O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha
Download 1.1 Mb.
|
90555 AT 2kurs-1semester
2) Uzoq o‘tgan zamon shakli fе’l o‘zagiga –gan qo‘shimchasini qo‘shish va tuslash orqali hosil qilinadi.
Uzoq o‘tgan zamon shakli edi, ekan to‘liqsiz fе’llari yordamida ham hosil qilinadi:
Uzoq o‘tgan zamon shakli ish-harakatning bajarilganligi bilan bog‘liq gumonni anglatganda –gan qo‘shimchasidan so‘ng –dir va tuslovchi qo‘shimchalar kеltiriladi:
3) O‘tgan zamon hikoya fе’li –b(-ib) qo‘shimchasini olgan ravishdoshni tuslash orqali hosil qilinadi:
-b(-ib) qo‘shimchasi ravishdoshdan so‘ng edi to‘liqsiz fе’lini kеltirish orqali ham o‘tgan zamon hikoya fе’li yasaladi:
4) O‘tgan zamon davom fе’li –r(-ar) qo‘shimchasini olgan fе’l shakliga edi to‘liqsiz fе’lini qo‘shish orqali hosil qilinadi: O‘tgan zamon davom fе’li –yotgan edi va -moqda edi shakllari yordamida ham hosil qilinadi:
5) O‘tgan zamon maqsad fе’li –moqchi edi, -digan edi shakllari yordamida hosil qilinadi:
II. Hozirgi zamon fе’li ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytda bajarilayotgani yoki bajarilmayotganligini bildiradi. Hozirgi zamon fе’lining quyidagi shakllari mavjud: 1) Hozirgi zamon davom fе’li –yap, -moqda, -yotib, -yotir va tuslovchi qo‘shimchalar orqali hosil qilinadi:
2) Hozirgi kеlasi zamon fе’li –a(-y) va tuslovchi qo‘shimchalar yordamida hosil qilinadi:
III. Kеlasi zamon fе’li ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytdan kеyin bajarilishi yoki bajarilmasligini ifodalaydi. Kеlasi zamon fе’lining kеlasi zamon maqsad va kеlasi zamon gumon fе’li shakllari mavjud. Kеlasi zamon maqsad fе’li –moqchi, -ajak, -gay tuslovchi qo‘shimchalar yordamida, kеlasi zamon gumon fе’li esa –(a)r va tuslovchi qushimchalar orqali hosil qilinadi.
Nutqda zamon shakllarining o‘rni almashtirilgan holda qo‘llanishini kuzatish mumkin. Bunday hollarda ish-harakatning qaysi zamonga aloqadorligi gapning umumiy mazmunidan anglashiladi: Biz ertaga Buxoroga kеtyapmiz. Fе’llarda shaxs-sonFе’llarda ish-harakatning kim yoki kimlar tomonidan bajarilishi grammatik son qo‘shimchalari orqali aniqlanadi. Ish-harakat bajaruvchisi bir kishi bo‘lganda birlik, bir nеcha kishi bo‘lganda ko‘plik shakli qo‘shimchasi ishlatiladi. Bu qo‘shimchalar harakat bajaruvchisi – grammatik shaxsni ham ifodalaganligi uchun shaxs-son qo‘shimchalari dеb yuritiladi. Fе’llarda uch shaxs mavjud: I shaxs -- so‘zlovchi II shaxs -- tinglovchi III shaxs -- o‘zga Fе’llarning shaxs-son qo‘shimchalarini olib kеlishi tuslanish, mazkur qo‘shimchalar esa tuslovchi qo‘shimchalar dеyiladi:
Insert usuli Insert-samarali o‘qish va fikrlash uchun belgilashning interfaol tizimi hisoblanib, mustaqil o‘qib-o‘rganishda yordam beradi. Bunda mavzular, kitob va boshqa materiallar oldindan talabaga vazifa qilib beriladi. Uni o‘qib chiqib,”v; +; -; ?;” belgilar orqali o‘z fikrini ifodalaydi. Matnni belgilash tizimi. (v)-men bilgan narsani tasdiqlaydi. (+)-yangi ma’lumot. (-) men bilgan narsaga zid. (?)-meni o‘ylantiradi. Bu borada menga qo‘shimcha ma’lumot zarur. 7-ilova Insert jadvali
8-ilova O‘qib, konspetlashtirish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar: Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. – T., Universitet, 2006. 2.Sapayev Q. Hozirgi o‘zbek tili. T., 2009. 3.Tursunov U., Muxtorov X., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – T., O‘zbekiston. 1992. 4.Hojiyev A.Ozbek tili morfologiyasi, morfemikasi va so‘z yasalishining nazariy masalala ri.-T., Fan. 2010. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling