ESHITILDI: Kafedra magistranti Imomov Mirnorimning ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiya mavzusi yuzasidan axboroti
Hurmatli kafedra a’zolari, professor-o’qituvchilar! Mening magistrlik dissertatsiya mavzuim “XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshi Turkiston elchilik munosobatlari manbashunosligi” deb nomlanib, dissertatsiya 3 bob va 9 paragrafdan iborat. Dissertatsiya ishimning deyarli 50% tayyorligini ma’lum qilaman. Dissertatsiyada ilmiy rahbarim t.f.f.d. (PhD) Maxmudov Toxir Isayevich bilan birgalikda Turkiston XIX asr o`rtalarida Rossiya imperiyasi tomonidan istelo qilingandan keyingi davrda yangi tashkil etilgan ma`muriy hududlarning qo`shni davlatlar bilan elchilik munosobatlari manbashunosligi dissertatsiya ishining maqsadi etib belgilangan. Dissertatsiyada Samarqand, Sirdaryo, Farg`ona, Kaspiyorti va Yettisuv viloyatlari shuningdek yarim qaram Buxoro amirligi Xiva xonliklari elchilik munosobatlariga oid manbalar asosida faoliyat olib borilgan. Hozirgacha dissertatsiya mavzusiga oid 2 ta maqolam Xalqaro jurnalda to’liq nashr qilingan.
QAROR QILINDI:
Imomov Mirnorimning “XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshi Turkiston elchilik munosobatlari manbashunosligi” mavzusidagi dissertatsiya ishi hozirda to’liq shakllanmaganligi uchun unga dissertatsiyasining yakuniy variantini tayyorlash maqsadida 2023-yil 20-mayga qadar muxlat berilsin.
Dissertatsiya yuzasidan taqdimot (prezentatsiya) tayyorlansin.
Dissertatsiya yuzasidan chiqarilgan maqolalar asos sifatida qabul qilinsin.
Majlis raisi: t.f.d., prof. B.E.Ergashev
Majlis kotibi: M.Muzaffarova
Do'stlaringiz bilan baham: |