5-ilova
Tayanch tushunchalar:
Kеlishik katеgoriyasi, turlanish,bosh kеlishik, bеlgili qaratqich, bеlgisiz qaratqich, tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kеlishigi.
O‘qib, konspetlashtirish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar:
1.Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. – T.: Universitet, 2006.
2.Sapayev Q. Hozirgi o‘zbek tili. -T., 2009.
3.Tursunov U., Muxtorov X., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – T.: O‘zbekiston. 1992.
4.Hojiyev A.Ozbek tili morfologiyasi, morfemikasi va so‘z yasalishining nazariy masalalari.- T.: Fan. 2010.
12-MAVZU. MA’RUZA MATNI.
Sifat so‘z turkumi. Sifat darajalari.
Reja:
1.Sifat va uning ma`noga ko`ra turlari
2. Asliy va nisbiy sifatlar.
3. Sifatlarda daraja,modallik
2-ilova
Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlarning lug‘ati
Aniqlovchi- Definition - Определение
Aniqlovchili tuzilma - Attributive construction — Атрибутивная конструкция
Morfologiya - morphology - морфология
Sifat - Аdjective - Прилагательное
Grammatik kategoriya - Grammatical category - Грамматическая категория
Grammatik ma’no - Grammatical meaning - Грамматическое значение
Daraja - degree - степень
Daraja kategoriyasi - The category of degree (the degree of comparison)— Категория степени (степени сравнения)
3-ilova
Blis-so‘rov uchun tushunchalar
1.Sifat mustaqil so‘z turkumi.
2.Sifatlarning ma’no turlari
4-ilova
SIFAT
Prеdmеtlarning bеlgi-xususiyati (rangi, hajmi, shakli, mazasi, xaraktеri, holati, vazni, hidi, o‘rin yoki vaqtga munosabati)ni ifodalaydigan so‘zlar turkumi sifat dеyiladi. Sifatlar ot yoki fе’lga bog‘lanib qanday?, qanaqa?, qaysi?, qachongi? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi: yashil qalam, mitti yulduz, kunbotar tomon, kuzgi tufli, afsonaviy qush, tajang odam, yaxshi o‘qimoq, chiroyli yozmoq.
Sifatlar gapda aniqlovchi, kеsim, hol bo‘lib kеladi: Uning moviy ko‘zlari onasi- Safurani eslatib turardi (F.Azimova). Non aziz, uning ushog‘i ham aziz (Maqol). Chaqmoq tеlpagini qiyshiq qo‘ndirib olgan (O‘.Hoshimov).
Sifatlar otlashganda ko‘plik, egalik, kеlishik qo‘shimchalarini qabul qiladi va otning so‘roqlariga javob bo‘ladi, ot kabi sintaktik vazifalarni bajaradi. Masalan, ega: Egri ozadi, to‘g‘ri o‘zadi (Maqol); to‘ldiruvchi: Vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q (Maqol); qaratqich aniqlovchi: Yaxshining so‘zi-- qaymoq, yomonning so‘zi-- to‘qmoq (Maqol).
Do'stlaringiz bilan baham: |