O‘zbek ruhiyati me’mori
Download 450.1 Kb.
|
abdulla oripov konferens 4
Adabiyotlar:Begimqulov D. She’riyatimiz yulduzi. / Oripov A. Tanlangan asarlar. To‘rt jildlik. Birinchi jild. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2000. – B. 390-419. Yoqubov O. Shoir haqida so‘z. / Oripov A. Munojot. Saylanma. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1992. – B. 3-11. Oripov A. Munojot. Saylanma. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1992. – 432 b. Oripov A. Tanlangan asarlar. To‘rt jildlik. Birinchi jild. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2000. – 432 b. Oripov A. Tanlangan asarlar. To‘rt jildlik. Ikkinchi jild. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2001. – 496 b. Qo‘shjonov M. Hayot va vatan madhi. / Qo‘shjonov M. Saylanma. Ikki jildlik. Birinchi jild. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1982. – B. 345-354. Azimova DILDORA PhD, O‘zMU katta o‘qituvchisi ―JANNATGA YO‘L DOSTONIDA DAVR VA ShOIR ShAXSI MUAMMOSI TALQINI Abdulla Oripov ulkan ijodkor shaxs sifatida o‘z davri ehtiyojlarini yaxshi anglar, his qilar edi. Shuning uchun uning ijtimoiy lirikasi zamondoshlari ko‘ngli tubiga yashiringan, ularni qiynagan ijtimoiy muammolarga, dardlarga hamohang edi. ―Jannatga yo‘l dostonida ham shoir o‘z davri uchun dolzarb bo‘lgan shoir shaxsi muammosini o‘rtaga tashladi. Voqelik tasvirida esa norealistik usulni tanladi. Asar voqealari Arshi a’loda kechadi. Lekin badiiy asarda kechayotgan voqealar qaysi iqlimda sodir bo‘lmasin, uni yozayotgan ijodkor shu davrning kishisi ekanini hisobga olsak, asarda tasvir etilayotgan voqealar bevosita shu zaminga va zamonga daxldorligini sezish qiyin emas. ―Jannatga yo‘lda ham shoir o‘zi yashab turgan jamiyat muammolarini ―narigi dunyoga ko‘chirib tasvirlaydi. Muallifning badiiy niyati o‘quvchiga savobu gunoh neligini anglatishdan iborat deb aytsak, biz dostonning ijtimoiy-badiiy qimmatini pasaytirgan bo‘lamiz. U o‘zi yashagan turg‘unlik yillarida ijodkor qismati masalasini kun tartibiga qo‘ydiki, bu muallifning ijodkor shaxs sifatida anglab yetgan ehtiyoji edi. Agar e’tibor berib qaralsa, mazkur doston yaratilgan 70- 80 yillarda ijtimoiy tafakkurda shaxs va millat erki tushunchasi yetilib kelardi. Dostonda shoirga qo‘yilgan ayblov juda jiddiy edi. Bu mustabid tuzum sharoitida qanday yozish haqida ko‘rsatma beradigan, adabiyotni partiyaning buyruqlarini ado etuvchi dastyoriga aylantirgan sistemada shoirning sukut saqlashi edi. U odamlarning dilidagi dardni aytish o‘rniga ohuga, gulga she’r bitib umr o‘tkazdi. Dostonda ijtimoiy dard ijodkorning o‘z dardiga aylangan. ―Ijtimoiy dard ijodkorning shaxsiy dardiga aylanmasa, ijodkor o‘sha dardni chinakamiga qalbidan kechirmasa, ―ijtimoiy yalang‘ochlashuv yuzaga keladi. Sho‘ro davri adabiyotining eng katta fojeasi ham shu edi1. ―Jannatga yo‘lda biz jamiyat dardini, og‘rig‘ini o‘z qalbidan o‘tkazayotgan, ulkan ijtimoiy ―meniga ega shoir shaxsini ko‘ramiz. U o‘zining estetik idealini shoirlikning asl vazifasi nima ekanini anglatish orqali namoyon qilyapti. Shoir shaxsiga qo‘yilgan talablarni ko‘rsatish orqali muallif mavjud jamiyatni o‘zgartirishni, asl shoirlik missiyasi biz idrok qilganimizdan boshqacharoq ekanini anglatyapti. Doston bosh qahramoni timsoli orqali muallif o‘z haqiqatlarini tasdiqlashga intildi. Ijodkor o‘zini o‘ylantirayotgan savollarga javob izlaydi, uni yechish yo‘llari, usullarini qidiradi va javobni baribir o‘zi yashab turgan muhitdan topadi. ―Jannatga yo‘l dramatik dostonida ―Ilohiy komediya tarjimasidan shoir olgan ilhomlarning ta’siri seziladi. Makon nuqtai nazaridan doston voqealari ―narigi dunyoda bo‘lib o‘tadi. Abdulla Oripov ―Dantening bezovta ruhi maqolasida Dante uchun narigi dunyo bir adabiy usul edi, xolos. Aslida, uning ―Ilohiy komediyasi insoniyat haqidagi o‘ta realistik asardir2 deydi. Bu fikrlarni ―Jannatga yo‘l dostoni xususida 1 Quronov D.Adabiyotshunoslikka kirish. – Andijon: Hayot, 1997.– B. 28. 2 Dantening bezovta ruhi // Oripov A. Ehtiyoj farzandi.–T.: Yosh gvardiya, 1988 yil.–B. 49. ham aytish mumkin. Asar 1978 yilda yozilgan. Stalin shaxsiga sig‘inishga barham berilgan, ―Xrushchevcha iliqlik yillari boshlangan bo‘lsa-da, siyosiy ta’qib va tahdidlar partiyaning san’at va adabiyotga aralashuvi tarzida davom etardi. Jumladan, ―Abdulla Oripovning o‘sha davr ―ruhiga to‘g‘ri kelmagan ―Jannatga yo‘l dramatik dostoni, butun umri davomida siyosiy nazorat ostida yashagan adib Maqsud Shayxzodaning ―Abu Rayhon Beruniy tarixiy tragediyasi sirli ravishda ―yo‘qoldi3. Abdulla Oripovning asari keyinchalik qaytarib berildi. Ammo Maqsud Shayxzodaning asari hanuz topilmagan. Avvalo, Abdulla Oripov tanlagan usul – doston voqealarining norealistik tarzda ifodalanishi xususida alohida to‘xtalib o‘tish lozim. Bu usul Abdulla Oripovning mavjud sharoitda o‘zini to‘la namoyon eta olmayotgan qahramoni (qaysidir ma’noda ijodkorning o‘zini ham) ―gapirtirishning ma’qul yo‘li edi. Buni ―Adabiyot sotsializm rivojlangan davrda tashqi ta’sirga qarshilik ko‘rsatgancha uzlatlarga chekinib ―lirik pardalar panasida jon saqlashga majbur bo‘lishi1 bilan izohlash mumkin. Lekin endi ortiq ―lirik pardalar panasida jim turishga toqat qilib bo‘lmasdi. Ijodkorda yetilib kelgan ijtimoiy dard o‘zgacharoq yo‘sinda voqe bo‘lish uchun yo‘l axtardi. Abdulla Oripovning ―Nekrasov hasrati she’rida aytilganidek, ―Shoir qalamida hasratlar qat-qat bo‘lib borar va turg‘unlik yillarida mafkuraviy bosim ostida ijtimoiy adolatsizliklar, ma’naviy- axloqiy illatlarni ko‘rsatish, ShAXS va ShOIRlik xususidagi o‘z bahosini aytishda ―Jannatga yo‘ldagi usul o‘zini har jihatdan oqlar edi. Jahon adabiyotida o‘zi yashab turgan muhitdan, zamonadan qoniqmaslik, mavjud tuzumning haqiqiy qiyofasini ochib niyatida asar voqealarini boshqa zamon va makonga ko‘chirish usuli mavjud va bu holat aksariyat hollarda muvaffaqiyatli chiqadi. Garchi doston voqealari noreallik kasb etsa ham, biz 3 O‘zbekistonning yangi tarixi . K.2. O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida//Tuzuvchilar M. Jo‘raev va bosh. –T.: Sharq, 2000.–B.580. 1 Titov A. Adabiyot keraksiz bo‘lib qoladimi?//Jahon adabiyoti, 2010 yil, 11-son.–B. 127 real muhitda harakatlanayotgan qahramonlarni ko‘ramiz. ―Jannatga yo‘l o‘z davri uchun eng muhim masalalardan bo‘lgan shoir shaxsi muammosini aks ettiradi. Abdulla Oripov o‘z idealidagi ijodkor qiyofasini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. U yigit obrazi orqali shoirlikka o‘zining falsafiy-poetik bahosini bergan. Doston bosh qahramoni Yigit dramatik obraz. U olchoq, ig‘vogar, tuban kimsalar bilan murosasiz. Toshqin paytida bir qizaloqni qutqarib qolaman deb halok bo‘ladi. Asar voqealari Yigitning Tarozibon huzuriga kelishidan boshlanadi. Yigitga ikki paysa savob yetmagani uchun jannatga kirolmaydi. Download 450.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling