O‘zbek ruhiyati me’mori
Download 450.1 Kb.
|
abdulla oripov konferens 4
Men do‘zaxdan cho‘chimasman, ustimdan kulma, Men chidarman, ammo qayda haqiqat, imon 2.
Yigit bir umr g‘alamislar, olchoqlar bilan kelisholmay yashagan. Demak, u vijdoniga xiyonat qilmagan shaxs. Hatto o‘limi ham savob amal bajarish chog‘ida yuz bergan. Lekin shoir nazdida bularning bari yetarli emas. Sen shoirsan, senga Olloh yorug‘ nur berdi, Otash berdi, zabon berdi ham ulug‘ yurak. Timsolingda bechoralar o‘z dardin ko‘rdi... Sen-chi samo shu’lasini kuylading doim, She’rlar bitding yulduzlarga, gulga, ohuga1. Ko‘rinib turibdiki, muallif o‘z badiiy konsepsiyasini qat’iy HUKM ko‘rinishida taqdim etyapti. Shoir toki o‘z oldiga qo‘ygan missiyasini ado etmas ekan, u buyuklikka (dostonda Jannat timsoli) da’vogar emas. E’tibor berilsa, insoniyat jamiyati tarixida shoirlarning, qalam ahlining o‘rni hamisha yuksaklikda belgilangan. Qadimgi yunon faylasufi Platon 2 Oripov A. Tanlangan asarlar. To‘rt jildlik. Birinchi jild. –T.: G‘afur G‘ulom, 2000. –B.337 1 Oripov A. Tanlangan asarlar. To‘rt jildlik. Birinchi jild. –T.: G‘afur G‘ulom, 2000. –B.339 (Aflotun) ―Ion nomli dialogida shoirlarni xudolarning irodasini izohlovchilar deb aytadi. Sharq olimi Husayn Voiz Koshifiy esa shoirlarni havoga o‘xshatadi. Demak, alohida iste’dod sohibi bo‘lgan ijodkor shaxsning ―Do‘zaxdan ming marotaba dahshatli bo‘lgan jamiyatda gunohni ko‘rib ko‘rmaslika olishi ham gunohi azim. Doston yaratilgan davrda hukmron mafkura poydevori darz ketgan, nafaqat, ziyolilar, balki ko‘pchilik odamlar ongiyu shuurida mavjud sistemaga nisbatan ishonchsizlik kayfiyati uyg‘ongan edi. Bu kayfiyatni shoir dostonda ko‘rsata oldi: Boshim oqqan tomon endi ketarman giryon, Men singari chorasizlar izg‘ib yuribdi. G‘ovur ichra to‘ntarilib yotibdi jahon, bizdaylarni esa, do‘zax kutib turibdi. ―G‘ovur ichra to‘nkarilib yotgan jahon komunistik utopiyaning puch g‘oyadan o‘zga narsa emasligini, va’da qilingan ―erdagi jannat aslida do‘zaxdan battar ekanining ochiq e’tirofidir. Shveysariyalik psixonalitik K.G. Yung badiiy ijod jarayonini o‘rganar ekan, ijodkorni ikki tipga bo‘ladi2: Ekstrovert– shaxs voqelikni ob’ektiv sharoit taqozosidan kelib chiqib baholaydi. Bunday ijodkor yaratgan ijod mahsuli zamon talabiga javob beradi. Ijodkorning o‘zi esa oqim bo‘ylab suzuvchilar toifasiga kiradi. Introvert– o‘z sub’ektiv qarashlarini e’tirof etuvchi ijodkor bo‘lib, u ob’ekt bilan mutlaqo hisoblashmasligi mumkin. Introvert ijodkor yaratgan asar muallif xohish -irodasiga muvofiq harakatlanmaydi. Bunday asarlar barcha zamonlar uchun buyuk bo‘lib qolaveradi. K.G.Yung fikricha, tabiatan introvert bo‘lgan ijodkorlarning arxetipi Prometey 2 Yung K.G. Psixologicheskie tipы. Minsk, Poppuri, 1998. –S.322 timsolida ko‘rinadi. U o‘z jonini xatarga qo‘yib bo‘lsa ham, insonlar manfaati uchun Olimpdagi kuchlarga qarshi tura oldi. Abdulla Oripovning ―Jannatga yo‘lidagi shoir ham mohiyatan introvert edi. Lekin uning olchoq, hasadgo‘y, tuhmatchi insonlarni ko‘ra-bila turib, ularga qarshi kurashmagani uning oqim bo‘ylab suzuvchilar qatoriga kirishiga ham asos beryapti. Aybingni endi Bir oz anglab olgandirsan, zukkosan gapir. Ular qancha bandalarning boshiga yetdi. Sen ularni ko‘rib bir so‘z dedingmi axir?! 1 Bu esa shoir obrazini inert holatdagi qahramon sifatida ko‘rsatadi. Shoir ijtimoiy munosabatlarning faol ishtirokchisi sifatida mavjud ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy muammolarga qarshi kurashmadi. Modomiki, u shaxs maqomiga ega ijodkor ekan, o‘z pozitsiyasini mustahkam himoya qilishi lozim edi. U nohaqlik qurboni bo‘lganlarning dardiga malham bo‘lish, faollik ko‘rsatish o‘rniga uzlatga chekinib, ohuga, gulga she’r bitish bilan band bo‘ldi. ―Ruhlar isyoni qahramoni Nazrul Islom esa Shoir yigitning aksi o‘laroq Download 450.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling