O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti


Download 1.56 Mb.
bet64/126
Sana08.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1665858
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   126
Bog'liq
O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va quril-fayllar.org

-Hozirgi-kelasi zamon fe’llari–a yoki –yqo’shimchalari yordamida hosil qilinadi: boraman, kelasan, o’qiyman.

3.Kelasi zamon fe’llari nutq paytidan keyin bajariladigan yoki bajarilmaydigan ish-harakatini bildiradi va ikki turga ajratiladi:

-Kelasi zamon maqsad fe’llari–moqchi qo’shimchasi yordamida yasaladi: bormoqchiman,kelmoqchisan.

-Kelasi zamon gumon fe’llari –(a)p qo’shimchasi yordamida yasaladi: borarman, kelarsan, oqirman.

Zamon shakllarining bir-biriga ko’chishi
1) o’tgan zamon –di bilan yasalgan shakli kelasi va hozirgi zamon ma’nolarida qo’llanadi: Hozir qayoqqa ham bordik.
2) –gan bilan yasalgan shakl hozirgi zamon ma’nosida qo’llanadi: Birov kitob o’qigan, kimlar shaxmat atrofida.
3) hozirgi zamon fe’lining kelasi zamon ma’nosida qo’llanishi ket, bor, yubor, boshla kabi fe’llar doirasida uchraydi: Bularni boshqa polkka yuboryapmiz.
4) hozirgi zamonning o’tgan zamon ma’nosida qo’llanishi ko’p uchraydigan holatdir: Bir kun qarasam, darchani buzaman deb bolta ko’tarib kelayotibti.

Tayanch so`zlar: Fe’l, zamon, o’tgan, hozirgi, uzoq yaqin, davom, kelasi, maqsad, gumon.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.O’tgan zamon fe’li ifodalanishi haqida gapiring.
2.Hozirgi zamon fe’li ifodalanishi haqida gapiring.
3.Kelasi zamon fe’li ifodalanishi haqida gapiring.

Topshiriqlar

1-topshiriq:Fe’llarni tegishli shaklda qo’llab gaplarni ko’chiring.
1.Abror bolaligida juda to’polonchi (bo’lmoq). 2. Тoshkent shahridagi ko’plab uylar zilziladan keyin (qurilmoq). 3. Тog’amni ko’rgani kasalxonaga (bormoq). 4. Men Navoiy nomli 1-maktabni (bitirmoq). 5. Sayohatga (otlanmoq) do’stlarimizni vokzalgacha (kuzatib bormoq). 6. Shahrimiz keyingi yillarda ancha (ko’rkamlashmoq).


2-topshiriq:O’tgan zamon fe’llarini hozirgi va kelasi zamon fe’llariga aylantiring.
Men bu yili Тoshkent Axborot texnologiyalari universitetiga o’qishga kirdim. 2. Dadam kecha bir qancha kitoblar olib keldilar. 3. Hozir Тoshkentda ko’plab yangi binolar qurildi. 4. Katta opam tibbiyot institutini tamomladi. 5. Bolaligimda balandlikdan qo’rqar edim. 6. Uning o’zi ham ilgari sport bilan shug’ullanardi.


3-topshiriq:Gaplarni o’zbek tiliga tarjima qiling va fe’l zamonlarini aniqlang.
В этом году в наш университет поступило около 10.000 заявлений. 2. Mы все были рады твоему поступлению в институт. 3.В этом году я был в командировке в городе Карши. 4. Я никогда не был в этих местах. 5. K нам в университет приехали знаменитые преподаватели. 6. Сегодня мы были в музее истории Тимуридов.



Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling