O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti


Fe’llar: munosib bo’lish, olish, yuksalmoq, sevmoq, yetishish. 33-mavzu: Fe’llarning tuslanishi va fe`l nisbatlari


Download 1.56 Mb.
bet61/126
Sana08.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1665858
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   126
Bog'liq
O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va quril-fayllar.org

Fe’llar: munosib bo’lish, olish, yuksalmoq, sevmoq, yetishish.

33-mavzu: Fe’llarning tuslanishi va fe`l nisbatlari

Reja:
1.Fe’llarning tuslanishi
2.Fe`l nisbatlari tushinchasi.
3.Aniqlik va o`zlik nisbati.
4.Majhullik va birgalik nisbati.
5.Orttirma nisbati

Fe’llar birlik va ko’plikda bo’ladi. Birlik harakatining bir kishi tomonidan, ko’plik esa birdan ortiq kishi tomonidan bajarilganini bildiradi.


Fe’llarda uch shaxs bor:1-shaxs harakatining so’zlovchi tomonidan,2-shaxs harakatning tinglovchi tomonidan, 3-shaxs harakatning o’zga (boshqalar) tomonidan bajarilganini bildiradi.
Fe’lning shaxs-son qo’shimchalarini olib o’zgarishi tuslanishdeyiladi.
Fe’llardagi shaxs-son qo’shimchalarituslovchi qo’shimchalarham deyiladi.


shaxs


birlik


ko’plik


1-shaxs


yozdim, yozaman, yozay(in)


yozdik, yozamiz, yozaylik


2-shaxs


yozding, yozasan, yoz(gin)


yozdingiz, yozasiz, yozing(iz)


3-shaxs


yozdi, yozadi, yozsin


yozdi(lar), yozadi(lar), yozsin(lar)


Fe’l nisbatlari
Fe’lda ish-harakat bilan uning bajaruvchisi orasidagi munosabatning ifodalanishife’l nisbatideyiladi (ayrim darsliklarda daraja deyiladi. Fe’l nisbatlari 5 xil:


1.Aniqlik nisbatidagi fe’llar (ayrim darsliklarda bosh daraja deyiladi) harakatning ma’lum shaxs yoki predmet tomonidan bajarilishini bildiradi va ularda maxsus nisbat qo’shimchalari bo’lmaydi: o’qidi, kelyapti, bormoqchi.

2.O’zlik nisbatdagife’llar ish-harakatningboshqa buyumgao’tmay bajaruvchining o’zida qolganini anglatadi.Bunday fe’llar unli bilan tugagan negizga –n, -l; undosh bilan tugagan negizga –in, -ilqo’shimchasi qo’shish bilan hosil qilinadi (bir-ikkita fe’lda –(n)shqo’shimchasi bilan yasalish bor: kerishdi, joylashdi): tarandi, sevindi, sudraldi. Quvondi, faxirlandife’llari ham o’zlik nisbatidagi fe’llardir. Yayra, qichqir, uxla, bor kabi fe’llardan o’zlik nisbat yasalmaydi.

3.Majhul nisbatdagi fe’llar ham –n, -in, -l,- il qo’shimchalari yordamida hosil qilinadi: to’qildi, to’plandi, ochildi, olindi.
O’zlik va majhul nisbatdagi fe’llar bir xil qo’shimcha yordamida hosil bo’lganda, ularning qaysi nisbatdaligi gap mazmunidan yoki fe’ldan oldin o’zi so’zini keltirib ko’rish bilan aniqlanadi: Mukofotlar berildi. Alisher o’qishga berildi (1-fe’l majhul, 2-fe’l o’zlik nisbatlaridir).


4.Birgalik nisbatidagi fe’llar ish-harakatining bir necha shaxs yoki narsa-buyum tomonidan birgalikda bajarilganligini bildiradi va unli bilan tugagan negizga –sh, undosh bilan tugagan negizga –ishqo’shimchasini qo’shish bilan yasaladi: Bunday fe’llar ish-harakatning bir necha shaxs yoki narsa tomonidan bajarilganligini yoki birgalik-ko’plik ma’nolarni ifodalaydi: Karim va Ahmad maqola yozishdi . Bolalar paxta terishdi.Bahslash, gaplashdi, yordamlashdi fe’llari ham birgalik nisbatidadir.


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling