O`zbek tili so`z birikmalar. Jabbarov R
Download 487.27 Kb. Pdf ko'rish
|
f53428e7aaca00e6b3b95ea69b821aa7 O`zbek tili so`z birikmalarining XX asrdagi taraqqiyoti masalalari
t a g i d a ko`makchisining o`rin munosabatini, o s t i d a ko`makchisi
maqsad munosabatini ifodalashda iste`moldan chiqib, ular o`rnida o`rin, chiqish kelishiklarining qo`llanishi bu fikrning dalilidir. Sintetik formali konstruktsiyalarning analitik turlari bilan almashishi esa juda cheklangan. Bu faktlar taraqqiyot jarayonida kelishiklar va ko`makchilarning semantik jihatdan chegaralanib, normativlik kasb etganini, buning natijasida ma`lum turdagi sintaktik munosabat ifodalashga xoslanganini ko`rsatadi. Ko`makchili konstruktsiyalarning taraqqiyot ko`lami, ularning semaitik-stilistik jihatdan o`zgarishlari har bir konkret ko`makchining funktsional-grammatik xususiyatlari bilan chambarchas bogliq ravishda sodir bo`ladi. Polifunktsional ko`makchilar taraqqiyotida grammatik, 108 stilistik jihatdan differentsiatsiyalashish kengroq ko`lamda sodir bo`ldi. Bu mutlaqo tabiiy hol edi, albatta. Chunki ko`makchi qanchalik ko`p funktsiya bajarsa, bu funktsiyalarning biror jihatdan o`zgarishi, takomillashuv ehtimoli shuncha ko`p bo`ladi. Masalan, b i l a n ko`makchisining semantik-stilistik jihatdan ancha chuqur differentsiatsiyaga xuddi mana shu omil bilan izohlanadi. Qator ko`makchilarning semantik ma`nosi aniqlik kasb etdi— ularning funktsional doirasi toraydi, natijada ular muayyan bir tip sintaktik munosabat ifodalashga xoslandilar. Bu hol ko`makchilarning noo`rin ravishda sinonimlar sifatida qo`llanishga chek qo`ydi. Hozirgi davrda 20-30-yillardagi kabi oldida, yonida ko`makchilarining qoshida ko`makchisi funktsiyasida, qaraganda orqasidan ko`makchilarining bo`yicha, natijasida ko`makchilari funktsiyasida qo`llanmasligi va shu faktlar bu fikrning dalili bo`la oladi. Hozirgi davrda ko`makchili birikmalarning hosil qilinishi va ma`nosi amaldagi o`zbek adabiy tilining normalariga javob beradigan darajada yuksak mukammalik kasb etdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling