O‘zbek ruhiyati me’mori


Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati


Download 450.1 Kb.
bet22/34
Sana23.02.2023
Hajmi450.1 Kb.
#1224482
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
Bog'liq
abdulla oripov konferens 4

Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati:


  1. Nazarov B. Abdulla Oripov. XX asr o`zbek adabiyoti tarixi. Oliy o`quv yurti talabalari uchun darslik. – Toshkent: O`qituvchi, 1999.

  2. Sharafiddinov O. SHe‘riyat – qalb yolqini // Hayot bilan hamnafas. – Toshkent: 1983; Qo`shjonov M. Onajonim, she‘riyat. – Toshkent: 1984; G`afurov I. SHe‘riyat – izlanish, kurashchanlik demakdir. – Toshkent: 1984; Qo`shjonov M., Suvon Meli. Abdulla Oripov. – Toshkent: Ma‘naviyat, 2000.

  3. G`aniyev I., Afoqova N. Ozod ruh falsafasi. – Toshkent: Fan, 2006. – B.254.

  4. A. Oripov. Tanlangan asarlar. II tom. G‘.G‘ulom. T.2001.B.90.

O. QURBONOVA
BuxDU


ABDULLA ORIPOV HAQIDAGI TERAN TALQINLAR HAQIDA


Adabiyotshunoslikda shoir va yozuvchining hayoti va ijodini o‘rganish masalasi doimo dolzarb bo‘lib kelgan. Keyingi davrda ijodkorning ijodiy qiyofasiga o‘quvchi diqqatini tortish; insoniy qalbini, ruhiyatini yaratgan asarlari tahlili orqali his ettirish; yaratgan badiiy olamining betakrorlik alomatlarini anglatish, asarlarining o‘ziga xos uslubda yaratilganligini tadqiq qilish masalasi diqqat markazda turibdi. O‘zbek adabiyotshunosligida hassos munaqqid deb tanilgan I.G‘afurov bu yo‘nalishda yirik tadqiqotlar yaratgani ma’lum. Uning A.Oripov ijodiga bag‘ishlangan obzor maqolalari, taqriz va essselari fikrimizni tasdiqlaydi.


Tanqidchi XX asrning 70-yillaridan boshlab, munaqqid A.Oripov ijodini o‘zgacha bir nigoh bilan kuzatib keladi, uning she’rlarini nihoyatda teranlik bilan talqin va tahlil qiladi. ―Ishongisi kelar odamning... obzor maqolasining ―Haqiqat, mantiq, ishontirish db nomlangan fasli A.Oripov ijodiga bag‘ishlangan. Tanqidchi shoirning
―Oilada tug‘ilsa go‘dak, ―Tmir odam, ―Muhabbat kabi she’rlarini tahlil qilar ekan, sarlavhada qo‘yilgan muammoga kitobxon diqqatini qaratadi:
Do‘stlar, ayting so‘nggan do‘stlikni Qayga olib borib ko‘marlar?
―Abdulla do‘stidan ayriliq o‘lim hissiga qaraganda ham fojialiroq ekanligiga, uni hech qaerga sig‘dirib, ko‘mib, yo‘q qilib, undan qochib, qutulib bo‘lmasligiga odamni ishontiradi. Quruq so‘z, yasama ―oh-voh bilan emas, mantiqning poetik kuchi bilan, ajib qiyos, toza qalb bilan ishontiradi. Men Abdulllaning she’rlarini o‘qiganimda ularda mantiqning poeziyaga aylanganini, haqiqatning jo‘shqinlik bilan birlashganini ko‘raman.Abdulla kitobxonni o‘ziga shularning ehtirosli kuchi bilan ishontiradi [G‘afurov. 1970.23].
Munaqqid Tong tuqqan she’riyat deb nomlangan turkum maqolalarida 70-yillar shoirlari ijodiga nazar tashlar ekan, A.Oripov haqida xolislik bilan shunday yozadi: ―Abdulla Oripovga kelganda, bu o‘ziga xos shoir haqida Asqad Muxtor va ayniqsa, Zulfiya aytgan fikrlarga jon dil bilan qo‘shilgan holda, shunigina ta’kidlab o‘tmoqchi edikki, endilikda Abdulla Oripov kechagi kungi ko‘klarga ko‘tarib, maqtashlardan, she’riyatimizning yulduzi, meteoriti deb hamdu sano o‘qishlardan yuqori ko‘tarila oldi...
Men chuqur ishonamanki, uning yetmishinchi yillar she’ri oltmishinchi yillar she’ridan farq qiladi, u yangi ohanglar, yangi vositalar topadi, yangi ifodaviylikka erishadi [G‘afurov. 1973.27].
XX asrning 80 - yillariga kelib, tanqidchi shoir she’rlarida lirik qahramon, xarakter masalasini tadqiqi etishga kirishadi: ―Abdulla
Oripovning lirik xarakterlari umumlashma qiyofa kasb etadi. Ularni shoir xarakter demaydi, ―odam- uchinchi odam, noma’lum odam, temir odam deb ishlatadi va tip darajasiga ko‘taradi. Abdulla Oripov inson mehri haqida juda teran o‘ylaydigan va e’tiborini muttasil shunga jalb qilgan ijodkor. U inson mehr bilan mukammal va go‘zal degan aqidaga qattiq ishonadi. Mehrsizlik insonni notugal maxluqqa aylantiradi. A.Oripovning xarakterlari mana shu fikrdan tug‘ilganlar [G‘afurov. 1982.13].
Yillar o‘tgan sari munaqqid shoir ijodining sirli, sehrli olamiga teran kirib boradi, shoir asarlarini chuqur va batafsil tahlil qilib, o‘quvchilar qalbiga yetib borishi uchun izlanadi. Adabiy tanqidning boshqa janrlarida ham shoir ijodini talqin etishda o‘z kuchini sinab ko‘radi. Shu jihatdan, munaqqidning esselari o‘ziga xos. Aslida ―Esse har xil mavzularda, turlicha mazmunda yaratiladigan (lirik, falsafiy, belletristik, publitsistik, tanqidiy va h.k.), erkin fikrlashga, muallif
―meni, his-tuyg‘ularining chuqurligi va teranligiga asoslanadigan janr bo‘lib, unda ijodkor o‘rni muhimdir. Esse juda keng imkoniyatlarga ega, uning erkinligi (hech kimga buysunmasligi), teranligi xos xususiyatlaridan biridir. [Axmedova. 2008.135]. Ayni shu essedagi erkinlik munaqqidga kuch berganligi, shoir ijodi haqida qalbi tubidagi ehtiromni olib chiqqanligi yaqqol ko‘rinadi. ―Orfey va Oliy jamol essesi fikrimizni dalillaydi:
―Orfey –she’r, qo‘shiq, sozning ilk sehrgari. Odamzod shoir, sozanda deganda ilk uni tanidi va o‘zi sevgan keyingi barcha shoirlarni unga o‘xshatdi.
Rostdan ham, so‘zu sozda qaydaki sehr bor, bilingki, millatidan qat’i anazar, u yerda Orfey ham bor. Demakki, Orfey o‘zbek shoiri Abdulla Orifga ham to‘g‘ridan to‘g‘ri daxldor. Ularning qavmlari bir: sehrsozlar qavmiga kiradilar [G‘afurov. 2008.135]. Bunday ohorli o‘xshatish va talqin faqatgina I.G‘afurov qalamiga mansub.
Essenavis munaqqid o‘z asarida adabiy-badiiy hodisalar haqidagi o‘z taassurotlariga, san’atkor tarjimai holi, ijodi bilan bog‘liq qiziq voqealar tasviri, tabiatning dilbar manzaralari, turli afsona va rivoyatlar, ayni mavzu haqida kitobxon bilan erkin muloqot qilishga ham keng o‘rin beradi. Yuqoridagi esseda Orfey haqidagi afsona, Lut qavmi haqidagi ilohiy qissa, bot-bot kitobxonga murojaa qilish – bularning barchasi A.Oripov ijodiga bog‘liq holda keltiriladi.
―Tanqidchi essesida ham, yozuvchi essesida ham, eng avvalo, uning ―meni aks etadi. Esseda ijod etuvchi san’atkorning adabiy o‘ylari adabiylik va emotsionallik bilan chatishib ketgan fikr-mulohazalarning ko‘rkam sintezini tashkil etadi. Zotan, esse janrining asosiy xususiyatlaridan biri - tanqidchi hissiy tafakkurining teran namoyon bo‘lishidir [Axmedova. 2008.137]. Haqiqatan ham ―Dashtlar maysasi essesini o‘qir ekanmiz, unda tanqidchining hissiy-badiiy tafakkuri ustun ekanligini ko‘ramiz.Esseda tabiat hodisalari, shoirning yurti, otasi bilan bog‘liq xotiralar, adiblar suhbati – barchasi A.Oripov shaxsiyatiga, ijodiga borib tutashadi. Tanqidchi shoirning nomini aytmaydi, A. deb yozadi, ammo
kitobxon essening markazida shoir turganini his etadi: ―Mana A.da chinakam zakovat bor.
―Ustoz,- dedi bir kun tulki tulkiga Nechun biz nishonmiz doim kulkiga!
Shu ikki qator she’rning o‘zidan istagancha zakovat nishonasini topish mumkin...
A.ning stixiyasi – zarofat...
Zakovat va zarofat – A.ning stixiyasi. Falsafiy, ta’limiy, qochirim she’rlarda u o‘z yuksak balandligiga ko‘tariladi.
A.ning ruboiylarida ham shu ikki xislat shoh xislat. Ular xuddi Badaxshonning lojuvard toshi kabi. Ko‘zingizni mayin va babaho shu’laga to‘ldiradi [G‘afurov. 2008.147].
Tanqidchining yuragidan chiqqan shu tarzdagi samimiy talqinlar shoir ijodining tub mohiyatini anglatishga yordam beradi.
I.G‘afurov ijodini kuzatar ekanmiz, u doimo iste’dodli shoirlarning ilk parvozini muhabbat bilan qarshi oluvchi taqriz, maqolalar e’lon qilganini, ular ijodini uzluksiz va muntazam ravishda hozirgacha kuzatib kelganini ko‘ramiz. Ayniqsa, A.Oripov ijodiga bag‘ishlangan tadqiqotlar ohori, o‘ziga xos talqinlari bilan o‘zbek tanqidchiligida muhim o‘rin tutadi. Munaqqid A.Oripov asarlarini tahlil va talqin etish asnosida zamonaviy o‘zbek adabiyotining yutuqlari, tamoyillari, yetishmovchiliklari to‘g‘risidagi ishonchli mulohazalarini ham o‘rtaga tashlaydi, kitobxonlarning estetik didi charxlanishiga ko‘maklashadi.
ADABIYoTLAR:

  1. Axmedova Sh. O‘zbek adabiy tanqidchiligi janrlari. Toshkent. «Fan». 2008.

  2. G‘afurov I. Joziba. Toshkent. G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. 1970.

  3. G‘afurov I. She’r bilan suhbatlar. Toshkent.1973.

  4. G‘afurov I. Lirikaning yuragi. Toshkent. 1982. .

  5. G‘afurov I. Hayo – xaloskor.Toshkent. ―SharqNMAK, 2008. 135-bet.




Download 450.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling