O`zbek tili so`z birikmalar. Jabbarov R
Download 487.27 Kb. Pdf ko'rish
|
f53428e7aaca00e6b3b95ea69b821aa7 O`zbek tili so`z birikmalarining XX asrdagi taraqqiyoti masalalari
turgan chaman uzra bulbullar misolidagi sayramoq fe`li ma`lum bir
o`rinda, yuzada sodir bo`luvchi harakatni anglatadi. Shuning uchun u ustida ko`makchisi yoki o`rin kelishigi formasidagi so`z bilan birikadi: sayrab turadi (turgan) chaman ustida.chamanda bulbullar kabi. Ba`zan uslubda ortiqcha jimjimadorlikka intilish arxaik xarakterdagi uzra ko`makchisining semantikasini anglab yetmay noto`g`ri qo`llashga olib keladi. Shunday qilib, uzra ko`makchisining ma`no va stilistik xususiyatlari to`g`ri hisobga olingan taqdirdagina uning ishtirokida tuzilgan konstruktsiyalar mo`ljallangan kommunikativ-stilistik effekt bera oladi. To`g`ri/haqida ko`makchi birikmalar. Bu ko`makchilar o`zlari birikkan ot yoki olmosh anglatgan voqea-hodisa shu konstruktsiya hokim fe`l anglatgan harakat ob`ekti ekanligi ma`nosini ifodalaydi. Bularda ob`ekt ma`nosi ifodalanadi. Ifodalanadigan ob`ekt ma`nosining turi bevosita fe`l semantikasiga bog`liq. Bu fe`llar valentligiga ko`ra nima to`g`rida? nima haqda?; kimga?; nima haqda? kabi savollarga javob beruvchi bo`laklarga o`rin ochadi (Bu jihatdan ular rus tilidagi o kom? o chem? komu? o chem? s kem? bo`laklariga o`rin ochuvchi fe`llarga semantik. ekvivalent bo`ladi). Bular: 1) tafakkur fe`li bo`ladi: Qushbegi ham bu to`g`rida o`ylab qoldi (O`.k). Bu to`g`rida ham fikr qiluvchimiz bormi? (O`.k). 2) nutq fe`llari bo`ladi: bu to`g`rida ayniqsa sizga so`zlash ortiqchadir (O`.k) Shuning uchun bu to`g`rida so`z ochmadi. 3) xabar berish fe`lli. Nega bu to`g`rida xabar bermagan? To`tiqush bu to`g`rida darhol bekasiga shipshitibdi. Birinchi yo`ldosh kosmosda! Bu to`g`rida butun dunyoda e`lon qilsa arziydi. Hozirgi o`zbek adabiy tilida t o ` g ` r i d a / h a q d a ko`makchilari bilan kelgan so`zning mana shu semantik guruhlarga mansub fe`llar 96 bilan qo`llanishi normativ hisoblanadi. Bunday qo`llanish 20—30-yillar uchun ham. norma bo`lganligi misollardan ko`rinib turibdi. Shu bilan birga 20—30-yillarda bu ko`makchi boshqa semantik doiradagi fe`llar bilan ham birikma hosil qilishda ishtirok etgani kuzatiladi. O`sha davr materialini hozirgi norma nuqtai nazaridan o`rganish bu farqlarni sezib olishga yordam beradi....unga bu to`g`rida jasorat bermoqchi edi (O`.k). Hozirgi davrda t o ` g ` r i s i d a ko`makchisi o`rnida s h i d a , m a s a l a d a so`zlarining qo`llanishi adabiy norma talabiga mos keladi. Bu misollardagi fe`llar hozirgi adabiy tilda t o ` g ` r i d a ko`makchisi bilan bog`lanmaydi. Bunga sabab shuki, yuqoridagi fe`llar semantikasi to`la reallashuvi uchun t o ` g ` r i d a so`ziga xos bo`lgan mavhumlik, abstraktlilik monelik qilib qoldi. Taraqqiyotning keyingi bosqichlarida, tabiiy, bu nuqsondan qutulish tendentsiyasi yengib chiqdi, natijada t o ` g ` r i d a ko`makchisi o`rniga ishda, masalada kabi so`zlar qo`llanadigan bo`ldi . Bu tipdagi konstruktsiyalarda ba`zan to`g`rida formasi o`rnida dialektal hodisa sifatida to`g`rig`o formasi qo`llangani uchrab qoladi: Ijtimoiy muhofaza (sotsstrax) bu yil tu to`g`rig`o juda xamyonini ochibqo`ydi. Qiyoslang: bu to`g`rig`o /bu ishda/bu sohada xamyonini ochib qo`ydi. O`zbek tilining keyingi taraqqiyoti davomida fe`lning leksik-grammatik birikuvchanligi, grammatik vositalarning tanlanishi masalasi bilan bog`liq bo`lgan bu kabi kamchiliklar bartaraf qilib borildi. 20—30-yillar materialida Download 487.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling