2. So‘z va morfemaning ma’lum qurshovdagi variatsiyalari
A. Agglyutinatsiya jarayonidagi almashinuvlar
Garchi agglyutinativ tillarda o‘zak va affiks morfemalarning chegarasi aniq
va o‘zakka affiks morfemalar qo‘shilishi o‘zak fonetik strukturasini keskin
o‘zgartirib yubormasligi tipik bo‘lsa-da, ammo bu narsa agglyutinatsiya jarayonida
o‘zak hech qachon o‘zgarishga uchramaydi degan xulosani keltirib chiqarmaydi.
Turkiy tillarda ham agglyutinatsiya jarayonida yuzaga kelgan ko‘p bo‘g‘inli
so‘zlarning o‘zak va affiks morfemalari oralig‘ida yoki birinchi morfemasi
tarkibida fonologik qimmatga ega bo‘lmagan turli xil o‘zgarishlar ro‘y berishi
mumkin. Bu o‘zgarishlar morfonologik qimmatga egadir. Affiks morfemalarning
o‘zak morfemaga qo‘shilishi natijasida o‘zak morfema fonologik sostavida ro‘y
beradigan o‘zgarishlar turkiy tillarda ham mavjud fuziya elementlaridan dalolat
beradi.
22
Agglyutinatsiya jarayonida o‘zak va affiks morfemalar oralig‘ida
quyidagi morfonologik holatlarni kuzatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |