«O‘zbek tili» fanidan oraliq nazorat savollari (Ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi I bosqich talabalari uchun) I variant


Download 148.5 Kb.
bet1/5
Sana18.02.2023
Hajmi148.5 Kb.
#1209788
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Oraliq nazoratga testlar


«O‘zbek tili» fanidan oraliq nazorat savollari
(Ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi I bosqich talabalari uchun)


I variant
1. ц tovushi so‘z boshida kelganda qaysi harflar bilan yoziladi?
A. t harfi bilan B. ts harflari bilan C. Faqat s harfi bilan D. sh harfi bilan
2. ba ’zan, ta ’til, she’r, e’lon fe’ l, shu’la so‘zlarida tutuq belgisi qanday vazifani bajargan?
A. Tarkibida yonma-yon kelgan s va h harflari ikki mustaqil tovushni ifodalaydigan so‘zlarda ushbu harflarni sh deb o‘qimaslik uchun.
B. Undoshlardan so‘ng qo‘llanib, so‘zda tovush tutilishi (tutuq), bo‘g‘inni ajratib aytish uchun.
C. So‘zlarda ikki xil belgi (ko‘chish va tutuq belgilari) ketma-ket kelib qolishini e’tiborga olib, bunday so‘zlar tutuq belgisiz yoziladi.
D. So‘zda ayrim unli tovushlaridan so‘ng ovoz biroz tutilib, shu unlining cho‘zibroq tallafuz qilinishini ifodalash uchun.
3. «O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi» bandi Davlat tili haqidagi Qonunning qaysi moddasida berilgan?
A. Davlat tili haqidagi Qonunning 5- moddasida. B. Davlat tili haqidagi Qonunning 3- moddasida.
C. Davlat tili haqidagi Qonunning 2- moddasida. D. Davlat tili haqidagi Qonunning 7- moddasida.
4. Baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab, ham, bop so‘zlari yordamida yasalgan qo‘shma so‘zlar qanday yoziladi?
A. Qo’shib yoziladi. B. Ajratib yozilai.
C. Chiziqcha bilan yoziladi. D. Defis bilan yoziladi.
5. Narsani boshqa bir narsaga qiyoslash orqali hosil qilingan qo‘shma so‘zlar qanday yoziladi?
A. Ajratib yoziladi: har kim, bir zum hech narsa, o’sha joyda.
B. Qo’shib yoziladi: toshbaqa, oybolta, sherdil, otquloq.
C. Ajratib yoziladi: olib keldi, o’qib chiqdi, oshkor etdi, sotib oldi.
D. Chiziqch bilan yoziladi: onam-la keldim, sen-chun.
6. «…gapda so‘zlar tartibi ancha erkin bo‘ladi. Ko‘proq sodda gaplar, to‘liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi…» Ushbu ta’rif qaysi nutq uslubining xususiyatlariga tegishli?
A. Badiiy uslubning morfologik xususiyatlariga
B. So‘zlashuv uslubining leksik xususiyatlariga
C. Rasmiy uslubning sintaktik xususiyatlariga
D. So‘zlashuv uslubining sintaktik xususiyatlariga.

Download 148.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling