O‘zbek ruhiyati me’mori


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 450.1 Kb.
bet8/34
Sana23.02.2023
Hajmi450.1 Kb.
#1224482
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
Bog'liq
abdulla oripov konferens 4

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:


  1. Oripov A. Tanlangan asarlar.To‘rtinchi jild.T. G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti.2001yil.384b.

  2. Mustaqillik davri adabiyoti. Adabiy-tanqidiy maqolalar, badialar. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot - matbaa ijodiy uyi. T.-2006.288b.

  3. Rahimjonov N. Istiqlol va bugungi adabiyot. ―O‘qituvchi NMIU, T.- 2012. 328b.

  4. Haqqulov I. Navoiyga qaytish-3.T. ―Tafakkur – 2016.224b.

  5. Jabborov N. Zamon, Mezon, She’riyat. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot

- matbaa ijodiy uyi. T.-2015.304b.
Zavqiddin SUVONOV PhD, ToshDO`TAU katta o`qituvchisi
O‘XShASh QISMATLAR
Dehqonqul tipidagi shaxslar bugungi kunda ham mavjud. Chunki fikrni dalillash uchun ko‘p uzoqqamas, matbuot nashrlari (gazeta jurnallar) va axborot tahliliy portallariga (Daryo.uz, Kun.uz, Xabar.uz) e’tibor qaratsak, kifoya. Jarayonda ushbu tarmoqlarda erkinlik bor. O‘sha davrda Dehqonqulni esa dardini tinglaydigan tashkilot yo‘q hisobi edi.
Bu mavzuga murojaat adabiyotimizda avval ham mavjud bo‘lgan. Dehqonqul umuman o‘zga olam. Asarda uning ma’naviyati, ma’rifati haqida gap ketmaydi. Ammo ajdodlari izidan borib dalaga mehr qo‘yib g‘o‘za parvarishi bilan shug‘ullanish ham yuksak ma’naviy maqomdir. Ma’rifatli bo‘lish deganda bizda boshqacha qarash shakllanib qolgan. Faqat kitob o‘qib, unga amal qilmasdan yashash ma’naviyatli shaxs ishi emas. U kitob o‘qisa, paxtani kim yetishtirardi? Bir tomonlama qarasa, olimlarga o‘xshab fikrlasa, kim hukmron doiralar topshirig‘ini bajarib, so‘zlovchi ish quroli vazifasini o‘tagan bo‘lardi? Kim bajarilishi kerak bo‘lgan hukmlar ijrochisi bo‘lardi? Deylik, ―Eng buyuk jasorat bu – ma’naviy jasorat4. Qahramonning jasorati esa ajdodlar mehnat qilib kun ko‘rgan dala parvarishi va obodchiligi uchun ko‘rsatgan xizmati desak, yanglishmaymiz. Buni tushunish uchun asar sarlavhasini to‘g‘ri tushunishning o‘zi yetarli!
Shu o‘rinda, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning ―Tilla baliqcha she’rini eslashga zarurat tug‘iladi.
Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha,
Va mudroq tollarning achchiq xazoni. Menga alam qilar tilla baliqcha Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni.
Dehqonqulni ―Tilla baliqcha kontekstida o‘rganish yangicha talqinga va bizni qarashlarimizni oydinlashtirishga imkon beradi. Har ikki obrazga ham tragik vaziyat xos. Ularning holati ancha murakkab. Dehqonqul dunyoni yaxshi bilmaydi, bilishining-da iloji yo‘q. Uning ko‘rgani qishlog‘i, uyi, dalasi. U nima yeb kun kechiradi? Turli noz-ne’matlar yebmi? Hattoki, Raisining qizining to‘yiga borib tuz totmay qaytadi! Farzandlarining rizqi bo‘lgan bitta qo‘yini ham mehmonlar uchun so‘yib ―mag‘rur keriladi. Uyat, or, g‘urur! Bu hislar Dehqonqulda ham bor-da! Uning kuni ―tashlandiq ushoq yebmi, noz-ne’matlar yebmi o‘tadi? Mash’al brigadir bo‘lib Toshkentga, faqat buyruq asosida kelishi — bu dunyoni ko‘rishimi? Uning ko‘rgan kuni
―achchiq xazondan farqlimi? Dehqonqul ham dunyoni ―bir ko‘lmak hovuz deb bilmaydimi? Chunki u nohaqlik qilmaydi, bunga chiday olmaydi. U ko‘ngli va dalasiga hukmron bo‘lgani uchun boshqa maydaliklarga chidaydi. Bu ikki asarda insonning tragik holati real aks ettirilgan. Biz bu ifoda tarzi orqali nima demoqchimiz? Bunda sabr-chidam, mustahkam iroda, matonat



4 Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. 2-nashr. – Toshkent: Ma’naviyat. 2015. – B. 160.
sohibi bo‘lgan O‘ZBEK kishilari siymosini ko‘ramiz. Agar unda shu sanab o‘tilgan jihatlar aks etmaganda u tom ma’noda poetik obraz sifatida munaqqidlaru o‘quvchilarni bu darajada qiziqtira olmasdi.
Quyidagi fikr ham bizning qarashlarimizga qaysidir ma’noda zid ta’sir etadi. ―Dehqonqul hayotiga taalluqli epizodlar jonlanar ekan, istilo ta’siri va uning asl maqsadi yaqqolroq namoyon bo‘la boradi va uning ona-yerga bo‘lgan mehri dalalari ramzida shakllanadi, shu bilan birga, uni dalalar orqali siyosat manfaatiga xizmat qiluvchi o‘zligini unutgan robotga aylantiradi5. U dalasi orqaligina siyosat manfaatiga xizmat qilgan. Unda yerga egalik hissi juda kuchli. Nima bo‘lganda ham uning rizqini yaratgan halolidan to‘g‘rilagan. Bunda aynan istilo davri odamlarining emas, balki ba’zida sodda, kamchiliklardan holi bo‘lmagan shaxs suvrati ko‘z oldimizda gavdalanadi.
Yuqoridagi fikrning mantiqiy davomi sifatida olima Umida Rasulova shunday deydi: ―Dehqonqul — dehqon QUL. Uchinchi avlodni – Dehqonqullar avlodini sho‘ro ―sindirdi, niyatiga, maqsadiga erishdi. Ular ruhiga qullik psixologiyasini asta–asta singdirdi...6. Odatda, bir yilda tug‘ilgan bolalarga bir xil to‘n bichib bo‘lmaydi. Bo‘yi, eni farq qiladi. Birgina Dehqonqul obrazini noto‘g‘ri talqin qilib bir davr avlodiga baho berish o‘rinsizdir. Olima tahlilda biroz emotsiyaga beriladi. Bir shaxs tabiati tahlili jarayonida butun boshli ―uchinchi avlodga baho beradi. Tahlilda bunday shoshma-shosharlik qilish nazariy nuqsonni keltirib chiqaradi. Hamma o‘sha tabiatdagi, kayfiyatdagi kishilar bo‘lganda xalqimiz istiqlolga erishishi amri mahol bo‘lardi.
Ammo Dehqonqul obrazining boshqa hali kuzatilmagan qirralari ham mavjud. Odatda adiblar har bir obrazning tashqi qiyofasi – portretini chizishga alohida e’tibor qaratadi. Deylik, ―O‘tkan kunlar, ―Kecha va kunduz, ―Yulduzli tunlar romanlarida qahramonning tashqi qiyofasi alohida chizilgan. Lekin Tog‘ay Murodning ―Otamdan qolgan dalalarida portret o‘zgacha chiziladi. Chunki roman qurilishi, g‘oyasi, syujetlar tizimi, motivi, umuman, kompozitsiyasi boshqa asarlarga qaraganda ancha murakkab. Adib roman matnida Dehqonqul portretini aniq chizib ko‘rsatmaydi. Qahramonning ismi, nutqi, dunyoqarashi, kundalik turmush tarzi, atrofdagilarga munosabati orqali ongimizda aniq tushuncha paydo bo‘ladiki, bu holat yozuvchi mahoratining qaydarajada ekanligini ko‘rsatib beradi.
Dehqonqul o‘zining portretini o‘zi chizadi: ―Surxonni jaziramasi jaziramani jaziramasi bo‘ldi... Men bor hol quvvatim bilan ko‘z qisdim... Shunda peshonamda chuqur-chuqur ajinlar chiziq tortdi... Men ellik daraja jaziramadan ana shu ajinlarim ostidan jon omonladim... Men soya-salqinda





5 Pardaeva Z. Hozirgi o‘zbek romanchiligining taraqqiyot tamoyillari: Filol. fan. d-ri. disc. – Toshkent: 2003. 187–188 b.
6Rasulova U. Hozirgi adabiy jarayon: badiiy nasr poetikasida ritm. – Toshkent: Mumtoz so`z, 2012. 44 b.
bet-boshimni bo‘sh qo‘ydim... Ana shunda qop-qora ajinlarim taram-taram... halqa-qalqa... tilim-tilim yo‘llar qizg‘ish-qizg‘ish bo‘ldi... oqish-oqish bo‘ldi... oqimtil-oqimtil bo‘ldi. Ilk bor ko‘rmish odam betidan buzilibdi, deya o‘yladi...7. Bunday portret yaratish mahorati faqat Tog‘ay Murod uslubiga xos. O‘zbek adabiyotida obraz portretini bu usulda aniq, ravshan tasvir etish uning ijodini bir pog‘ona yuqoriga olib chiqdi.

Ruxsora TULABOYEVA



Download 450.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling