O‘zbek ruhiyati me’mori


Download 450.1 Kb.
bet18/34
Sana23.02.2023
Hajmi450.1 Kb.
#1224482
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
Bog'liq
abdulla oripov konferens 4

Oltin konlari 1960 yillarda Muruntog‘, Chodak, Konbuloq, Farg‘ona daryosi o‘zanlarida sochma oltin, Nurato, Qurama, Zarafshon, Pomir tog‘larida kvarts qatlamli oltin konlari bo‘lgan. Respublikamizda 30 ta oltin koni aniqlangan. O‘zbekiston Respublikasi hukumati qancha oltin, volfram, rux, molibden va boshqa nodir metallarni qazib olinayotgani, qayerga olib ketilayotganidan bexabar edi. Bu haqda yozma ma’lumot tarqatish taqiqlangan. Bu esa O‘zbekiston suveren respublika degan ibora yolg‘onligini ko‘rsatardi.

Abdulla Oripov esa bularning hammasi yolg‘on ekanligini, oltinlar, paxtalar, madanlar uchun sohta sevgining keragi yo‘qligini, xalqning asl farzandlari muzlarda bo‘lsa ham Vatanini sevishini uning bebaho tuprog‘ini tuyish uchun o‘sha muzlarga bag‘rini berishga tayyorligini yozdi. Zero, shoir aytganidek,o‘sha davrdagi tuzm ―...Haqorat mendadir, haqorat menda. Qancha mehnat qilsang, qudrat o‘zgada, farog‘at o‘zgada, senga tegadigan ulush – haqorat, zulm, sitam; o‘zagalar esa sening ortingdan martaba, qudrat, boylik orttirib rohat-farog‘atda umr kechiradi – mana shoirni iztirobga solgan holat-hodisalar... ―Ona tuproq til, tarix, shon, g‘urur, erk, ozodlik yovuz imperiyachilar tomonidan oyoqosti qilingan. Haq va adolatga tashna qalblar yorug‘ anduh bilan istiqlol, hurlik deya yashardi [G‘aniev, 2012, 73].
O‘zbek she’riyatining yana bir o‘tli shoiri Sh.Rahmon deganda tog‘lar toshini mayda-mayda qilib so‘zga aylantirgan, so‘zni esa qilich kabi tik ko‘targan vakilini eslaymiz. Yelkasiga osmon qulasa kiprik qoqmagan, ammo kiftiga kapalak qo‘nsa, zaifgina qanotlar zalvoridan titrab ketadigan odam yodimizga keladi. Uning she’rlarida Turkiston va turkiy xalqlar butun tarixi davomida erksizlik, zulm, istibdod, razolat, adolatsizlik qurboni bo‘lib kelganligi, bunday ahvoldan xalqni uyg‘otish kerakligi, ―Egilgan boshlarni kessin qilichlar deb baralla ayta oldi. U ―Qasam she’rida shunday yozadi:
―…Vatan Xalq Jasorat Kurash Ozodlik.
Har bir so‘z yetajak yuzta umrimga,
Har biri baxsh etar
ruhimga shodlik [Rahmonov, 1997, 203].
Shoir yuz bor qayta umr ko‘rsa-da, bu umrning mazmuni Vatan, erk uchun kurash, ruhning ozodligidir. ―70-yillarga oxiriga kelib, bu ularning anglagan ijodiy prinsiplaridan biri bo‘lib qolgandi. Hassos lirik shoir Hamid Olimjon o‘z maqolalaridan birida ona tabiatni his etish, uni ishonarli tasvirlash uchun ijodkor uch xil qiyofada namoyon bo‘lishini orzu qilib, shunday yozgan edi: ―Men xorazmliklar Amudaryoga bo‘lgan qarashini, o‘chini, ginasini, alamini so‘z bilan aytib beradigan shoirni, kuylab beradigan ashulachini, chizib beradigan rassomni ko‘rishni istar edim [www.zieouz.com kutubxonasi]. Shu bilan birga bu fikr zamirida insonning nafaqat tabiatga qarashi, balki insonalarning bir-biriga bo‘ladigan munosabatini hayotiy, haqqoniy, qalbga yaqin qilib tasvirlashda shoir xalqini ana shu uchlikni o‘zida mujassamlashtirishi ta’kidlanmoqda . Ulug‘ shoirning orzusi iste’dodli, o‘z she’rlarida tarixdan timsollar axtaradigan, tabiat bilan insonning ruhiy yaqinligini bejirim tashbehlarda ifodalaydigan, zamondoshlarimiz ma’naviyatidagi o‘zgarishlarni tasvirlashga intilgan, kamtarin ijodkorlardan biri Usmon Qo‘chqor qalamida ko‘zga tashlanadi.
Usmon Qo‘chqorning go‘yoki bahor tasviri bilan boshlangan ―Akssiz sadolar to‘plamidagi ilk she’rida bahorning ramziy ma’no aks etishi, bahor kelib tabiatning qayta jonlanishini, butun olamga ko‘tarinkilik ruhi hukmron bo‘lishi, azaliy orzular ro‘yobga chiqqandek:
Qishdan chiqqan quyosh jilmaydi,
Olam yetdi yam-yashil baxtga [Ko‘chqorov. 1986.3].
Bahor fasli azaldan xalqimizda saodatli kunlardan nishona ramzidir. Shoir qish tugab, ilk quyosh nurlarining yerga tushishini uning jilmayishi orqali mengzaydi, olam esa bu tabassum ortidan baxtli kunlariga yetadi, keyingi satrlarga qarar ekanmiz, yomg‘ir – nurli sochga o‘xshatiladi. Bu nurli sochlarning ko‘kdan yog‘ilishidan daraxtlarning boshi osmonga yetguday, ezgulik-u yaxshiliklar elchisi qadirg‘ochlarning xonishidan simyog‘ochlar shod. Ularning shodligi shu darajaga yetganki, hatto ular ildiz chiqarib, qayta hayotga qaytadigandek. Bahorning shu qadar tarovati borki,
quruq tana qayta jon olib, yorug‘ dunyoga qaytish darajasida xursand. Qushlarning o‘z ona yurtlariga qaytishi, izma-iz ravishda Navro‘zning eshik qoqib kirib kelishi ona Vatanimizda to‘ylar -to‘ylarga, shodiyonalar- tanatanalar bayramlarga ulanishinining yaqqol isbotidir. Bu kabi farahli kunlar bahor nafasi bilan yurtimizdagi har bir insonning qalbiga, ongiga yorug‘ kelajakning nafasini olib kiradi. ―Bahor emas boshingda turgan – Qishdan chiqqan O‘zbekistondir [Ko‘chqorov. 1986.36].
Chindan ham Istiqlolni kuylashda har bir shoir o‘ziga xos yondashadi, topilmalar izlaydi. Usmon Qo‘chqor bu mustabid tuzumning qulayotganligini qish fasliga qiyoslasa, bahorga yetishgan ya’ni qishdan chiqqan O‘zbekistonni yangi kunlar sari, Mustaqillik tomon qadam tashlayotganligining nishonasini bahorga mengzaydi. Demak, Vatani haqida she’r yozmagan ijodkor bo‘lmasa kerak. Biroq hali mustaqillik qo‘lga kiritilmay turib, uning ozodligini, Istiqlolini kuylash bu katta baxt, sharaf. Buni mas’uliyat yukini yelkasida ko‘targan A.Oripov, Sh.Rahmon, U.Qo‘chqor kabi ba’zi ijodkorlarimiz she’rlari buning isbotidir.
Adabiyotlar:

    1. Begimqulov D. She’riyatimiz yulduzi // Oripov A. Saylanma. – T.:G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2000. – 394.

    2. Internet materiali. www.ziyouz.com kutubxonasi.

    3. Oripov A. Saylanma. – T.:G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2000.

    4. Rahmonov Sh.Saylanma. –Toshkent: Sharq, 1997.

    5. Qo‘chqorov U.Akssiz sadolar. –Toshkent: G‘ofur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1986.

    6. G‘aniev I., Afoqova N., G‘anieva A. Shavkat Rahmon olami. – T.: Akademnashr, 2012.

    7. Hamdam U. Yangi o‘zbek she’riyati. –Toshkent: Adib, 2012.



Olima XOLMURODOVA
tayanch doktorant., JDPI



Download 450.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling