turiga mansubdir. Bunda shoir epik voqelikni she‘riy shaklda bayon etgan. Folklordagi dostonlar strukturasi ham xuddi shu shaklda bo‘ladi. Dostonning xalq dostoniga yaqin jihatlaridan yana biri: uning vaznidir. Xalq og‘zaki ijodida yaratilgan dostonlar barmoq vaznida yozilgan. ―Jannatga yo‘l dostoni ham ushbu vaznda yozilgan bo‘lib hijolar miqdori 4, 11, 13 bo‘g‘inli ko‘rinishda o‘zgarib turadi. Doston mifologik mavzu asosida yozilganidan tashqari asarda dev, pari kabi mifik obrazlar ham uchrab turadi. ― Har xil devlar kezar bunda, qo‘lida cho‘qmor, Lekin qadam bosmas edi bandasi faqat. [Oripov A.,2019:177-bet]. Dev – mifologik obraz . U kishilar tasavvurida bo‘ladi, xolos. Ertaklarda dev: bahaybat, bir ko‘zli, suyloq tishli deb ta‘riflanadi. Ayrim ertaklarda devga go‘l, laqma deb ta‘rif berilsa, ayrimlarida o‘ta ayyor, qonxo‘r tarzda tasvirlanadi. Ijodkor ushbu misrada bu obraz orqali jannatdagi shoir onasining holati haqida ma‘lumot bermoqchi bo‘ladi. ―.....biror ijodkor asariga biror maqsad bilan kiritilgan folklorga xos barcha materialni folklor deb emas, balki folklorizm atamasi bilan yuritish lozim, chunki unga ijodkor tomonidan muayyan bir ―ishlov berilgan bo‘ladi. [Sarimsoqov B., 1980: 37- 45-betlar]. Oripov ushbu dostonida o‘zbek millatiga xos bo‘lgan an‘ana, qadriyat: hurmatni ko‘p o‘rinlarda tasvirlab ketadi. Ota-ona farzandining jannatga kirishi uchun ―do‘zaxning azoblariga ham rozi bo‘ladi. ―U dunyoda yuz berib qay hol, Otasini sansiragan ekan bir bor ul. [Oripov A., 2019:160- bet]. Bir chol yetti marta hajga borarkan- u , ammo otasini sensiragani uchun uning haj savoblari qabul bo‘lmagan ekan. Ota – onani e‘zozlash, ularni hurmat qilish, keksayganda g‘amxo‘rlik qilish – bu avloddan avlodga o‘tib an‘anaga aylangan ma‘naviy qadriyatimizdir. Asarda yana bir qadriyat ―do‘stlar sadoqati haqida so‘z boradi. Do‘stga har doim sodiq qolish motivi yozma adabiyotga folklardan o‘tgan. ―Alpomish― dostonida Alpomishga Surxayl kampirning o‘g‘li Qorajon do‘st tutinadi va doston oxirigacha Alpomishga sodiq qoladi. [Alpomish, 2010: 102-bet]. ―Kuntug‘mish― dostonida bu hodisaga zid bo‘lgan badiiy parcha berilgan. Dostonda Azbarxo‘ja Kuntug‘mishni do‘stingman deb aldab, Xolbekani olib qochadi. [Kuntug‘mish dostoni,2018:123-bet]. Ijodkor shu o‘rinda jamiyatdagi kishilarning barchasi bir – biriga faqat yaxshiliklar qilishi, ularning orasida xuddi shoir va uning do‘sti o‘rtasidagi sadoqat bo‘lishini orzu qiladi. ―Ikki do‘stning sadoqati, mehri, himmati, Koinotning qadridan ham turgaydir baland Hech ne bilan ulchanmaydi do‘stlik qimmati, Qulatgay u sarhadlarni qudrati bilan ―. [A. Oripov. 2019: 194- bet] ―Sadoqat motivi folklor motivi hisoblanadi, shuning uchun bu motivni ―motiv sitilizatsiyasiga kiritish mumkin. ―Xalq dostonlari motivlari stilizatsiyasi 70-80-yillar o‘zbek she‘riyati uchun muhim hodisadir. Jumladan, bu davrda yaratilgan she‘rlarda ―Alpomish, ―Go‘ro‘g‘li turkumiga kiruvchi doston motivlari ko‘proq stilizatsiya qilindi. [Sharipova L., 2011:112-bet]. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, folklorizmlar folklorni saqlab qolish qolibi hisoblanadi. Folklorga xos motiv, obraz adabiyotda qo‘llanar ekan, shoir va yozuvchining fikr, tuyg‘ularini kuchliroq ifodalashga va uni kitobxon shuuriga muhrlashda juda katta adabiy vosita hisoblanadi. Undan tashqari bu yo‘l orqali ijodkorlarimizning mahorati, uslubi va ularning ijod qirralarini ochib berishga imkon yaratiladi. Download 450.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling