O‘zbek ruhiyati me’mori


ABDULLA ORIPOVNING HAJVNAVISLIK MAHORATI


Download 450.1 Kb.
bet10/34
Sana23.02.2023
Hajmi450.1 Kb.
#1224482
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
Bog'liq
abdulla oripov konferens 4

ABDULLA ORIPOVNING HAJVNAVISLIK MAHORATI


Folklor va yozma adabiyot munosabati benihoya keng bo‘lib, bu muammo milliy adabiyotning shakllanishi va rivojlanishida xalq og‘zaki ijodining roli, unga xos tasviriy vositalar, uslublardan, shakllardan foydalanishning muhim tomonlari, folklorizmlarning yuzaga kelishi kabi masalalarni qamrab oladi. Shu ma’noda, ijodkorlarning folklor an’analaridan foydalanishdagi uslub va mahoratini kuzatish muhim ahamiyatga ega.


Ma’lumki, ―Folklor an’analari deganda xalq og‘zaki ijodiga xos ifoda uslubi, badiiy shakllar va tasvir vositalari, epik motiv va obrazlar, marosim hamda urf-odatlarga xos tushuncha va qarashlarning faqat folklor asarlarida saqlanib qolishi, ularni poetik ifodalashning davom ettirilishi anglashiladi. Jumladan, shoir ijodidagi Nasriddin Afandi obrazi o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalaridan olinganligi, yoxud Abdulla Oripovning o‘zi ta’kidlaganidek (Afandi degani o‘zim bo‘laman, Har xil hangomaga ichi to‘laman) [Oripov A., Tanlangan asarlar. 2016: 89-bet], Dantening tarjimasi uning uchun katta maktab bo‘lganligi fikrimizga dalil bo‘la oladi. Xususan, I.G‘afurov shoir hajviyotini tahlil qilib: ―Bu intilish Erkin Vohidov va Abdulla Oripov singari shoirlarda yorqinroq ko‘zga tashlanayotganligi sababini men ba’zan Gyote va Dantening tarjima qilinishi bilan bog‘layman [G‘afurov I., Lirikaning yuragi. 1982: 224], deya ta’kidlab o‘tadi.
―Men o‘zim doimo qayta-qayta o‘qib turadigan asarlar: o‘tmishdan – Chexov, Mark Tven, O.Genri, bugungi kunda Aziz Nesin, Yevgeniy Petrov va Ilf. O‘zimizdan Said Ahmad. Va tabiiyki, bulardan ham avval Afandi latifalari – o‘zimizning o‘sha eski tanishimiz Xo‘ja Nasriddin...
Nazarimda, Nasriddin afandi asari jahon adabiyotining eng yorqin, eng tugal, o‘lmas obrazlari qatorida turadi. U nafaqat odamga zavq bag‘ishlaydi, nafaqat aql-zakovatining bitmas-tuganmas imkoniyatlarini namoyish qiladi, balki bu obraz har qanday odamga yashashga yordam beradi. Uni inson hayotining butunlay boshqacha tarzda – ranglarda, jilolarda, umidbaxshlik bilan qabul qilishga yordam beradi [Sharafiddinov O., Ijodni anglash baxti. 2004: 252], – deb yozadi adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov.
Shoir ana shunday manbalardan unumli foydalanganligi bois hajviyalaridagi tasvir hayotiylik, yaratgan hajviy xarakterlari tabiiylik kasb etdi. Abdulla Oripov hajviyotidagi an’anaviylik va novatorlik masalasiga oid qarashlarimizni yuqoridagi adabiy manbalarga mansub ijod namunalari bilan shoir hajvlarini qiyoslash asosida dalillashga urinib ko‘ramiz.
Afandi obrazining to‘laqonli yaratilishini ta’minlagan dastlabki adabiy manba o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalaridir. ―Afandi eshik oldida o‘tirsa, bir kishi uning oldiga hovliqib kelibdi:

  • Afandi anavi tomonda podshohning mulozimlari sovg‘a-salomlar ko‘tarib kelishayapti.

  • Podshohning mulozimlari sovg‘a-salomlar ko‘tarib kelishayotgan bo‘lsa, menga nima? – debdi Afandi.

  • Sovg‘a-salomlarni siznikiga olib kelishayapti.

  • Sovg‘a-salomlarni menikiga olib kelishayotgan bo‘lsa senga nima? – debdi Afandi beparvo.

Abdulla Oripov aynan shu latifani she’riy yo‘l bilan biroz boshqacha shaklda ifodalaydi. Shoir hajviyalarida xalq og‘aki ijodi janrlaridan, ulardagi tasvir usullaridan, xalq latifalaridan ustalik bilan foydalanganligini ko‘ramiz. Bu hajviy qahramonning nutq uslubidan ham sezilib turadi:
Qo‘y yetaklab o‘tdiku - birov,

  • Menga nima, dedi Afandi.

  • Siznikiga qarab ketdi-yov,

Senga nima, dedi Afandi.
Yuqoridagi nutq uslubida folklorga xos bo‘lgan bayon uslubini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu parchada loqayd va ochko‘z odamlarning qiyofasi Afandi misolida ochib berilgan. Hajviy qahramonni o‘z nutqi vositasida fosh etish ham an’anaviy usullardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shoir o‘zining hangoma, hajvga bo‘lgan munosabatini ―Afandi deb nomlangan she’rida quyidagicha izohlaydi:

Download 450.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling