O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha
Download 1.11 Mb.
|
118332 Majmua 2-kurs, 3-4 semestr
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘z yasalish strukturasi tahlili
- Morfologik struktura tahlili
- So‘z yasash asoslari
- So‘z turkumlarida so‘z yasalishi
- -(i)nchi
- OT YASALISHI
- Affiksatsiya usuli bilan ot yasalishi
TAHLIL NAMUNASI:
Morfem struktura tahlili (So„zning eng kichik ma’noli qismlari va ularning turlari aniqlanadi). terimchilarni: ter=o„zak, -im=s.yas.aff., -chi=so„z yas.aff., -lar=kat.shak. yas.aff., -ni = kat.shak. yas.aff; baliqchilikdan: baliq= o„zak, -chi = so„z yas.aff., -lik= kat.shak. yas.aff., - d an= kat.shak. yas.aff; to‘qimachilikni: to‘qi= o„zak, -ma= so„z yas.aff., -chi = so„z yas.aff., -lik=so„z yas.aff., -ni = kat.shak. yas.aff; dehqonchilikda: dehqon= o„zak, -chilik = so„z yas. aff., - da =kat. shakl yas. aff; ko‘pchilikning: ko‘p = o„zak, -chilik = so„z yas. aff., -ning =kat. shakl yas.aff; Mirzacho‘llik: Mirza = o„zak, cho‘l = o„zak, -lik so„z yas. aff; Kattaqo‘rg‘ondan: Katta = o„zak, qo‘rg‘on= o„zak, dan =kat. shakl yas. aff; ishlagan: ish= o„zak; -la = so„z yas.aff., - gan=nok. shakl yas.aff. So‘z yasalish strukturasi tahlili: (yasalmani hosil qiluvchi qismlar ajratiladi). temir: temir so„z; temirchi: temir= yasovchi asos, -chi =yasovchi affiks (temirchi=yasalma); temirchilik: temirchi=yasovchi asos, -lik =yasovchi affiks (temirchilik = yasalma); kimyogar: kimyo =yasovchi asos, -gar =yasovchi affiks (kimyogar=yasalma); kimyogarchilik: kimyogar =yasovchi asos, -chilik =yasovchi affiks (kimyogarchilik =yasalma); o‘rtoqchilik: o‘rtoq=yasovchi asos, -chilik =yasovchi affiks, (o‘rtoqchilik= yasalma); Yangiyo‘l: Yangi=yasovchi asos, yo‘l=yasovchi asos, (Yangiyo‘l = yasalma); noo‘rin: no=yasovchi affiks, -o‘rin = yasovchi asos, (noo ‘rin= yasalma); serhosil: ser=yasovchi affiks, -hosil= yasovchi asos, (serhosil = yasalma); serma 'noli: serma’no= yasovchi asos, - li=yasovchi affiks, (serma’noli = yasalma); Morfologik struktura tahlili: (so„zshakl hosil qiluvchi qismlar ajratiladi). ishlar: ish=shakl yasovchi asos, -lar=shakl yasovchi affiks, (ishlar =so„z shakl); ishchilar: ishchi=shakl yasovchi asos, -lar=shakl yasovchi affiks (ishchilar= so„zshakl); ishchilarni: ishchilar = shakl yasovchi asos, -ni = shakl yasovchi affiks, (ishchilarni= so„zshakl); ishchilarimizning: ishchilarimiz=shakl yasovchi asos, -ning = shakl yasovchi affiks (ishchilarimizning = so„zshakl). Eslatma. Agar leksemaning tarkibida yasovchi qism qatnashmasa, u “so„z” termini bilan nomlanadi. So‘z yasash asoslari So„zshakl tarkibida leksik ma’no anglatuvchi qism bilan grammatik ma’no bildiruvchi qism farqlanadi. So„zshaklning leksik ma’no bildiruvchi qismi leksema deyiladi. Leksema grammatik ma’no ifodalovchi qism, shuningdek, so„z yasovchi qo„shilishi uchun asos bo„lib xizmat qiladi. Yasash asosi bo„lib kelgan leksema tub yoki yasama bo„ladi. Tub leksema tarkibida yasovchi affiks bo„lmaydi: ish-lar-im, bil- a-man, o‘qi-di-m, sez-gan-san kabi so„zlarning ish, bil, o‘qi, sez qismi tub bo„lib, o„zakka teng keladi. Yasama leksema esa tub leksemaga yasovchi affiks qo„shilishidan yoki birdan ortiq leksemaning qo„shilishidan hosil bo„ladi: ish-chi-larga, bil-im-larni, sez-gir, zamon-dosh-larim, chim-qirqar, sho ‘r-quduq kabi. Yasama leksema ma’noli qismlarga bo„linadi, chunki tilda yasama leksema bilan yonma-yon tub leksema ham mavjud bo„ladi. Jumladan, shaharlik, ishchan, kitobxon, bugungi, ko‘kar kabi yasama leksemalar ma’noli qismlarga - morfemalarga bo„linadi. Shunki hozirgi o„zbek tilida bu yasalmalarning hosil bo„lishiga asos bo„lgan shahar, ish, kitob, bugun, ko‘k kabi leksemalar ham ishlatiladi. Tilda leksema iste’moldan tushib qolsa yoki uning yasama leksema bilan aloqasi, bog„liqligi yo„qolsa, yasama leksemaning morfemalarga bo„linish xususiyati ham yo„qoladi, natijada yasama leksema tub leksemaga aylanadi. Tub leksemalar bilan uzviy aloqada bo„lgan yasama leksemalar tilda ikki holatda - mustaqil ishlatiladigan leksema sifatida ham, affiks yoki boshqa leksema bilan birgalikda, bog„liq holda ham mavjud bo„ladi. Jumladan, yo‘ldosh, go‘zallik, tutqich, devoriy kabilar yasama leksemadir. Ular hozirgi o„zbek tilida mustaqil ishlatiladigan yo‘l, go‘zal, tut, devor kabi tub leksemalardan yasalgan. Yuksak, yuksal kabilar ham yasama leksema, lekin ular tarkibidagi yuk, yuksa qismlari hozirgi tilda mustaqil ishlatilmaydi, balki bog„liq asos tarzida mavjud. (tarixiy yasalish). Tub leksema bilan yasama leksema faqat morfologik jihatdangina emas, balki leksik ma’no anglatishi tomonidan ham bir-biridan farq qiladi. Tub leksemaning ma’nosi bevosita shu leksemaning o„ziga asoslanadi. Yasama leksemaning ma’nosi esa uning tarkibidagi qismlarning - yasovchi asos va yasash vositasining ma’nolari orqali yuzaga chiqadi. Masalan, daraxt, suv, paxta, tuz, qo‘l kabi tub leksemalar borliqdagi narsalarni bevosita, to„g„ridan-to„g„ri anglatadi, ular shu narsalarning tildagi shartli atamasi hisoblanadi. Daraxtzor, suvchi, paxtakor, tuzdon, qo‘lqop singari yasama leksemalarning ma’nosi esa tarkibidagi qismlar ma’nosiga asoslanadi, shular orqali anglashiladi: daraxtzor — «daraxt ko‘p bo‘lgan joy»; suvchi- «sug„orish, suv berish bilan shug„ullanuvchi shaxs»; paxtakor - «paxta etishtirish bilan shug„ullanuvchi shaxs»; tuzdon - «tuz solib qo„yishga mo„ljallangan idish»; qo‘lqop - «qo„lga kiyish uchun mo„ljallangan narsa» kabi. Yasash asosi bo„lib tub leksema ham, yasama leksema ham xizmat qiladi. Masalan, terim, bilim, yig‘im, o‘rim otlari uchun yasash asosi bo„lib tub fe’l leksemalar xizmat qilgan, terimchi, bilimdon, gulchilik kabi yasama otlarda terim, bilim, gulchi yasama leksemalari yasash asosi bo„lib kelgan, terimchilik, bilimdonlik, to‘qimachilik, og‘machilik kabi yasama otlarda esa terimchi, bilimdon, to‘qimachi, og‘machi yasama leksemalari yasash asosi vazifasida kelgan. So„z tarkibidagi morfemalarni to„g„ri ajratish yasash asosining va yasovchi vositaning tarkibini, chegarasini to„g„ri hisobga olish katta ahamiyatga ega. Jumladan, gulchilik, uzumchilik, baliqchilik kabi yasama leksemalarda gulchi, musiqachi, baliqchi leksemalari yasash asosi hisoblanadi. Ko‘pchilik, ozchilik, dehqonchilik kabilarda esa yasash asosi ko‘p, oz, dehqon leksemalaridir, chunki tilda ko‘pchi, ozchi, dehqonchi shaklidagi leksemalar yo„q. Yasama leksema tuzilishiga ko„ra sodda va qo„shma bo„ladi. Sodda leksema tub leksemaga leksema yasovchi affiks qo„shilishi bilan yasaladi: bola-lik, ish-la, dars-lik, terim-chi kabi. Qo„shma leksema ikki va undan ortiq leksemaning qo„shilishidan hosil bo„ladi: Mirza-cho‘l, karnay-gul, anjir- shaftoli, otash-qalb, ko‘k-sulton, tuya-qush kabi. So‘z turkumlarida so‘z yasalishi So„z yasalishi hodisasi mustaqil so„z turkumlariga xos bo„lsa ham, lekin so„z yasashning biror usuli bilan yangi so„z hosil qilish so„z turkumlarining barchasi uchun birdek emas. Masalan, hozirgi o„zbek tilida eng mahsuldor usul - affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan so„z yasash ot, sifat, fe’l va ravish turkumlari uchun xarakterlidir. Son turkumida esa affiksatsiya usuli bilan ham, kompozitsiya usuli bilan ham miqdor bildiruvchi yangi so„z (yangi son) yasalmaydi. Sonlarga qo„shiluvchi -(i)nchi (uchinchi, beshinchi, ikkinchi), -ta (ikkita, uchta, beshta) kabi affikslar yangi miqdor bildiruvchi son hosil qilmaydi, balki son (miqdor) tushunchasini o„zgartmagan holda, unga tartib, dona kabi ma’nolar qo„shadi, xolos: O‘n besh, besh yuz, besh yuz ming, besh yuz million, o‘n ming, o‘n besh ming kabilarda har bir so„z (son) o„z ma’nosida qatnashadi, ular birikib yangi bir so„z (son)ni hosil qilmaydi. Olmoshlar boshqa turkumga oid so„zlar o„rnida qo„llanuvchi, umumiylik xususiyatiga ega so„zlar bo„lganidan yangi so„z yasalish hodisasi bu turkumda deyarli yo„q darajadadir. OT YASALISHI Hozirgi o„zbek tilining lug„at tarkibida ot turkumi juda ko„p so„zlarni birlashtiradi. Boshqa so„z turkumlariga nisbatan ot turkumining yangi so„zlar bilan boyib borishi ancha faol va uzluksiz davom etadi. Ot turkumining boyib borishi o„zbek tilining asosan o„z ichki vositalari asosida, shuningdek, boshqa tillarning ta’sirida sodir bo„ladi. Hozirgi o„zbek tilida otlar quyidagi usullar bilan yasaladi: 1) affiksatsiya usuli, 2) kompozitsiya usuli. Bular so„z yasashning faol usullari hisoblanadi. Bulardan tashqari, qisman fonetik usul va semantik usul bilan yasalgan otlar ham bor. Affiksatsiya usuli bilan ot yasalishi Affiksatsiya usulida yasovchi asosga maxsus affiks qo„shish orqali ot hosil qilinadi. Bu usul hozirgi o„zbek tilida ot yasalishining eng faol, eng mahsuldor usullaridan biri hisoblanadi. Affiksatsiya usuli bilan ot yasashda ot, fe’l, sifat, ravish va boshqa turkum so„zlari asos bo„lib xizmat qiladi. Shunga ko„ra bu otlar uch turga bo„linadi: 1) ot asosidan yasalgan otlar; 2) fe 'l asosidan yasalgan otlar; 3) boshqa so‘z turkumlaridan (sifat, ravish, son, taqlidiy so‘z kabilardan) yasalgan otlar. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling