O‘zbek ruhiyati me’mori


Download 450.1 Kb.
bet17/34
Sana23.02.2023
Hajmi450.1 Kb.
#1224482
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34
Bog'liq
abdulla oripov konferens 4

Adabiyotlar:


  1. Alpomish. Toshkent: Sharq, 2010.

  2. Kuntug‘mish dostoni. Adabiyot xiristomatiyasi. 25 jild. – Toshkent: G`afur G`ulom NMIU, 2018.

  3. Mo`minov G`. Hozirgi o`zbek adabiyotida folklorizm: Filol.f.d-dri.diss. – Toshkent,1994.

  4. Oripov A. Tanlangan asarlar. Toshkent: Sharq, 2019.

  5. Sarimsoqov B. Folklorizmlar tipologiyasiga doir // O‘zbek tili va adabiyoti.1980. 4 №.

  6. Sharipova L. XX asrning 70-80-yillari o`zbek she‘riyatida folklorizm. Toshkent, Fan, 2011.

Nasiba NOROVA tayanch doktoranti., BuxDU




70-80-YILLAR O‘ZBEK ShE’RIYaTIDA ISTIQLOL MAVZUSINING TALQINI
Ko‘p asrlik o‘zbek she’riyati hozirda ham davr ruhini, zamondoshlarga xos tug‘ularni aks ettirishda yetakchilik qilmoqda, u hamon milliy adabiyotimizning yetakchi turi hisoblanadi. O‘tgan asrning yetmishinchi va mustaqillik yillarida o‘zbek she’riyatida yangi ovozlar, yangi ruhiyat, yangicha qarashlar paydo bo‘ldi.Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Erkin Vohidov, Omon Matjon, Halima Xudoyberdieva, Shavkat Rahmon, Usmon Azim, Ikrom Otamurod, Farida Afro‘z, Muhammad Yusuf, Usmon Qo‘chqor, Zebo Mirzaeva, Iqbol Mirzo kabi shoirlar ijodida olam hodisalari va odamlarning qalb hissiyotlarini shoirona nazar bilan baholash ko‘zga tashlandi.
―She’riyatimizga 70- yillarda kirib kelgan avlodning ijodiy faoliyati uzoq vaqt adabiyotimizni o‘z iskanjasiga olgan mafkura tazyiqidan birmuncha erkin tarzda boshlandi va 80-yillar o‘rtalaridan boshlab undan, asosan, xalos bo‘lib bordi. 70-yillar avlodi yurtimizdagi mavjud holat, xalqning foje ahvoli, o‘tmish va kelajagiga yangicha nazar soldi. Shuning natijasida bu avlod, saflaridan farqli o‘laroq Vatan istiqbolini kommunizm g‘oyasi bilan bog‘liq holda ko‘rmadi . Aksincha, u g‘oya o‘z umrini yashab bo‘lganini, rasmiy mafkura shiorlari bilan haqiqiy holat orasida tubsiz jar hosil bo‘lganini teran his qildi va shuning natijasida yurtning istiqbolini istiqlol bilan bog‘liq holda tasavvur qila boshladi[Hamdam U. 2010, 192].
A.Oripov she’rlarida Vatan, Istiqlol, Erk g‘oyalari Mustaqillikning ilk nasimlari yang‘lig‘ kirib keldi. Istibdod tugab, ozodlikka, istiqlolga erishishni orzu qilishdi. Cho‘lponlar, Qodiriylar, Usmon Nosirlar orzu qilgan kunlar yaqinlashayotganligi baralla, baland pardalarda kuylandi. Bu mavzu har bir ijodkorda turfa xil talqin qilinsa-da, bir maslak, bir g‘oya, bir tuyg‘u ularni birlashtirib turdi, u ham bo‘lsa Istiqlol, Ozodlik, Mustaqillik! Ijodkorlar qalami ana shu g‘oyalar xalqning ongiga kirishi uchun charxlandi.
O‘tgan asrning 70-80-yillarida ijod etgan A.Oripov, Sh.Rahmon, U.Qo‘chqorning istiqlol sog‘inchi aks etgan she’rlari haqida fikr yuritar ekanmiz, ―Davr ijodkorga mavzular, tuyg‘ular berishi mumkin, lekin hamma gap bu niyatni qay tahlitda ifodalay bilishda, ro‘yobga chiqarishida[ Begimqulov.2000.394] degan nuqtai nazardan yondoshishga harakatqilamiz. She’riyatimizning porloq yulduzlaridan bir Abdulla Oripov she’riyatida har bir his-tuyg‘u nishonning markazida bo‘ladi, insonlarning qalbiga tezda o‘rnashadi. Ayniqsa, uning Vatan, vatanparvarlik ruhi aks etgan she’rlarida xalq, uning tashvishi, orzu-armonlari, muammolari, istaklari, tarix va undan chiqariladigan xulosalar, milliy o‘zlikni angalash, o‘zbekona
mehmondo‘stlik kabi oliyjanob va yuksak fazilatlar qalamga olinadi. Oddiygina ko‘pchilikka tanish bo‘lmagan ―Cho‘li boboning nabiralarga degani she’rini olaylik. Bu she’r 1974-yilda yozilgan. Yillar, oylar o‘tib Vatanimiz sayqal topsa, bog‘larimiz gullab, yashnab shu joylar tikanzor cho‘l edi desak qaniydi, moviy ko‘llarimiz uzra chag‘alaylar suzsa, adirlarda oqquv galalari ko‘p bo‘lsa, ajdodlarimizning hasratlari tugab, faqat shoirlar bularni yod etsa deb nabirasiga aytib turgan gaplarida nurli, nurafshon kunlarning, albatta, kelishiga ishonib, uni quyidagi misralarda tasvirlaydi: ―Men-ku ishonaman,sahrolar gullab, Sizning qiy-chuv bilan to‘lgay dalalar [Oripov, 2000.241].
Yoki uning ―Men nechun sevaman O‘zbekistonni she’rida nima uchun O‘zbekistonni sevish kerak? degan savolni o‘rtaga tashlaydi.
Yurtim seni faqat boyliklaring - chun, Sevgan farzand bo‘lsa kechirma aslo [Oripov, 2000.44].
Turkiston o‘lkasidagi mustamlaka tizimini mustahkamlash maqsadida Rossiya imperiyasining ko‘chirib keltirish siyosati amalga oshirildi. Rus chorizmi va sho‘ro davrida Rossiya imperiyasining xomashyoga bo‘lgan talabi quyidagicha bo‘ldi:

  1. Paxta ishisiyosati.1950 yil 1 mln 1 yuz gektar yerga paxta ekilib, 2,3 mln tonna paxta olingan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1985 yil 2 mln gektar 5,4 mln tonnaga o‘sdi.Paxtani turli zararkunandalardan asrash maqsadida Butifas merkoptafas, moddalari haddan ziyod ko‘p ishlatilgan. Bu esa odamlarning zaharlanishiga, nosog‘lom tug‘ilgan bolalarning sonini ko‘payishiga olib kelgan.


  2. Download 450.1 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling