Tarixshunoslik va manbashunoslik


ESHITILDI: Kafedra magistranti Kenjayev Nurolimning


Download 31.24 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi31.24 Kb.
#1592263
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kafedra Magistrant Dastlabki Himoya Bayonnoma 2022-2023

ESHITILDI: Kafedra magistranti Kenjayev Nurolimning ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiya mavzusi yuzasidan axboroti

Hurmatli kafedra a’zolari, professor-o’qituvchilar! Mening magistrlik dissertatsiya mavzuim “Surxon vohasida transport tizimining shakillanishi va uning iqtisodiy-siyosiy ahamiyati” deb nomlanib, dissertatsiya 3 bob va 6 paragrafdan iborat. Dissertatsiya ishimning 100% tayyorligini inobatga olib, rasmiy himoya ruxsat berishlarini ma’lum qilaman. Dissertatsiyada ilmiy rahbarim prof. Saidov Ilhomjon Muhiddinovich bilan birgalikda Surxon vohasidagi transport tizimining shakillanishi va rivojlanishi tarixini, iqtisodiyot, harbiy strategik manfaatlari, mutaxasislarni tayyorlash, transport yo`l qurilishlari sohasida amalga oshirilgan ishlar va uning natijalari tadqiq etilgan. Hozirgacha dissertatsiya mavzusiga oid Ispaniyaning “International Journal” nomli xalqaro jurnalida 1 ta maqolam chop qilingan bo’lib, 2-maqola ham xalqaro konferensiyaga nashr qilishga berilgan. Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiya mavzusi yuzasidan taqdimot (prezentatsiya) tayyorlangan.


QAROR QILINDI:

  1. Kenjayev Nurolimning “Surxon vohasida transport tizimining shakillanishi va uning iqtisodiy-siyosiy ahamiyati” mavzusidagi dissertatsiya ishini himoya qilish uchun rasmiy himoyaga ruxsat berilsin.

  2. Dissertatsiya yuzasidan tayyorlangan taqdimot (prezentatsiya) asos sifatida qabul qilinsin.


ESHITILDI: Kafedra magistranti Habibullayeva Sevaraning ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiya mavzusi yuzasidan axboroti

Hurmatli kafedra a’zolari, professor-o’qituvchilar! Mening magistrlik dissertatsiya mavzuim “Turkistonda oziq-ovqat muammolari: ziddiyat va yechimlar (1917-1924 yillarda)” deb nomlanib, dissertatsiya 3 bob va 6 paragrafdan iborat. Dissertatsiya ishimning deyarli 50% tayyorligini ma’lum qilaman. Dissertatsiyada ilmiy rahbarim prof. Saidov Ilhomjon Muhiddinovich bilan birgalikda Turkistonda Sovet hokimyati o`rnatilguniga qadar yuzaga kelgan oziq-ovqat muamolarini tahlil etish, temir yo`llar oziq-ovqat ta`minotiga ta`siri, g`alla monopoliyasini joriy etilishi, ocharchilikka qarshi kurash, ishchi otryadlar faoliyatini yoritib berish asosiy vazifa qilib qo`yilgan. Hozirgacha dissertatsiya mavzusiga oid 2 ta maqolam Xalqaro jurnalda nashr qilishga taqdim etilgan.


QAROR QILINDI:

  1. Habibullayeva Sevaraning “Turkistonda oziq-ovqat muammolari: ziddiyat va yechimlar (1917-1924 yillarda)” mavzusidagi dissertatsiya ishi hozirda to’liq shakllanmaganligi uchun unga dissertatsiyasining yakuniy variantini tayyorlash maqsadida 2023-yil 20-mayga qadar muxlat berilsin.

  2. Dissertatsiya yuzasidan taqdimot (prezentatsiya) tayyorlansin.

  3. Habibullayeva Sevaraning dissertatsiya mavzusiga doir maqolalar nashr qilinishi zudlik bilan amalga oshirilishi ta’kidlansin.



Download 31.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling