O`zbek tili so`z birikmalar. Jabbarov R


 Holat ma`noli ko`makchi otlar vositasida tuzilgan birikmalar


Download 487.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/47
Sana18.12.2022
Hajmi487.27 Kb.
#1028360
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
f53428e7aaca00e6b3b95ea69b821aa7 O`zbek tili so`z birikmalarining XX asrdagi taraqqiyoti masalalari

3.3 Holat ma`noli ko`makchi otlar vositasida tuzilgan birikmalar 
taraqqiyoti masalalari. 
Holda ko`makchili birikmalar. Hol so`zi leksik ma`nosidan 
chetlashib, grammatik ma`no ifodalashga xizmat qiladi. Shunday 
paytlarda u ko`makchi bo`lib qo`llanadi. Holda ko`makchisi sub`ekt 
harakatining qay tarzda sodir bo`lish ma`nosini anglatadi. Bu ma`no 
asosan holda ko`makchisi -gan formali sifatdosh bilan birikkanda 
ifodalanadi. Holda ko`makchisining bu funktsiyasi o`zbek tilining 
taraqqiyoti ichida deyarli o`zgarmadi: Usta yig`lagan holda, Otabekni 
quchoqlab o`pdi-da ayvonga ko`rpacha sola boshladi (O`.k). Otabek 
bo`shashgan g`olda qaytib o`rniga o`tirdi (O`.k). Mog`ira oyim 
allanechuklangani holda javob berar edi (O`.k). Shoir... yostiqqa 
suyangan holda tarix mutolaa qilardi (Oybek). Holda ko`makchisining -
gan formali sifatdosh bilan qo`llanishi normativlik kasb etgani 20—30-
yillarda sodir bo`lgan. Biroq bu davrda uning -dik formali sifatdosh bilan 
birikib kelishi uchrab qoladi: Har holda uyida yotdiga g`olda ham bu 
masalani tekshirmakda va muhokama qilmoqda edi. 
Yo`sinda ko`makchili birikmalar. Bularda ham holda ko`makchisi 
kabi sub`ekt harakatining qay tarzda sodir bo`lganlik ma`nosi 
ifodalanadi.
Yo`sinda ko`makchisi -gan formali sifatdosh bilan birikadi. Bunday 
paytda u holda ko`makchisiga sinonim bo`ladi. Mahmud dovdiragan 
yo`sinda Anvar bilan ichkariga kirdi. Lekin ko`makchining -gan formasi 
bilan qo`llanishi nihoyatda cheklangan, hozirgi davrda deyarli 
uchramaydi. Shuni alohida ta`kidlash o`rinli bo`ladiki, 20—30-yillarda, 
ayniqsa, A. Qodiriyning «O`tgan kunlar» romanidan bu ko`makchi 
yo`sin formasida ham ko`p qo`llangan Hozirgi adabiy tilda esa asosan 
yo`sinda formasi qo`llanadi. Har ikki formaning qo`llanishiga misollar 
keltiramiz: ...xo`rlangan tahqir etilgan qizini ne yo`sinda yupatishga bu 


102 
qora kunlarni qandog` qilib o`tkarishga bilmas edi (O`.k) ...haytovur siz 
shu yo`sinda yura bersangiz erta-indin o`g`ildan ajralasiz (O`.k). ...shu 
yo`sinda makkor Homidning iblisona dasisasi bir oilani tamom ishdan 
chiqarayozgankim, bu to`g`rida ayniqsa sizga so`zlash ortiqchadir. Bu 
favqulodda sevinch xabarni bekning qaysi yo`sinda qarshilashini o`ylar 
edi (O`.k). ..qaysi yo`sinda o`tirib olganini ham payqamas edi. Shu 
yo`sin qizlar o`zlarining bir o`rtoqlarini xotinlik dunyosiga uzatib
majlisda tarqalishdilar. Oftob oyimning shu yo`sin chaqirishi uch-to`rt 
qaytalab bo`lsa-da, Kumush eshitmaganga solib, arzimagan narsalar 
bilan shug`ullangan bo`lib chiqa bermadi. ...bir bechoraga bu yo`sin 
azob berib yurmangiz, - (O`.k).  
Bunday birikmalarda yo`sin(da) ko`makchisi holda ko`makchisiga 
sinonim bo`lmaydi. Uning funktsiyasida chiqish kelishigi formasidagi 
tarz, ahvol so`zlari, shunday qilib birikmasi qo`llanishi mumkin. 
Qiyoslang: shu yo`sin qizlar bir o`rtoqlarini xotinlik dunyosiga 
uzatib/shu tarzda qizlar bir o`rtoqlarini xotinlik dunyosiga uzatib..; siz 
shu yo`sinda yuraversangiz/siz shu ahvolda yuraversangiz/shunday qilib 
yuraversangiz kabi. 
Yo`sin ko`makchisi ot bilan biriksa, kabi, shunday so`zlariga 
sinonim bo`ladi, birikmada relyativ emas, atributiv munosabat 
ifodalanadi: Yuqorida Otabek tomonidan olingan maktubning haqiqati 
mana shu yo`sin xiyonatning natijasi ediki, biz endi xiyonat 
qahramonlari bilan o`quvchilarni tanishtiramiz (O`.k). Qiyoslang: mana 
shu yo`sin xiyonat/mana shu kabi xiyonat/mana shunday xiyonat. Bu 
tipdagi birikmalarda tarz ma`nosini ifodalashda bu ko`makchilardan 
ko`ra yuqorida ko`rsatilgan so`zarni qo`llash odat tusiga kira boshladi. 
Bu holni yozma adabiy tilga so`zlashuv tilining ta`siri va o`zaro 
yaqinlashuvi natijasi deb baholash mumkin. 


103 

Download 487.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling