Tarixshunoslik va manbashunoslik
ESHITILDI: Kafedra magistranti Tursunov Orzimurodning
Download 31.24 Kb.
|
Kafedra Magistrant Dastlabki Himoya Bayonnoma 2022-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- QAROR QILINDI
- ESHITILDI: Kafedra magistranti Butunboyev Zohidning ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiya mavzusi yuzasidan axboroti
ESHITILDI: Kafedra magistranti Tursunov Orzimurodning ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiya mavzusi yuzasidan axboroti
Hurmatli kafedra a’zolari, professor-o’qituvchilar! Mening magistrlik dissertatsiya mavzuim “Samarqand So’g’dining ilk o’rta asrlar tarixi va madaniyatiga doir yozma manbalar” deb nomlanib, xronologik chegarasi ilk o’rta asrlardagi Samarqand So’g’didagi voqealarni o’z ichiga oladi. Dissertatsiya 3 bob va 6 paragrafdan iborat bo’lib, deyarli 90% tayyorligini ma’lum qilaman. Dissertatsiyada ilmiy rahbarim prof. Ergashev Baxtiyor Ergashevich bilan birgalikda Samarqand So’g’didagi ilk o’rta asrlar tarixi va madaniyatini ochib berish va tahlil qilishga mo’ljallangan yozma manbalar o’rganilgan. Hozirgacha dissertatsiya mavzusiga oid Ispaniyaning “International Journal” nomli xalqaro jurnalida 1 ta maqolam chop qilingan bo’lib, 2-maqola ham xalqaro konferensiyaga nashr qilishga berilgan. QAROR QILINDI: Tursunov Orzumurodning “Samarqand So’g’dining ilk o’rta asrlar tarixi va madaniyatiga doir yozma manbalar” mavzusidagi dissertatsiya ishi hozirda to’liq shakllanmaganligi uchun unga dissertatsiyasining yakuniy variantini tayyorlash maqsadida 2023-yil 20-mayga qadar muxlat berilsin. Dissertatsiya yuzasidan taqdimot (prezentatsiya) tayyorlansin. ESHITILDI: Kafedra magistranti Butunboyev Zohidning ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiya mavzusi yuzasidan axboroti Hurmatli kafedra a’zolari, professor-o’qituvchilar! Mening magistrlik dissertatsiya mavzuim “XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshi Turkistondan tarixiy-me`moriy obidalar tarixi tarixshunosligi” deb nomlanib, dissertatsiya 3 bob va 6 paragrafdan iborat. Dissertatsiya ishimning deyarli 50% tayyorligini ma’lum qilaman. Dissertatsiyada ilmiy rahbarim prof. Ergashev Baxtiyor Ergashevich bilan birgalikda XIX asr ikkinchi yarmida Turkiston hududlarining Rossiya imperiyasi tomonidan egallanishi oqibatida o`lkadagi tarixiy-me’moriy obidalarning saqlanishi tarixshunosligi dissertatsiya ishining asosiy maqsadi sifatida tahlil qilingan. Dissertatsiya ishida O`zbekiston Milliy arxivi fanlari, tarixiy obidalar muhofazasi tashkilotlari, kutubxonalar fondlaridan foydalanilgan. Hozirgacha dissertatsiya mavzusiga oid 2 ta maqolam Xalqaro jurnalda nashr qilishga taqdim etilgan. QAROR QILINDI: Butunboyev Zohidning “XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshi Turkistondan tarixiy-me`moriy obidalar tarixi tarixshunosligi” mavzusidagi dissertatsiya ishi hozirda to’liq shakllanmaganligi uchun unga dissertatsiyasining yakuniy variantini tayyorlash maqsadida 2023-yil 20-mayga qadar muxlat berilsin. Dissertatsiya yuzasidan taqdimot (prezentatsiya) tayyorlansin. Butunboyev Zohidning dissertatsiya mavzusiga doir maqolalar nashr qilinishi zudlik bilan amalga oshirilishi ta’kidlansin. Download 31.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling