Affiks morfemalar tuzilishi
O‘zbek tili affiks morfemalarining fonetik (fonologik) strukturasi ham o‘zak
morfemalar strukturasi kabi quyidagi tiplarga ega: undosh + unli + undosh (-qiz:
yotqiz, -qar: boshqar), (unli) + undosh (-m: bolam, -im: boshim), undosh + unli (-
qi: chopqi, -gi: kuzgi), unli (-a: yasha, -i: boyi). Bulardan unli + undosh, ya’ni (G)
S tipi o‘zak morfema auslautidagi fonema xarakteridagi (unli yoki undosh ekaniga)
ko‘ra ikki variantli, ya’ni bir morfemalarning ikki allomorfi holida reallashadi: unli
bilan tugagan o‘zak morfemaga S, undosh bilan tugagan o‘zak morfemaga GS
varianti qo‘shiladi.
Affiks morfemalarni shakllantiruvchi unli fonemalar cheklangan. Bunday
morfemalar tarkibida faqat i, u, a, o fonemalarigina ishtirok etadi. E, o‘ fonemalari
esa affiksal morfemalar tarkibida ishlatilmaydi. Shu bilan birga, affiks morfemalar
fonetik strukturasi sifat jihatidan yetakchi morfemaning fonetik strukturasiga
bog‘liq bo‘ladi (bu haqda singarmonizm bahsida alohida ma’lumot beriladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |