O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti


Download 1.56 Mb.
bet62/126
Sana08.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1665858
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   126
Bog'liq
O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va quril-fayllar.org

5.Orttirma nisbatdagife’llar ish-harakatining boshqa biror shaxs yoki narsa-buyum vositasida bajarilganligini bildiradi va–t, -tir-, -dir,-ir,-ar, -iz, -giz, -qiz, -g’iz, -sat qo’shimchalari yordamida hosil qilinadi: o’qit, keltir, yozdir, bitir, uchir, pishir, qochir, ochir, toshir, chiqar, qaytar, tomiz, emiz, oqiz, yurgiz, turg’iz, ketkiz, tutqaz, o’tkaz, ko’rsat.
Ayrim fe’llar orttirma nisbat shaklida yangi ma’no ifodalaydigan bo’lib qoladi va shuning uchun ularni aniq nisbatda qo’llab bo’lmaydi: erkalamoq – erkalatmoq (ikkala shaklda ham orttirma nisbat ma’nosini ifodalayapti).
Bir fe’lga ikki-uch hil orttirma nisbat qo’shimchasi qo’shilishi mumkin: Yegiz yegizdir, yozdiryozdirtir.
Fe’lning orttirma nisbati o’zlik va birgalik nisbatdagi fe’llardan ham hosil qilinishi mumkin: yuvintir, yig’ishtir.
Orttirma nisbatdagi fe’llardan birgalik va majhul nisbatdagi fe’llar hosil qilinishi mumkin: isitildi, yozdirishdi.
Birdan ortiq nisbat qo’shimchalarini olgan fe’llarning qaysi nisbatdagi oxirgi nisbat qo’shimchasiga qarab belgilanadi: yuvintirdiorttirma nisbat,yuvintirildimajhul nisbat, yuvintirishdi – birgalik nisbat.

Tayanch so`zlar: ish–harakat, nisbat, aniqlik, o`zlik, majhul, birgalik, orttirma.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Qaysi milliy bayramlarimizni bilasiz?
2.Qaysi va zamonaviy bayramlarimizni bilasiz?
3.Aniqlik va o`zlik nisbati haqida gapiring.
4.Majhullik va birgalik nisbati haqida gapiring.
5.Orttirma nisbati haqida gapiring.

Topshiriqlar

1-topshiriq:Quyidagi qo’shma fe’llarni fe’l nisbatlari bilan qo’llab gaplar tuzing.
Bajara olasan, ishlab yuribman, so’zlab berdik,borib kelamiz, ishlab turibsiz.


2- topshiriq:O’zbek tiliga tarjima qiling va fe’llarni nisbat shakllariga aylantiring.
Хаким изложил свою точку зрения. 2. Ты можеш перевести это на узбекский язык? 3. На нашем факультете организована работа кружка молодых поэтов и писателей. 4. На дом было задано выучить стихотворение Айбека «Na’matak».


3-topshiriq:Quyidagi gaplardagi fe’llarni nisbat qo’shimchalari bilan qo’llang.
1.Maqolning mazmunini so’zlab bering. 2. Do’stingdan iltimos qilib tur. 3. Hozircha mana shu kitobdan foydalanib turamiz. 4. Nikolay o’zbekcha kitoblarni o’qib turadi. 5. Men hozir dam olib yuribman. 6. Ertaga qishloqqa borib kelaman.



Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling