Tarixshunoslik va manbashunoslik
ESHITILDI: Kafedra magistranti Turdimurodov Nuriddinning
Download 31.24 Kb.
|
Kafedra Magistrant Dastlabki Himoya Bayonnoma 2022-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- QAROR QILINDI
- ESHITILDI: Kafedra magistranti Ergashev Mahmudning ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiya mavzusi yuzasidan axboroti
ESHITILDI: Kafedra magistranti Turdimurodov Nuriddinning ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiya mavzusi yuzasidan axboroti
Hurmatli kafedra a’zolari, professor-o’qituvchilar! Mening magistrlik dissertatsiya mavzuim “Ikkinchi jahon urushi yillarida O`zbekistonda madaniyatning front ehtiyojlariga yo`naltirilishi” deb nomlanib, dissertatsiya 3 bob va 6 paragrafdan iborat. Dissertatsiya ishimning deyarli 50% tayyorligini ma’lum qilaman. Dissertatsiyada ilmiy rahbarim prof. Saidov Ilhomjon Muhiddinovich bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi yillarida O`zbekistonda madaniyatning front ehtiyojlariga yo`naltirilishi, xususan ta`lim sohasidagi siyosiy va uning madanyatini, ilmiy tadqiqot muassasalari va Oliy o`quv yurtlari faoliyatini urush davri talablariga muvofiqlashtirishni tahlil qilish, adabiyot sohasidagi o`zgarishlarni tahlil qilish, Ozbekistonda sanoat sohasining omillarini yoritish va boshqa masalalarni esa arxiv, ilmiy adabiyot va gazeta, jurnallardagi ma’lumotlar asosida o`rganib mohiyatini yoritish rejalashtirilgan. Hozirgacha dissertatsiya mavzusiga oid 2 ta maqolam Xalqaro jurnalda nashr qilishga taqdim etilgan. QAROR QILINDI: Turdimurodov Nuriddinning “Ikkinchi jahon urushi yillarida O`zbekistonda madaniyatning front ehtiyojlariga yo`naltirilishi” mavzusidagi dissertatsiya ishi hozirda to’liq shakllanmaganligi uchun unga dissertatsiyasining yakuniy variantini tayyorlash maqsadida 2023-yil 20-mayga qadar muxlat berilsin Dissertatsiya yuzasidan taqdimot (prezentatsiya) tayyorlansin. ESHITILDI: Kafedra magistranti Ergashev Mahmudning ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiya mavzusi yuzasidan axboroti Hurmatli kafedra a’zolari, professor-o’qituvchilar! Mening magistrlik dissertatsiya mavzuim “Akademik V.V.Bartold ilmiy merosida Samarqand tarixi” deb nomlanib, dissertatsiya 3 bob va 6 paragrafdan iborat. Dissertatsiya ishimning 100% tayyorligini inobatga olib, rasmiy himoya ruxsat berishlarini ma’lum qilaman. Dissertatsiyada ilmiy rahbarim t.f.f.d. (PhD) Axmedov To’lqin Olimjonovich bilan birgalikda Mashhur sharqshunos olim V.V.Bartold ijodi tadqiq etilib, uning ilmiy izlanishlarida uzoq o’tmishga ega Samarqand tarixi alohida o’rganilganligi isbotlangan. Dissertatsiyada shahar tarixiga oid asosiy manbalar, shahar tarixiy obidalarining xususiyatlari ochib berilgan. Hozirgacha dissertatsiya mavzusiga oid Ispaniyaning “International Journal” nomli xalqaro jurnalida 1 ta maqolam chop qilingan bo’lib, 2-maqola ham xalqaro konferensiyaga nashr qilishga berilgan. Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiya mavzusi yuzasidan taqdimot (prezentatsiya) tayyorlangan. QAROR QILINDI: Ergashev Mahmudning “Akademik V.V.Bartold ilmiy merosida Samarqand tarixi” mavzusidagi dissertatsiya ishini himoya qilish uchun rasmiy himoyaga ruxsat berilsin. Dissertatsiya yuzasidan tayyorlangan taqdimot (prezentatsiya) asos sifatida qabul qilinsin. Download 31.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling