O`zbek tili so`z birikmalar. Jabbarov R


  2.2. Jo`nalish kelishigining boshqaruvchi ko`makchilar bilan


Download 487.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/47
Sana18.12.2022
Hajmi487.27 Kb.
#1028360
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47
Bog'liq
f53428e7aaca00e6b3b95ea69b821aa7 O`zbek tili so`z birikmalarining XX asrdagi taraqqiyoti masalalari

 


77 
2.2. Jo`nalish kelishigining boshqaruvchi ko`makchilar bilan 
hosil bo`ladigan birikmalar. 
 
Binoan 
ko`makchili 
birikmalar. 
Ilmiy 
adabiyotlarda 
bu 
ko`makchining ish-harakat sodir bo`lishda asos, tayanch manba bo`lgan 
ob`ekt — sabab kabi grammatik ma`nolarni anglatishi aytiladi. 
Ko`makchi shu olmoshi bilan birikkanda, olmoshdan oldin keltirilgan 
gapda bayon qilingan mazmun (voqea-hodisa) boshqa biror harakat sodir 
bo`lishiga asos bo`lganlik ma`nosi ifodalanadi.
Ko`makchi sabab so`zi bilan birikkanda harakat-holatning sodir 
bo`lishi sababi ma`nosi sof holda anglashiladi. Umuman, binoan 
ko`makchisi asos bilan birga ma`lum darajada sabab munosabatini ham 
ifodalaydi. Mantiqan biror harakat sodir bo`lish asosida boshqa biror 
voqea-hodisa, 
harakat 
yotadi. 
Shundan 
kelib 
chiqilsa, 
binoan 
ko`makchisi sinkretik tarzda sabab-asos ma`nolarini ifodalashga xizmat 
qiladi deyish mumkin. Bu ma`nolardan sababning kuchliroq, yorqinroq 
ifodalanishi tobe komponent vazifasida sabab so`zi qo`llanganda aniq 
seziladi. 
Ko`ra ko`makchili birikmalar. Bu ko`makchi chiqish va jo`nalish 
kelishiklarini boshqaradi va shu xususiyatga ko`ra farqli sintaktik 
ma`nolar ifodalaydi. 
Chiqish 
kelishigidagi 
so`z 
birikkanda 
shu 
so`z 
anglatgan 
tushunchaga boshqa so`z anglatgan tushincha qiyos qilinadi, “qiyosiy 
darajani ifodalashning usullaridan biri bo`ladi”. 
Ko`ra ko`makchisi harakat-holatning, voqeaning sodir bo`lish sababi 
va asosi ma`nolarini ifodalaydi. 


78 
Qaraganda ko`makchili birikmalar. Bu birikmada qiyoslash, asoslash 
ma`nolari ifodalanadi 
Qaraganda ko`makchisining hozirgi adabiy tildagi funktsiyasi 
aniqlik kasb etib bo`lgan. Uning predmetlar va harakatlar belgisini 
qiyoslab 
ifodalashiga 
misollar 
keltiramiz: 
Saroyning 
to`rida 
boshqalarga qaraganda k o ` r k a m r o q bir hujra, anovi hujralarga kiyiz 
to`shalgani holda, bu hujrada qip-qizil gilam... Qushbegi boshqalarga 
qaraganda insofli hokimdir. Shuning uchun kundizgiga qaraganda saroy 
jonlik. Bu tip konstruktsiyalarda (keyingi ikki misolda) qiyos ma`nosini 
ifodalovchi ko`ra ko`makchili konstruktsiyalarda bo`lganidek, belgining 
qiyoslanayotganini ifodalovchi -roq affiksining qo`llanmasligi mumkin. 
Bu ma`no qaraganda ko`makchisi orqali beriladi. Shunday ekan, tildagi 
ortiqchalikdan qochish qonuniga asosan -roq affiksini ishlatmaslik 
mumkin bo`ladi. Bu ko`makchi o`zidan keyingi gapda ifodalanayotgan 
fikrning nimaga asoslanganlik ma`nosini anglatadi. 
 Qarab ko`makchili birikmalar. Bu birikmalarda harakat yo`nalgan 
tomon va asos, miqdor, o`lchov ma`nolari ifodalanadi. Shu jihatdan bu 
tipdagi birikmalarning hozirgi davrdagi qo`llanishi bilan 20— 30-
yillardagi qo`llanishi va funktsiyalarida farq sezilmaydi.
«O`tgan kunlar» romanida uning hozirgi adabiy tildagidan farqli 
qo`llangan bir holat uchradi. Bunda ko`makchi payt ma`nosini anglatgan 
so`z bilan birikib, harakatning qancha vaqt davom etganlik ma`nosini 
anglatadi: ...bir necha soatlarga qarab cho`zilgan bu tomoq majlisi bilan 
albatta u yaxshi chiqisholmaydiQarab ko`makchili birikma harakatning 
shu ko`makchi bilan birikkan so`z anglatgan tomonga yo`nalganligi 
ma`nosini ifodalaydi. Bu holda qarab ko`makchisi tomon ko`makchisiga 
sinonim bo`ladi. Hokim fe`l harakatni («glagolы dvijeniya») anglatadi

Download 487.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling