O`zbek tili so`z birikmalar. Jabbarov R
III Bob. Ko`makchi otlar vositasida hosil bo`ladigan birikmalar
Download 487.27 Kb. Pdf ko'rish
|
f53428e7aaca00e6b3b95ea69b821aa7 O`zbek tili so`z birikmalarining XX asrdagi taraqqiyoti masalalari
84 III Bob. Ko`makchi otlar vositasida hosil bo`ladigan birikmalar taraqqiyoti masalalari. 3.1 O`rin ma`noli ko`makchi otlar vositasida tuzilgan boshqaruvli birikmalar. Tomon ko`makchili birikmalar. Bu ko`makchi ot o`z leksik ma`nosidan chetlashib, ko`makchi funktsiyasida qo`llanadi. U jo`nalish formasidagi so`z bilan birikib, harakatning ma`lum o`ringa yo predmetga yo`nalganligini, harakatiing kelib chiqish o`rnini, shuningdek, biror o`rinda sodir bo`lganligini anglatadi. Sanab o`tilgan ma`nolarning ifodalanishi nuqtai nazaridan bu ko`makchili konstruktsiyalar o`zbek tilining keyingi taraqqiyoti davrida deyarli o`zgarishga uchramadi. Biroq 20—30-yillar materialida u qaratqich kelishigini ham boshqargan. Qaratqich formasini asosan kishilik olmoshi qabul qilgan: Bu voqtlordo uning tomonidan Movarounnahrgina emas, balki Eron ham Arabistonning bir qismi zabt qiling`on edi. Mening tomonimdan 1923 nchi yilning yozida yozilg`on edi. Qipchoqlar bizning tomondan otilgan miltiq o`qlariga chidolmay Samarqand darbozasini tashlab, Kamalon darbozasiga yuzlandila.(O`.k). 20—30-yillarda tomonidan ko`makchisi bilan birikkan ot bosh kelishik formasida ham qo`llangan: Mana shu masalalar haqida quriltoy tomonidan chiqorilg`on 15 moddalik qarorni ish maydonida amalga oshirish har bir sho`ro ziyolisi maorifi ishchilarining zo`r vijdoniy vazifalaridir.Yuqorida Otabek tomonidan olingan maktubning haqiqati mana shu yo`sindaxiyonatning natijasi edi... (O`.k)...chunki otabek Kumush tomonidan so`kilgan va tashlangan edi. Bu xabarlar ko`pchilik tomonidan juda oddiy ortiqcha sovuqqonlik bilan qarshi olindi (O`.k). Oldida ko`makchili birikmalar. 20—30-yillar materiali bu ko`makchining qoshida ko`makchisi funktsiyasida ham qo`llanganini ko`rsatadi: O`zbekiston xalq maorif qo`misorlig`ining ilmiy markazi 85 oldida o`lkani o`rganish markazi buyrosi, o`zbeklarni o`rganish qo`mitasi tuzilib muayyan reja bilan ishlashka kirishdilar. Hozirgi adabiy tilda bunday semantikali konstruktsiyalarda qoshida ko`makchisining qo`llanishi qat`iy normalashgan bo`lib, oldida ko`makchisining qo`llanishi butunlay barham topgan. Huzur ko`makchili birikmalar. Bu ko`makchi asl arabcha bo`lib, «hozir bo`lish», «bor bo`lish», «ishtirok» (prisutstvie) ma`nosini anglatadi. Bu so`z ko`makchi vazifasida old negizidan yasalgan ko`makchilarga sinonim bo`ladi. Xitobnomada «general» so`zi uch o`runda uch xil yozilg`on. Bunda totor tilining ta`siri borlig`i ham ko`rinadir, chunki rus askari ichida totor bo`lganidek, askar boshliqlari huzurida totordan tilmochlar ham bor edi. Huzur so`zi negizidan yasalgan ko`makchi otlar old so`zidan yasalgan ko`makchi otlarga sinonim bo`lishi qat`iy chegaraga ega: huzur, old ko`makchilari shaxs otlari bilan birikkanda, ob`ekt munosabati ifodalab, o`zaro sinonim bo`ladi: Farida o`z xaloskorlari huzuriga peshvoz chiqib salom berdi. Ertalab sovxozning bosh agronomi Nurmat Oltiev Karim otaning huzuriga keldi. Bunday hollarda huzuriga ko`makchisi oldiga ko`makchisiga sinonim bo`ladi: Karim otaning huzuriga/oldiga keldi. Jonsiz predmet anglatuvchi otlar bilan bu ko`makchi birikma hosil qila olmaydi, bunday holda old ko`makchisi ishga solinadi va o`rin munosabati ifodalanadi: Download 487.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling