O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek tili morfonologiyasi
Bo‘g‘in tuzilishi
So‘z yoki morfema tarkibidagi morfonologiya jarayoni ko‘p hollarda bo‘g‘in strukturasi bilan bog‘liq. Bo‘g‘in so‘zning fonetik bo‘lagi sifatida barcha tillarga xos universaliyadan biridir. Shu bilan birga, har qaysi tilda bo‘g‘in strukturasining boshqa tillardan farq qiladigan o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud. 21
Turkiy tillarda ibora, gap, so‘z birikmalari va ayrim so‘zlar strukturasi bo‘g‘inning ekspirator xususiyatga ega ekanini va shu orqali boshqa tillar bilan umumiylik kasb etishini ko‘rsatadi. Bo‘g‘in nutqning artikulyatsion-akustik segmentlari – bo‘g‘in hosil qiladigan havo oqimining muskul kuchlanishi bo‘linishi bilan bog‘liq. Shuningdek, bo‘g‘inlarning allofonlari tarkibida turkiy tillarning o‘ziga xos xususiyatlari ham namoyon bo‘ladi. Turkiy so‘zlar bir yoki bir necha bo‘g‘inlardan, bo‘g‘in esa, o‘z navbatida, bir yoki bir necha allofonlardan tashkil topadi. Bo‘g‘in va fonema so‘z tovush strukturasining asosiy birliklaridir. Fonema minimal birlik sifatida ma’lum fonetik pozitsiya va qurshovga muvofiq holda allofon sifatida reallashadi. Shunday qilib, so‘z tovush strukturasining asosiy birliklaridan biri, uning tarkibida ham unli, ham undosh fonemalarning allofonlari shakllanadi. Demak, har bir so‘z ma’lum bo‘laklarga – ma’lum pauza bilan ajralgan bo‘g‘inlarga, bo‘g‘in esa fonema allofonlariga bo‘linadi.
21 Сравнительно-историческая грамматика тюркских языков. Фонетика. – С.424. Turkiy tillarda bo‘g‘in hosil qiluvchi element unli tovushlar hisoblanadi. Shuning uchun bo‘g‘in miqdori so‘z tarkibidagi unlilar miqdori bilan belgilanadi. Turkiy so‘zlar bo‘g‘in strukturasi ham xuddi o‘zak morfema strukturasi kabi quyidagi to‘rt tipdan iborat: G, SG, GS va SGS. Turkiy tillar tarixiy taraqqiyotining keyingi etapida ichki taraqqiyot va tashqi ta’sir natijasida bo‘g‘in strukturasi yana ikki tur – GSS, SGSS bilan boyidi. Natijada turkiy so‘zlar bo‘g‘in strukturasining olti modeli vujudga keldi. Bundan G, SG ochiq, qolganlari esa yopiq bo‘g‘inlar modelidir. Ko‘rinib turibdiki, turkiy tillarda bo‘g‘in strukturasi turkiy o‘zak morfema fonetik strukturasi bilan bir xillikka ega (o‘zbek tilining taraqqiyot bosqichiga oid baynalmilal so‘zlarning SSGS (sprav-ka) tipidagi birinchi bo‘g‘in modellari bunga kirmaydi). Faqat ikkinchi va undan keyingi bo‘g‘inlar fonetik strukturasi uni tashkil etgan allofonlarning sifati jihatidan farq qiladi. Shu tufayli morfema va bo‘g‘inlarning yuqoridagi olti modeli va uni tashkil etgan allofonlar xususiyatlari haqida so‘z strukturasi bo‘limiga qarang.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling