O‘zbek ruhiyati me’mori


Download 450.1 Kb.
bet11/34
Sana23.02.2023
Hajmi450.1 Kb.
#1224482
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
Bog'liq
abdulla oripov konferens 4

Afandi degani o‘zim bo‘laman, Har xil hangomaga ichi to‘laman. Esi yo‘q odamlar kallasizlardan,
Xafa bo‘lishadi, shunga kulaman [2.95].
Afandi latifalari, askiyalar, chandishlar, laparlar o‘zbek xalqining asrlar mobaynida kulgidan bahramand bo‘lib kelganligini, inson va
hayotdagi kulgili jihatlarni nozik ilg‘ay olganligini ko‘rsatadi. Qolaversa, o‘zbek tili shunday nodir xususiyatga egaki, so‘zlashuvning o‘zidayoq, tabiiy ravishda, kulgi paydo bo‘laveradi. Chunki, o‘zbek so‘zlarining ko‘pchiligi kamida ikki ma’noga ega bo‘ladi. Ko‘rinadiki, hajviy asarlarning birinchi belgisi uning tanqidiy yo‘nalishga egaligi bo‘lsa, ikkinchi xususiyati tasvirning kulgili tarzda berilishidan iboratdir.
Qabristonga, demangiz, tirik keldi, yor-yor, Quvontirib bizlarni o‘lik keldi, yor-yor.
Shu tariqa yomonni tig‘laymiz ham, yor-yor, Yaxshilarni ko‘mganda, yig‘laymiz ham, yor-yor.(2.197)
Hayotda har kim har xil kasbning orqasidan tirikchilik qiladi, oilasini boqadi. Xalqimizda ―Otning o‘limi – itning bayrami degan maqol bor. Xalq donoligining noyob durdonalari sanalgan maqollarda katta mazmun mujassam. Shoirning yuqoridagi she’rining mavzusi ohorli, yangi. Dehqon yerga ekin ekib, hosil undirib, xalqni boqadi, muallim bolalarni o‘qitib, ilm-ma’rifatli qiladi, tabib kasallarni davolaydi va h.k. Go‘rkovlar esa olamdan ko‘z yumgan insonlarni ko‘mib kun kechiradilar. Albatta, har qanday kasbning mashaqqati bo‘lganidek, mazkur kasbning ham o‘z zahmatlari bor. Ular har kun g‘am, qayg‘u bilan ro‘baro‘ keladilar, inson umrining nihoyasi borligi bilan har kuni to‘qnashadilar, odamlarning o‘lim oldida ojizliklarini chuqur his etadilar. Umrning o‘tkinchiligini hammadan ham ular teran anglaydilar. Yaxshi-yomonni ko‘madilar, yaxshilarni ko‘mganlarida yig‘laydilar ham. Ammo insonlar xilma xil bo‘lganlari kabi go‘rkovlar ham xilma-xildirlar. Ular orasida ham ochko‘zlari, ta’magirlari bor: ―Yopib qo‘yib ustiga choponini, yor-yor, Yechintirib olamiz kafanini, yor- yor". Ochko‘z, xudodan ham qo‘rqmaydigan, duch kelgan odamni talaydigan, qalbiga ozor beradigan, oxirgi luqmasini ham og‘zidan yulib oladigan yuraksiz, imonsiz, qalbsiz kimsalar afsuski, atrofimizda bisyor. Unday kimsalar yaxshi, yomon deb ajratmaydilar, boy-kambag‘al deb o‘tirmaydilar, faqat o‘z manfaatlarini o‘ylaydilar. Hatto, o‘liklarning kafanini yechib oladigan go‘rkovlar ham borligi dahshat. Shoir fikrning ko‘lamini berishda folklor janrlaridan foydalangan.
Yozma adabiyotimizda dastlab doston, maqol, topishmoq, yo‘qlov, yig‘i, keyinchalik yor-yor, alla kabi folklor janrlari stilizatsiya qilingan. Shoir Abdulla Oripov ijodida ham ana shu an’ana davom ettirilgan. Uning qator she’rlarida, xususan, ―Go‘rkovlar qo‘shig‘i nomli she’rida ana shu an’analar bardavomligini ko‘ramiz. Ma’lumki, ―Yor-yor qo‘shig‘i to‘y marosimida, xursandchilikda aytiladigan xalq qo‘shig‘i sanaladi. Qabristonga o‘lik kelishi go‘rkovlar uchun ana shunday bayram. Shoir aynan shuning uchun to‘yda aytiladigan ―yor-yor qo‘shig‘ini stilizatsiya qilib, mazmunni kuchaytirishga erishgan. She’r misralarini o‘qiy boshlashimizdayoq ―kimga aza, kimga to‘y ekanligini anglaymiz. She’rda g‘ayriodatiy holat ifodasi chizilgan. Hayot ana shunday ziddiyatlardan tashkil topgan. Mazkur ―yor-yorda g‘ayritabiiy quvonch, qismatning qattiqligi, inson iqlimining rang-barangligi,
umrning xotimasi, o‘tkinchiligiga ishora aks etadi. Shoir xalq qo‘shig‘ining ruhiga chuqur kirib bora olgan, shu sababli she’rda aks ettirilgan holatlarni tushunish oson. Mazkur she’rda janr stilizatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshib, she’riyat ixlosmandlari yana bir xalqona ruhdagi she’rdan bahramand bo‘ldilar. She’r satrlarida ―tirik-o‘lik;
―chopon-kafan; ―yomon-yaxshi zid tushunchalari inson tabiatidagi nomutanosiblikni chuqur ifodalashga xizmat qilgan.
Ijtimoiy illatlarning hajviy tanqidi bo‘lgan satira dastlab o‘zbek xalq og‘zaki ijodida shakllangan va keng tarqalgan. Mehnatkash xalq adolatsiz hukmdorlar, zulmkor amaldorlarga qarshi bo‘lib, noroziliklarini latifalar, hajviy ertaklar va qo‘shiqlar orqali izhor qilganlar. O‘z davridagi zulm, haqsizlik va boshqa ijtimoiy illatlar ustidan ommaning qahr-g‘azabini uyg‘otganlar. Nasriddin Afandi obrazi ham shu asnoda vujudga kelgan. Xalq hajviy satirasi va kulgisi yozma hajviy adabiyot uchun ozuqaviy manba sifatida bir necha asrlardan buyon xizmat qilib kelmoqda.
Abdulla Oripovnnig hajviy she’rlaridan yana biri ―Qaysar bola 1994-yilda yozilgan. Ushbu she’r sarlavhasi ostida ―qiziqchilar bisotidan degan izoh berilganligi ham uning xalq og‘zaki ijodi va hajviyot bilan bog‘liq ekanligidan dalolat beradi. She’r rivoyaviy usulda bo‘lib, u ertaklarga xos an’anaviy: ―Bor ekanu yo‘q ekan, Bir bola bo‘lgan ekan degan zachin bilan boshlanishi fikrimizning dalilidir. She’rning mazmuniga ko‘ra qaysar bola hammani, hatto ota va onasini ham, muallimini ham sensirashi xususida so‘z boradi. Bu bola hech kimga ―sizlab murojaat qilmaydi, bu holatga jazo tariqasida o‘qituvchisi barchani siz deyman deb yuz marta yozishni topshiradi. Bola vazifani a’lo darajada uddalaydi va yuz emas ikki yuz marta yozib keladi. Ya’ni she’r davomida bolakayning ushbu buyurilgan vazifani oshig‘i bilan bajarib kelganligi ma’lum bo‘ladi:

Download 450.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling