Tarixshunoslik va manbashunoslik


Download 31.24 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi31.24 Kb.
#1592263
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kafedra Magistrant Dastlabki Himoya Bayonnoma 2022-2023




Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti “Tarixshunoslik va manbashunoslik” kafedrasi 2-kurs magistrantlarining dastlabki magistrlik dissertatsiya himoyasi yuzasidan o’tkazgan majlisining
BAYONNOMASI
17-may 2023-yil


QATNASHGANLAR: Kafedra mudiri t.f.d., prof. Ergashev B.E., professorlar-o’qituvchilar: t.f.d., prof. Saidov I.M., t.f.n., dots. Radjabova D.N., t.f.f.d. (PhD), katta o’qituvchi Maxmudov T.I., t.f.f.d. (PhD) Yakubov A.S., t.f.f.d. (PhD) Abriyev H.B., t.f.f.d. (PhD) Yarmatov O.Sh., ass. Saidova R.I., kabinet mudiri M.Muzaffarova va kafedraning barcha 2-kurs magistrantlari.
KUN TARTIBIDA
“Tarixshunoslik va manbashunoslik” kafedrasi 2-kurs magistrantlari magistrlik dissertatsiyalarining dastlabki himoyasi va rasmiy himoyaga ruxsat berilishi to’g’risida.
ESHITILDI: Kafedra mudiri t.f.d., prof. B.E.Ergashev axboroti

2023-yil 17-may kunida “Tarixshunoslik va manbashunoslik” kafedrasining 2-kurs magistrantlariga magistrlik dissertatsiyasi yuzasidan dastlabki himoyasi belgilangan edi. Dastlabki himoya shartlariga binoan magistrantlar ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyalari to’liq shakllantirilgan bo’lishi, ichki va tashqi taqrizchilar aniqlab olinishi, ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiya mavzusi yuzasidan taqdimot materiallari tayyorlanishi, mavzu yuzasidan kamida 2 ta maqola nashr qilinganligi hamda magistrlik dissertatsiyasining tayyorligini tasdiqlovchi ilmiy rahbar xulosasi olinishi kerak edi.


Ushbu asoslovchi hujjatlar taqdim etilmagan holatda kafedra 2-kurs magistrantlariga rasmiy himoyada qatnashishga ruxsat berilmaydi. Shuning uchun, bugungi “Tarixshunoslik va manbashunoslik” kafedrasining 2-kurs magistrantlariga o’zlarining ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasi yuzasidan dastlabki himoyadan o’tishlari uchun ijozat beraman.


ESHITILDI: Kafedra magistranti Mavlonov Asliddinning ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiya mavzusi yuzasidan axboroti

Hurmatli kafedra a’zolari, professor-o’qituvchilar! Mening magistrlik dissertatsiya mavzuim “O`rta asr Movaraunnahr tarixshunosligi” deb nomlanib, xronologik chegarasi arablar bosqinidan temuriylar hukmronligigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Dissertatsiya 3 bob va 6 paragrafdan iborat bo’lib, deyarli 90% tayyorligini ma’lum qilaman. Dissertatsiyada ilmiy rahbarim prof. Ergashev Baxtiyor Ergashevich bilan birgalikda O`rta Osiyo tarixshunosligida o`rta asrlar tarixi davrlashtirishning shakllanishi davriga oid mavjud xaritalar, asosan, Arab xalifaligi, Somoniylar, Xorazmshohlar, Mo`g`ul istilosi, Temuriylar davriga oid xaritalar to`g`risidagi manbalarni tahlil qilganmiz. Hozirgacha dissertatsiya ishi mavzusiga oid Ispaniyaning “International Journal” nomli xalqaro jurnalida 1 ta maqolam chop qilingan bo’lib, 2-maqola ham xalqaro konferensiyaga nashr qilishga berilgan.


QAROR QILINDI:

  1. Mavlonov Asliddinning “O`rta asr Movaraunnahr tarixshunosligi” mavzusidagi dissertatsiya ishi hozirda to’liq shakllanmaganligi uchun unga dissertatsiyasining yakuniy variantini tayyorlash maqsadida 2023-yil 20-mayga qadar muxlat berilsin.

  2. Dissertatsiya yuzasidan taqdimot (prezentatsiya) tayyorlansin.




Download 31.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling